O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 3.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet115/142
Sana03.11.2023
Hajmi3.7 Kb.
#1743457
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

Sanoatning
rivojlanishi
http://eduportal.uz


126
Yodda tuting!
Rossiya tovar mahsulotlari O‘rta Osiyo bozorlariga tez kirib 
keldi. Natijada mahalliy ishlab chiqariladigan mahsulotlar 
kasodga uchradi.
Turkiston o‘lkasining mustamlakaga aylanishi 
jara yonida Rossiya imperiyasi va mahalliy kapi-
tal hamkorligi vujudga keldi. Mahalliy tadbirkor-
lar faoliyati, milliy kapital namoyandalarining sarmoyalari daromadi 
Rossiya bozori mahsulotlariga bevosita bog‘langan edi. Ular ikki dav-
lat o‘rtasida bozor munosabatlarini rivojlantirish uchun qo‘shma bank 
uyushmalari tuzishga harakat qilishdi. 1909-yilda Rossiya–Osiyo ban-
ki va Madiyorov–Baqqolov kapitalini birlashtirgan «A-Meta» sindikati 
tashkil qilindi. Sindikat har yili Rossiyaga qariyb 3 ming tonna paxta 
xom ashyosi eksport qilardi va beda urug‘i sotib olish bo‘yicha yakka-
hukmronlikni o‘rnatgandi. Rossiya kapitali o‘z protektorati bo‘lgan Xiva 
xonligida o‘zi uchun zaruriy xomashyo bazasini yaratdi. Bu yerdagi ish-
chi kuchining arzonligi va 1873-yildagi Gandimiyon shartnomasi band-
lariga ko‘ra mahalliy bozorda monopol mavqeyi hisobidan ulkan daro-
mad olish faollashdi. 
Rossiya kapitali amaliyotlari tufayli O‘rta Osiyoda ichki bozor im-
koniyatlari ancha kengaydi. Tovar-pul munosabatlari rivojlanib, uning 
asosida yangi savdo-sanoat markazlari shakllandi. Mayda savdogarlar 
Xorazm hunarmandchilik mahsulotlari. XX asr boshi
Rossiya bilan
savdo aloqalari
http://eduportal.uz


127
!
!
!
choy, manu faktura mahsulotlari, shakar, samovar kabi taqchil tovarlarni, 
hatto eng olis qishloq larga ham olib borib sotardilar. Sanoatning bir yoq-
lama va sust rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotida yetakchi hunarmand-
kasanachilik ishlab chiqarishining salmog‘i nisbatining saqlanib qolishi-
ga olib keldi. Mahalliy hunarmandlarning mahsulotlari mamlakat hudu-
didan tashqarida yuqori baholangan. Chunki bu mahsulotlar qadimiy boy 
hunarmandchilik ishlab chiqarishi an’analari asosida tayyorlanardi. 

Download 3.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling