O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 3.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet129/142
Sana03.11.2023
Hajmi3.7 Kb.
#1743457
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

Adabiyot
Muqimiy
http://eduportal.uz


142
!
!
!
Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy Qo‘qon shahrida tu g‘il gan. U «Say-
lov», «Tanobchilar», «Hapalak qishlog‘i ahlining xonga arzi» va boshqa 
satirik asarlar, «Qo‘qondan Farg‘o nagacha», «Qo‘qondan Isfaragacha» 
kabi ilk sayohatnoma larning muallifidir.
Anbar otin ham Zavqiy kabi erksevar va hurfikr she’r lari bilan shuhrat 
topdi. Shoira Qo‘qon shahrida yashab, ayollarning jamiyat va oiladagi haq-
huquqsiz ahvoli to‘g‘ri sida achchiq haqiqatlarni qalamga oldi. Ayollar -
ning erkinligi va teng huquqli bo‘lishi uchun kurashga da’vat etgani 
uchu n shahardagi mutaassib kayfiyatdagi kuchlar tomonidan kaltaklan-
di va ko‘p o‘tmay hayotdan ko‘z yumdi. O‘zbek shoirlarining she’rlari 
keng xalq ommasi yuragiga yo‘l topdi. Ularning she’rlari asosida ko‘plab 
qo‘shiqlar yaratildi.
XX asr boshlarida o‘zbek adabiyotida yangi janrlar paydo bo‘ldi. 
Nasrda yaratilgan asarlar ham dunyo yuzini ko‘rdi. Ayniqsa, jadid ada-
biyoti rivojlandi. Bu adabiyot mazmunida mamlakatdagi og‘ir sharoit va 
mustamlakachilik tizimi illatlari qoralandi.
O‘zingizni sinang!
 
Anbar otin – ... 
 Muqimiy – ... 
 
Zavqiy – …
Jadid adabiyotida 1910-yilda Abdulla Qodiriy ilk nasriy asarlarini 
e’lon qildi. Adib o‘zining hikoyalari, felyetonlari va pyesalari bilan Tur-
kiston ziyolilari hamda xalq ommasi orasida keng tanildi. Uning «Juvon-
boz» hikoyasi, «Baxtsiz kuyov» pyesasi va qator romanlarini xalq sevib 
o‘qiy boshladi.
Nasrda ijod qilish xalq uchun eng ommabop va 
tushunarli adabiyot shakli edi. Shuning uchun ham 
jadidlar o‘z g‘oya larini keng xalq ommasiga singdi-
rish maqsadida nasr janridan keng foydalanganliklari 
ham bejiz emas edi. Jadidlar xalqqa yaqinlashish ning 
eng samarali yo‘li sifatida xalq milliy teatrini yara-
tishdi. 1911–1913-yillarda Turkistonning turli sha-
harlarida teatrlar tashkil etildi. Adiblar ular uchun 
pyesalar yozishdi. Sahnada yangragan ona tilidagi 
nutq va teatr aktyo rining harakatlari xalq ommasiga 
nisbatan qudratli ta’sir vositasiga aylandi.
Jadid teatrlarida 1911–1917-yillarda 25 ta pyesa 
Abdulla Qodiriy
http://eduportal.uz


143
namoyish etildi, ular xalq ommasi orasida eng mashhur asarlarga aylan-
di. Bu paytda spektakllarning aksariyati ochiq sahnalarda qo‘yilib, ularga 
ko‘plab tomoshabinlar tushgan. Ilk o‘zbek tomoshabinlari uchun jadidlar 
qo‘ygan pyesalar axloqiy tarbiya maktablariga aylandi. 
Jadidlar rahnamosi Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan yozilgan 
mashhur pyesa – «Padarkush»da otalar va bolalarni bir-biriga nisbatan 
shafqatsiz mavjudotlarga aylantirgan ma’naviy qashshoqlik, mol-mulkka 
ruju qo‘yish qattiq qoralangan edi. Unda yot odatlarning kirib kelishi 
jamiyat uchun muqaddas bo‘lgan oilani yemirishi ko‘rsatib berildi. Nus-
ratilla Qudratilla qalamiga mansub «To‘y» asarida oilaviy va shaxsiy 
fojialar sababchisiga aylangan serchiqim ba’zi urf-odatlar va an’analar 
tanqid ostiga olindi. Pyesada oila boshlig‘ining serhasham sunnat to‘yi 
uchun puli yetmay qolganida qarz olishga majbur bo‘lganligi va ko‘p 
o‘tmay to‘lovga layoqatsizligi oqibatida qarzdorning qamoqqa olinishi 
ko‘rsatilgan. 
Shu kabi tarbiyaviy ahamiyatga ega, ma’naviy boy adabiyot xalq on-
gini uyg‘otuvchi eng muhim vosita bo‘ldi. Uning atoqli namoyandalari 
esa soha rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar.

Download 3.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling