O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Xiva xonligi qo‘riqchilari. XX asr boshi


Download 3.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet113/142
Sana03.11.2023
Hajmi3.7 Kb.
#1743457
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

Xiva xonligi qo‘riqchilari. XX asr boshi
solg‘ut 
– yer solig‘i, 
zakot, cho‘p puli – o‘tloqlardan foydalanganlik 
uchun soliq, turar joylardan 
o‘tov solig‘i kabilarni to‘lashgan.
Bunday soliqlardan tashqari dehqonlar turli-tuman majburiyatlarni 
ham bajarishgan. Bu majburiyatlar orasida sug‘orish tizimini ta’minlash, 
yangila rini barpo etish eng og‘iri edi. Xiva dehqonlari har yili kanal-
larni tozalashga, ko‘tarmalarni qurish va qayta tiklashga, to‘g‘onlar va 
ko‘priklarni ta’mirlashga chiqardi. Bu ishlarga dehqonlar o‘z ish qurollari 
va oziq-ovqati bilan kelardi. Majburiy ishga chiqmaganlar esa muayyan 
miqdordagi mablag‘ni xazinaga to‘lashlari shart bo‘lgan. Xon farmonla-
rini e’lon qiluv chi jarchi o‘z foydasiga 
afanak puli yig‘gan bo‘lsa, ishlar 
nazo ratchisi va mutasaddisi ham o‘z ulushini olishga harakat qilgan.
Dehqonlar aholining 90% ga yaqinini tashkil etsalar-da, sug‘oriladigan 
yerlarning atigi 5% iga egalik qilishardi. Yersiz va kam yerli dehqonlar 
esa yirik zamindorlarning va vaqf yerlarida ijarachi sifatida ishlab beri-
shardi. Deh qonlar ulushbay yoki hosilning teng yarmi hisobiga mehnat 
qilishgan. Ishlar yakunlanganidan keyin, odatda, yer egasiga hosilning 
40–50% i be rilgan. Teng yarmiga ishlovchilar esa 
yarimchilar deb atal-
gan. Yeri ham, asbob-uskuna lari ham, ish hayvoni ham bo‘lmagan deh-
qonlar esa zamin dorlar qo‘lida turli shartlarga ko‘nib ishlashga majbur 
edilar. Qarzdor deh qonlar o‘z qarzlarini uzish uchun ma’lum vaqt davo-
mida tekin ishlab be rishlari lozim edi. 
Shu zaylda xonlikda yersiz dehqonlar soni yildan yilga o‘sib borardi. 
Ular xonlar, beklar va ularning amaldorlariga tobora qaram bo‘lib bori-
shardi. Bu jarayonlarning barchasi Xiva xonligining umumiy iqtisodiy va 
ijtimoiy ahvoliga o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazdi.
http://eduportal.uz


125
!
!
!

Download 3.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling