139
Savol va topshiriqlar
1.
Turkiston madrasalarida ta’lim qancha vaqt davom etgan?
2.
Rus-tuzem maktablari va jadid maktablari ta’limi o‘rtasida
qanday
farqlar bo‘lgan?
3.
Jadid maktablarini tashkil qilish tashabbuskorlari bo‘lgan ma’rifat -
par var larni sanab bering.
4.
Turkiston o‘lkasida qanday matbuot nashrlari tashkil qilingan edi?
39-§. TURKISTONDA Ilm-FAN TARAQQIyOTI
XIX asr oxiri – XX asr
boshlarida ilm-fan sohasida
katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Bu muvaffaqiyatlar-
ga eri shishda jadidlarning o‘rni katta bo‘ldi. Ular tarbi-
yaviy maqsadlarda tarix sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantira boshladilar.
Jadidlar
tarixni xonlar, sultonlar va amirlar
almashinuvi sifatida tasvir-
lash o‘rniga xalq tarixning haqiqiy bunyodkori ekanligini o‘quvchilarga
tanishtira boshlashdi.
Tarixchi va jurnalist Mulla Olim Maxdum hoji «Tarixi Turkiston»
(«Turkiston tarixi») asarini yozdi. Bu asar o‘zbek tilida bosmadan chiqdi.
Unda qadimgi davrdan to Turkistonning XX asr boshlarigacha bo‘lgan
voqealari yilnomasi bayon etilgan edi. Bu kitob
o‘zbek tilidagi ilk tarixiy
asar sifatida shuhrat
qozondi.
Jadidlar Turkistonda savodxon va bilimdon
kishilarni tarbiyalashda tarix fanining ahamiya-
tini yuqori baholar edilar. Mahmudxo‘ja Beh-
budiy Turkistonning barcha aholisiga «hozirgi
dunyoda yashash, ziyoli, komil va odil» bo‘lish
uchun o‘z vatani tarixini o‘rganish da’vati bi-
lan murojaat qildi.
Bu davrning yana bir yirik
tarixchi olimi Muhammad Solih edi. U 25 yillik
izlanishlaridan keyin «Tarixi jadidai Toshkent»
(Toshkentning yangi tarixi) asarini yozgan.
Asar Toshkent shahrining XIX asrdagi qiyofasi
batafsil yoritilganligi bilan qimmatlidir.
Xorazmlik mashhur olim
Muhammad Yusuf
?
?
Do'stlaringiz bilan baham: