O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 3.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet137/142
Sana03.11.2023
Hajmi3.7 Kb.
#1743457
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

Tasviriy san’at
Sitorai Mohi Xosa hovlisi
rida harbiy qo‘shinlar uchun qal’alar, kazarmalar, harbiy-siyosiy amal-
dorlar, generallar uchun yevropacha ko‘rinishdagi qarorgohlar qurila 
boshlandi. Toshkentning Yangi shahar qismida general-gubernatorlikning 
ma’muriy va boshqa binolari qad ko‘tardi. Ular me’moriy jihatdan g‘arb 
muhiti va uslubida qurilgan binolar edi.
O‘zingizni sinang!
Sitorai mohi Xosa – ... 
Nurullaboy saroyi – ...
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda tas-
viriy san’at Samarqand, Qo‘qon, Buxoro miniatura-
chilari ijodida namoyon bo‘ldi (Ahmad Donish, Abdulxoliq maxdum
S. Siddiqov). Ular tasviriy san’atning an’anaviy rivojlangan turlarini saq-
lab qolishdi.
XX asr boshlarida an’anaviy devoriy naqshlarda ilgari ishlatilmagan 
manzaralar – suzib borayotgan kema, temiryo‘llar va hayvonlar tasvirlana 
boshlandi. O‘zbek xalqi san’atida ramziylikka xos asriy an’analarga boy 
diniy-falsafiy mazmundagi naqqoshlikdan bevosita real tasviriy san’atga 
o‘tilish holati kuzatildi.
O‘zbek rassomlarining iqtidori kulolchilik buyumlarini, kiyimlarni 
bezashda, materiallar uchun uyg‘un bo‘yoqlar jilosini yaratishda, kun-
http://eduportal.uz


154
dalik turmush buyumlariga jilo berishda, amaliy san’atda va boshqalarda 
namoyon bo‘ldi. Buyumlardagi yuksak did, nazokat, nafislik rasmlarda 
yaqqol ko‘zga tashlanar edi.
Naqsh amaliy san’ati markazi Buxoro edi. Bu shahar ustalari nafaqat 
asriy san’atini saqlab qolishga, balki rivojlantirishga erishdilar. Buxo-
rolik ustalarning har qanday asari o‘z xususiyatlariga ega bo‘lib, bosh-
qa shaharlarda yaratilgan buyumlardan ajralib turar edi. Bu asarlarga 
xos boy tasavvur va mukammal mahorat, asosan, ranglar va naqshlar 
uyg‘unligida o‘z aksini topgan. Oq rang baxt-saodat va omad ramzi, qizil 
rang quvonch va salomatlikni anglatar edi. Ranglar va naqshlar ramzi 
zargarlikda, liboslarda, nodir toshlardan ishlangan zeb-ziynat buyumlari-
da ustuvorlik qilgan.

Download 3.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling