129
?
?
Atamalar izohi
Sindikat (yunoncha – birgalikda ishlash) – bir turdagi mahsulotlar ish-
lab chiqaradigan korxonalar birlashmasi.
Monopoliya (yunoncha – tanho sotish) – iqtisodiyotning bir sohasida-
gi yakkahukmronlik.
Kasanachilik – uyda yollanib ishlanadigan hunarmandchilik.
Savol va topshiriqlar
1.
Sanoat rivojlanishiga qaysi omillar ta’sir o‘tkazdi?
2.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida tovar-pul
munosabatlari rivojlani-
shiga nimalar imkoniyat yaratib berdi?
3.
Ichki va tashqi savdo rivojlanishini taqqoslang. Ulardan qaysi biri
yaxshiroq rivojlangan?
4.
Kaspiyorti temiryo‘li qurilishi Rossiyaga qaramlikni qay yo‘sinda ku-
chaytirdi?
5.
XIX asr oxirida hunarmandchilik ustaxonalari qanday ko‘rinishda
bo‘lgan?
6.
Xon va uning ma’muriyati harakatlarini
podsho hukumati qay tarzda
nazorat qilib borgan?
7.
Islom dini mamlakat aholisi hayotida qanday rol o‘ynardi?
8.
Xiva xonligi aholisi qanday soliqlarni to‘lashgan va mehnat majburiyatla-
rini ishlab berishgan?
9.
Sizningcha, XIX asr oxirida Xiva xonligi iqtisodi va madaniyatining
rivojlanishiga asosiy to‘g‘anoq nima edi?
37-§. XIVA XONlIGINING TUGATIlIShI
Turli xildagi jabr-zulmlar
natijasida dehqonlar-
ning kuchayib borayotgan noroziligi soliqlarni
to‘lashdan, majburiyatlarni
bajarishdan ommaviy
bosh tortish, yirik zamindorlar yerlarini egallab
olish, soliq yig‘uvchilar va xonlik ma’muriyatining
boshqa namoyan-
dalariga hujum qilish holatlarini ko‘paytirdi. Dehqonlarning chiqishlari
yer egalari amaldorlarining uylarini vayron qilish, qarz tilxatlarini yirtib
tashlash va soliq yig‘uvchilarni quvib yuborish bilan birga kechgan sti-
xiyali isyonlar tarzida yuz berardi. Vaqt o‘tgan sayin xon hokimiyati va
mahalliy ma’murlar suiiste’mollari zo‘rayishi barobarida dehqonlar chi-
Do'stlaringiz bilan baham: