121
?
?
Savol va topshiriqlar
1.
Yosh buxoroliklar faoliyatidan nimalarni bilib oldingiz?
2.
Amir Sayid Olimxon o‘z davlatida qaysi maqsadda islohotlar o‘tkazishga
urinib ko‘rdi?
3.
Jadidlar dasturi amir Olimxon mo‘ljallagan
islohotlardan nimasi bilan
farq qilardi?
4.
Buxoro amirligining qulashi sabablarini sanab bering.
35–36-§§. XIX ASR OXIRI – XX ASR BOShlARIDA
XIVA XONlIGINING DAVlAT TUZUmI
VA IJTImOIy-IQTISODIy AhVOlI
Xiva xonligi ustidan podsho hukumati o‘zining
protektorat hududi sifatida qattiq nazorat o‘rnatdi.
Ichki va tashqi siyosatdagi arzimas o‘zgarishlarni
ham Xiva xoni Turkiston
general-gubernatori
bilan kelishib oli shi lozim edi. Xon ustidan
nazorat qilish maqsadida
7 kishidan iborat Ke ngash (devon) ta’sis etilib, ularning to‘rt nafari pod-
sho hukumati vakillari edi.
Amudaryoning avval Xiva xonligi tasarrufida bo‘lgan va Gandimiyon
shartnomasiga ko‘ra Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o‘tgan o‘ng qirg‘og‘i
hududida Turkiston general-gubernatorligining Amudaryo bo‘limi tashkil
qilingan edi. Uning boshlig‘i ayni mahalda Rossiya imperiyasining Xiva
xonligidagi vakili sifatida mamlakatni boshqarishda xonning hamma ha-
rakatlari ustidan nazoratni amalga oshirar edi. Xonlik ming yillik tarix-
ga ega va o‘zbek xalqining madaniy rivojlanishida muhim rol o‘ynagan
turkiy urug‘ qo‘ng‘irotlarga mansub sulola vakil-
lari tomonidan boshqa rilayotgan monarxiya edi.
Qo‘ng‘irot urug‘i
siyosiy va ijtimoiy hayotda
hamda harbiy sohada xonning suyanchig‘i edi.
Xon cheklanmagan ma’muriy-sudlov va har-
biy hokimiyatga ega edi. U mamlakatni qo‘ng‘irot
urug‘i
zodagonlari, saroy a’yonlari
va oliy ru-
honiylar guruhi madadiga tayanib boshqarardi.
Xon hokimiyati o‘z xalqi manfaatlaridan ko‘ra
ko‘proq tor doiradagi
amaldorlar manfaatidan
kelib chiqib ish olib borar edi.
Xiva xonligida qo‘shin
xalq qarshilik hara-
Do'stlaringiz bilan baham: