O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 3.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/142
Sana03.11.2023
Hajmi3.7 Kb.
#1743457
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

Atamalar izohi
Politsiya (nemischa – ma’muriyat) – jamoat xavfsizligini saqlovchi tash kilot.
Ispravnik – uyezd politsiyasi boshlig‘i.
Apellatsiya (lotincha – shikoyat, norozilik bildirish) – sud hukmidan norozi 
bo‘lgach, uning ustidan shikoyat arizasi berilishining bir shakli.
Zemstvo
(ruscha) – vakolatlari cheklab qo‘yilgan mahalliy idora, boshqarma.
Qozi sudlari – shariat qoidalari asosida ish ko‘radigan sud.
Biy sudlari – qabila urf-odatlariga tayanib ish ko‘radigan sud.
http://eduportal.uz


57
Savol va topshiriqlar
1.
Podsho hukumati qaysi hujjatga muvofiq Turkiston hududida «tartib» 
o‘rnatdi? 
2. 
XX asr boshlarida Turkistonda politsiyachilar va ispravniklar qanday hu-
quqlarga ega bo‘lishgan? 
3. 
Nima uchun mahalliy aholi vakillari harbiy xizmatga olinmagan?
4.
Turkistonda mustamlaka davrigacha sud ishlari qanday tashkil etilgan?
5.
Qozi va biy sudlari nimaga asoslanib ish yuritgan?
6.
Nima uchun podsho hukumati Turkistonda qozi va biy sudlarini saqlab 
qolgan?
7.
Qozi va biy sudlarining saylanishi qanday tartibda kechgan?
16-§. XIX ASRNING IKKINchI yARmI – XX ASRNING 
BOShlARIDA TURKISTONDA IJTImOIy-IQTISODIy AhVOl
Turkiston o‘lkasida mustamlaka tartiboti harbiy 
kuch va keng tarmoqlangan politsiya tizimiga 
asoslangan edi. Bu vaqtgacha mustamlakachilik 
urushlari olib borish uchun saqlab turilgan harbiy 
qismlardan endi podsho ma’muriyati tomonidan o‘rnatilgan mustamlaka 
tartiblarini himoya qilish quroli sifatida foydalanadigan bo‘ldi.
O‘rta Osiyoga temiryo‘llarning o‘tkazilishi Rossiya iqtisodiyoti uchun 
katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lish bilan birga harbiy-strategik maqsad-
larni ham ko‘zlab qurilgan edi. O‘rta Osiyoning bosib olingan hududlarida 
Rossiya imperiyasining mus tahkam o‘rnashib olishi va mustamlaka chilik 
siyosatining keng qamrovli olib bori lishida temiryo‘llar muhim o‘rin tut-
di. Harbiy qo‘shinlar va qurol-aslahalarni Krasnovodskdan Qizilar vatga 
qadar Kavkaz dan O‘rta Osiyoga tashish uchun temiryo‘l qurildi. So‘ngra 
temiryo‘l qurilishi Ashxobodgacha davom ettirildi. 1888-yili Samar-
qandga dastlabki poyezd keldi, 1899-yilda esa temiryo‘l Toshkent orqali 
Andijongacha qurib bitkazildi.
Rossiya harbiy qurolli kuchlarining 
asosiy bazalari Kavkazda joylashgan 
bo‘lib, u yerdan Kaspiy den gizi orqali 
kemada tez kechib o‘tish mumkin edi. 
Krasnovodskdan esa temiryo‘l bilan Sa-
marqand, Toshkent va Andijonga yetib 
kelish oson bo‘ldi. Endi harbiy qism-

Download 3.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling