145
!
!
!
O‘zingizni sinang!
Zokir eshon – …
To‘la masxara – … Xorazm an’anaviy teatri – ...
O‘rta Osiyo Rossiya
imperiyasi tomonidan zabt
etilgach, mustamlakachi hukumat siyosiy maqsad-
larni na zarda tutib, o‘lkaga rus madaniyatini jadal
yo yishga kirisha boshladi. Bunda nafaqat ta’lim
tizimi, balki teatr sohasi ham muhim o‘rin tutgan.
1870-yil Turkiston general-gubernatori
tomo ni dan taklif qilingan
Samara teatri o‘lkada bir necha kunlik dasturlarini namoyish etgan edi.
1910-yilda Samarqand va Toshkentga rus aktrisasi V. F. Komissarjevs-
kaya truppasining gastrollari uyushtirildi.
Turkistonda namoyish etilgan bunday tomoshalar o‘lka
mahalliy
san’atkorlari ijodiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Ilg‘or ma’rifatparvarlar va
jadidlar yangicha g‘oyalarini targ‘ib etish
uchun dramatik teatrning ul-
kan imkoniyatlarini tushunib yetdilar.
Tatar va ozarbayjon truppalarining 1910–1912-yillarda
Turkistonda
bo‘lib o‘tgan gastrollari ham katta madaniy voqeaga aylandi. U. Gajibe-
kovning «Go‘ro‘g‘li», «Layli va Majnun» va «Arshin mol olon» musiqali
pyesalari o‘zbek jamoatchiligi orasida iliq kutib olindi. Bu o‘z navbatida
mahalliy teatr rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi.
Turkistonga
yevropa va rus
teatrlarining
kirib kelishi
Kolizey teatri. Toshkent. XX asr boshi
http://eduportal.uz
146
!
!
!
O‘zingizni sinang!
V. F. Komissarjevskaya – … U. Gajibekov – ... 1870-yilda…
O‘zbek milliy teatrining shakllanishida jadidlar ning
o‘rni katta edi. Birinchi Prezident I.Karimov «Yuk-
sak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida: «Qa chon-
ki milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo‘lgan teatr san’ati
xususida
so‘z borar ekan, buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning: «Te-
atr – bu ibratxonadir», deb aytgan fikrini eslash o‘rinlidir», – deb yozadi.
Turkistonda 1911-yil dastlabki yozma milliy sahna asarlari yaratildi.
Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Padar kush», A. Samadovning «Mahramlar»,
Fitratning «Bir farangi bilan buxorolik bir mudarris-
ning qilgan munozara lari» nomli asarlari shular jum-
lasidandir. Ular ichida, ayniqsa, o‘zbek milliy teatri
durdonasiga aylangan Behbudiyning «Padarkush»
dramasi g‘oyatda muhim voqelik bo‘ldi.
Turkistonda birinchi o‘zbek milliy teatri
Samar-
Do'stlaringiz bilan baham: