O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 3.7 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi 9 uzb
Yangi usul
maktablari Sаdriddin Аyniy mustamlakachi hukumatning yangi usul maktablariga qarshi kurashi http://eduportal.uz 138 O‘quv adabiyotlari nashrlariga senzura joriy qilindi. Mustamla- kachi hukumatning jadidlarga qarshi kurashiga mahalliy mutaassib dindor-ruhoniylar ko‘maklashdilar. Yangi usul maktablariga, ayniqsa, ma’muriyat vakillari va ayrim din peshvolari qarshi turgan. Natijada 1911-yilda 50 ga yaqin jadid maktablari yopib qo‘yildi. Jadid maktablarini ochish tashabbuskorlari qattiq nazorat ostiga olindi. 1913-yilga kelib Buxoro amirligida barcha jadid maktablari yopildi. 1870-yildan boshlab Turkiston general-gubernatorli- gining rasmiy nashri – «Tуркестанские ведомости» va uning o‘zbek tilidagi ilovasi «Turkiston viloya- tining gazeti» muntazam chiqib turdi. Uning muharriri mustamlakachilik tuzumi ning targ‘ibotchisi N. Ostroumov edi. 1906-yilda Ismoil Obidov muharrirligida ilk bor o‘zbek milliy gaze- tasi «Taraqqiy» nashr etildi. Gazetaning birinchi soni chiqqan sana, ya’ni 27-iyu n hozirda O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Jadidlarning ma’rifatparvarlik faoliyati faqatgina maktablarda emas, balki matbuotchilik faoliyati, jumladan, gazetalarning ko‘plab vujudga kelishida ham ko‘rindi. 1906-yilda Ismoil Obidovning muharrirligida «Taraqqiy», shu yili Munavvarqori muhar rirligida «Xurshid», 1907– 1908-yillarda Abdulla Avloniy muharrirligida «Shuhrat», Ahmadjon Bek- temirov muharrirligida «Osiyo» gazetalari chop etildi. Ma’rifatchilikning yangi to‘lqinida 1913–1915-yil larda «Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona», «El bayrog‘i», «Ken gash», «Ulug‘ Turkiston», «Tu- ron» gazetalari, «Oyna» jurnali, 1917-yil da esa «Hurriyat», «Farg‘ona sahifasi» kabi ommaviy axborot vositalari ham paydo bo‘ldi. Bu davr- dagi nashrlar orasida «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona» gazetalari- ning milliy o‘zlikni anglashdagi xizmatlari katta bo‘ldi. Uning ikki yillik (1914–1915) faoliyati davomida milliy ziyolilarning vatanparvar qatlam- lari tomonidan millat ozodligi va ravnaqini tarannum etuvchi, xurofot kabi eski aqidaparastlikni qoralovchi ko‘plab maqolalar e’lon qilindi. Download 3.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling