O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 3.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet128/142
Sana03.11.2023
Hajmi3.7 Kb.
#1743457
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

Tabiiy fanlarning 
rivojlanishi
http://eduportal.uz


141
!
!
!
O‘lkadagi ilmiy tadqiqotlar imperiya uchun harbiy-siyosiy nuqtayi 
na zardagi ahamiyati bilan birinchi o‘rinda turardi. 1871-yilda tashkil 
etilgan O‘rta Osiyo Olimlar jamiyati mablag‘ yo‘qligi tufayli 1893-yilda 
o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi.
Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati ancha faol ish boshladi. Jamiyat 
nashr ettirgan «Turkistonning qishloq xo‘jaligi» jurnali sohadagi ishlab 
chiqarish, yerlarni sug‘orish, dehqonchilik va yerdan foydalanish bora-
sidagi ilg‘or usul larni targ‘ib qildi. Qishloq xo‘jaligi jamiyati mustam-
lakachilar manfaatidan kelib chiqib, paxtachilikni rivojlantirish bo‘yicha 
ilmiy tad qiqotlar bilan shug‘ullandi. Mahalliy iqlim sharoitiga moslash-
gan o‘ziga xos O‘rta Osiyo paxta navidagi dastlabki hosil yetishtirildi.
1876-yil Toshkentda Turkiston muzeyi (hozirgi O‘zbekiston tarixi 
davlat muzeyi) tashkil etildi. 1870-yili Toshkentda Turkiston xalq kutub-
xonasi tashkil etilishi ham O‘rta Osiyoda fan va madaniyatning rivojla-
nishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Undagi kitoblarning aksariyat qismi 
Turkiston tarixi va tabiatiga oid nodir asarlar bo‘lgan.
O‘zingizni sinang!
O‘rta Osiyo Olimlar jamiyati – ...
1870-yilda – ...
1876-yilda – ... 
 
 
 
Rus tadqiqotchilari – ... 
Bu davrda bir qator adabiyot namoyandalari yeti-
shib chiqdi. Shulardan biri o‘zbek demokratik 
shoiri Ubaydulla Solih o‘g‘li Zavqiy bo‘lib, u bitgan satirik she’r larida 
hukmdorlar va ruhoniylar xatti-harakatlari tanqid qilinadi. Zavqiy erk va 
ozodlikni tarannum etgan she’rlari uchun zindonga tashlandi. 
Sharq adabiyoti uchun an’anaviy bo‘lgan janr 
she’riyat edi. Turkistonda she’riyatning shakl va maz-
muni bir-biridan farqlanuvchi va ba’zan bir-biriga zid 
bo‘lgan so‘fiylik va tanqidiy-realistik oqim mav jud 
edi. Shoirlar va yozuvchilar o‘z ijodlarida xalq dardi-
ni, davrning dolzarb muammolarini aks ettirishga ha-
rakat qilganlar. Ular orasida Muqimiy, Furqat, Zav qiy, 
shoira Anbar otin, Avaz O‘tar o‘g‘li, Ahmad Do nish 
va boshqalarning ijodini alohida ajratib ko‘rsatish 
mumkin. She’rlaridagi haqqoniylik va samimiylik 
ularni mashhur xalq shoirlariga aylantirdi.

Download 3.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling