O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 3.7 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi 9 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musiqa asboblari
Musiqa san’ati
Birinchi o‘zbek kino va fotooperatori Xudoyber- gan Devonov (1878–1940) http://eduportal.uz 148 gan edi. Qo‘shiq, yalla va laparlar hazilomuz raqslar va o‘yin jo‘rligida ijro etilardi. Termalar ko‘pincha xalq qissago‘ylari bo‘lmish baxshilar va shoirlar tomonidan ijro etiluvchi ohangdor kuylarni o‘zida mujassam etgan edi. Ashula esa keng qamrovli turli kuy-ohangga ega lirik qo‘shiq hisob- lanardi. Xalq mumtoz shoirlarining g‘azallari va she’rlari ashulalar uchun matn bo‘lib xizmat qilgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida o‘zbek xalqi musiqiy ijodiyoti o‘zida lirik qahramonlik mazmunidagi epik rivoyatlarni mujassamlashtirgan dostonlar («Go‘ro‘g‘li», «Alpomish», «Kuntug‘mish», «Oshiq G‘arib va Shohsanam», «Hasan va Dalli», «Rustam va Avaz») alohi- da o‘rin tutgan. Mazkur dostonlar to‘rtlik she’r tuzilishiga ega bo‘lib, musi- qasi nisbatan sodda ohangli va bu musiqada nota yozuvi qo‘llanilmagan. Xalq sozandalari mashhur usta-bastakorlar qo‘lida ta’lim olishgan. Ko‘p asrlar davomida butun Sharqda keng tarqalgan mumtoz maqomlar professional musiqaning og‘zaki an’analaridagi bebaho xazinasini tashkil etgan. Maqomlar yirik turkumli og‘zaki-cholg‘uli (yakkaxon va cholg‘uli) asarlardir. Musiqa asboblari ham nihoyatda rang-barangligi bilan ajralib turar Musiqa asboblari http://eduportal.uz 149 ? ? ! ! ! edi. Bu borada torli-kamonchali cholg‘u asboblari (g‘ijjak, qo‘biz, uchtor), torli-noxunli (do‘mbira, dutor, tanbur, ud, rubob), torli-zarbli (chang), puf- lama nayli (nay, surnay), mushtuk-puflamali (karnay), zarbli-membranali (doira, nog‘ora, chindovul) kabi cholg‘u asboblari keng tarqalgan edi. Turkistonning o‘sha kezlardagi musiqa madaniyatida yakkaxon ijro- chilar ham, ansambl ijrosi ham rivojlandi. Karnay, nog‘ora yoki doira, ya’ni qattiq jaranglovchi cholg‘u asboblari an’anaviy bayramlarda, to‘y- tantana larda, ommaviy tomoshalarda jo‘rovoz bo‘lgan; birmuncha past jarang lovchi cholg‘u asboblari – surnay, dutor, g‘ijjak esa kamer (xonada) yoki konsert (davrada) ijrosiga mo‘ljallangan edi. Xorazm maqom va musiqa maktabi Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruz) davrida yanada rivojlandi. O‘z davrining ma’rifatli hukmdori bo‘lgan Feruz san’at namoyandalariga katta imkoniyatlar yaratib berib, ular faoliyatiga homiylik qilgan. Bundan tashqari bevosita musiqa san’atini rivojlantirishga oid farmonlar ham chiqargan. Download 3.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling