O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 3.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/142
Sana03.11.2023
Hajmi3.7 Kb.
#1743457
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

XIX asrning oxiri-
da sudlov jarayoni-
dagi o‘zgarishlar
http://eduportal.uz


55
!
!
!
o‘lkasining barcha viloyatla rida joriy etildi. Ularning tarkibi sud rai-
si, uning o‘rinbosari va sud a’zolaridan iborat bo‘lgan. Jazo chorasini 
sudya lar va ikki sud a’zosi tayinlardi. Ular ning qarori ustidan berilgan 
apellatsiyani imperiyada oliy sud bo‘lgan hukumat senati ko‘rib chiqardi. 
Shunday qilib, Turkiston o‘lkasidagi sud tizimi mustamlakachi hukumat 
vakillari va o‘lka ma’muriyati nazorati ostiga o‘tdi. 
O‘zingizni sinang!
Okrug sudlari – ... 
 
 
1898-yilda ...
General-gubernator ... vazifalarini ham bajargan.
Turkiston o‘lkasida podsho hukumati mahalliy 
aholining keng ko‘lamli qo‘zg‘olonlarga aylanib 
ketadigan norozilik harakatlariga qarshi jazolash 
tadbirlari uchun imperiya manfaatlarini to‘liq himoyalaydigan huquqiy 
asoslar yara tishga harakat qildi. 1881-yilda «Davlat tartiboti va jamo-
at osoyishtaligini qo‘riqlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 
Nizom» e’lon qilindi. Nizomga muvofiq general-gubernator «kuchay-
tirilgan» yoki «favqulodda» qo‘riqlash holatini o‘z ixtiyori bilan joriy 
etish huquqiga ega bo‘ldi. Bunday huquq o‘lkada qo‘zg‘olon, «jamoat 
osoyishtaligi» buzilgan va «tash vishli kayfiyatlar» paydo bo‘lgan taqdir-
da unga o‘z ixtiyoriga ko‘ra kuch va zo‘ravonlik ishlatish mumkinligini 
anglatar edi. 1892-yildan boshlab 1916-yilga qadar Turkiston «kuchayti-
rilgan qo‘riqlov» va «favqulodda qo‘riqlov» holatida bo‘ldi.
Yangi «Nizom» shahar va qishloq larning har bir mavzesini nazorat 
osti da saqlab turgan avvalgi politsiya tuzil malariga qo‘shimcha tarzda 
uyezd boshliqlariga ispravniklar huquqini ham berdi. Bu narsa ularni 
uyezd politsiya boshqarmalari rahbarlariga tenglashtirgan edi. Ular har 
qanday odamni yetti kunga qamoqqa olishga yoki jarimaga tortish va-
kolatiga ega bo‘ldilar. Uchastka pristav lari 
lavozimi ularga yordam tariqasida ta’sis 
etilgan edi. Odatda, ular soliqlar yig‘imiga, 
joylarda majburiyatlar, uyezd boshliqlari-
ning qarorlari ijro etilishiga rahbarlik qilgan 
ofitserlar bo‘lib, har qanday o‘zgarishlar 
haqi da o‘lka ma’muriyatiga ma’lumot yet-
kazib turgan holda aholi ustidan ke rakli na-
zoratni amalga oshirar edilar. O‘z uchast-

Download 3.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling