O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 3.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/142
Sana03.11.2023
Hajmi3.7 Kb.
#1743457
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

O‘lkada harbiy 
politsiya tartiboti
Toshkentdagi harbiy cherkov
http://eduportal.uz


56
kalari doirasida ular su rishtirish va tergov ishlarini yuritishi, qamoqqa 
olishi va jarimaga tortishi mumkin edi.
1882–1884-yillarda o‘lkani tekshirgan imperatorning maxfiy mas-
lahatchisi F. Girs Turkistonda 2404000 kishi yashashini va ulardan 
1200000 kishi erkak ekanligini yozgan. Xuddi shu erkak aholiga har-
biy xizmat maj buriyatini yuklash masalasiga to‘x talgan podsho amaldori 
(F. Girs) bu qaltis siyosiy tadbir ekanligiga ishora qilib, Turkiston aho-
lisini armiyaga chaqirmaslik siyosatini yoqlab chiqdi. Podsho hukumati 
mahalliy aholini muntazam armiyada xizmat qilishidan, jangovar harbiy 
malakalarini oshirishidan, qo‘shinlarni yevropachasiga takomillashtirish-
ga o‘rgatishdan va zamonaviy qurol-yarog‘lardan foydalanish mahoratini 
egallab olishlaridan cho‘chir edi. Shuning uchun mahalliy aholi qulay 
fursat kelganda ana shunday harbiy mahorat va zamonaviy qurollardan 
podsho hukumati o‘ziga qarshi foydalanishidan hadiksirar edi. Mahalliy 
aholini qurolsiz lantirish, unda qurolli kurash uchun har qanday umidni 
yo‘qotish, jangarilik unsurlarini bostirish va qadimiy jangovar an’analarni 
tag-tomiri bilan tugatish – Turkiston o‘lkasidagi podsho hukumati harbiy 
siyosatining asosini tashkil etar edi.
Yodda tuting!
Turkiston 1892-yildan 1916-yilga qadar «kuchaytirilgan qo‘-
riqlov» va «favqulodda qo‘riqlov» holatida bo‘ldi.
 Yakunlarni chiqaramiz!
► 
Turkistonda harbiy va politsiya tartiblari asosida boshqaruv va nazorat 
ti zimi o‘rnatildi. 
► 
Milliy-ozodlik harakatlariga qarshi kurash maqsadida maxsus bo‘lim 
tuzildi.
► 
Mahalliy aholi armiyada xizmat qilishdan mahrum etilgan.

Download 3.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling