O`zbekiston tarixidan testlar to`plami


O`ZBEKISTON TARIXIDAN TESTLAR TO`PLAMI


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/37
Sana09.08.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1666013
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Bog'liq
12 та

O`ZBEKISTON TARIXIDAN TESTLAR TO`PLAMI
Raximjon Xamrabayev 
14 
14. “Hindiston” asari muallifini toping. 
A) Zahiriddin Muhammad Bobur 
B) Abu Ali ibn Sino 
C) Abu Rayhon Beruniy 
D) Mirzo Ulug`bek 
15. Muhammad Shayboniyxon Xuroson 
uchun kurashda kimdan mag`lubiyatga 
uchragan? 
A) Zahiriddin Muhammad Bobur 
B) Abulg`oziyxon 
C) Ismoil Safaviy 
D) Mirzo Ulug`bek 
 
14 – variant 
1. Quyidagi qaysi hukmdor qo‘shinni yetti 
qo‘lga – qismga bo‘lib joylashtirish tartibini 
birinchi bo‘lib joriy qilgan?
A) Amir Temur B) Jaloliddin Manguberdi
C) Bobur Mirzo D) Muhammad Shayboniyxon 
2. 1586-yilda Akbarshoh Abdullaxon II ga 
yo‘llagan maktubida nimani bayon etgan edi?
A) Eronni o‘zaro taqsimlab olishni
B) savdo munosabatlarini yanada jonlantirish 
lozim ekanligini
C) Usmonli davlati Eronning bir qismini bosib 
olganligidan tashvishlanayotganligini
D) o‘zaro urushlarga chek qo‘yish kerakligini
3. XIX asrning ikkinchi yarmida Toshkent 
shahrining nechta darvozasi bo‘lganligini 
aniqlang.
A)4 ta B) 6 ta C) 9 ta D) 12 ta
4. 712-yilda Qutayba bilan kimning o‘rtasida 
sulh tuzilganidan so‘ng Sug‘d xalifalikka qaram 
bo‘lib qolgan?
A) Chag‘on B) G‘urak C) Sulaymon
D) Ubaydulloh ibn Ziyod
5. “Amiriy” taxallusi bilan ijod qilgan 
hukmdorni belgilang.
A) Ubaydullaxon B) Shayboniyxon
C) Abdullaxon II D) Umarxon
6. Qoraqalpoqlarda majburiyatlarning eng 
og‘iri hisoblangan ariq qazish ishlari necha kun 
davom etgan?
A) 8 kun B) 12 kun C) 24 kun D) 30 kun
7. 1216-yilda Xorazmshoh Chingizxon huzuriga 
kimning boshchiligida o‘z elchilarini 
yuborganligini aniqlang.
A) Muhammadqozi B) Bahouddin Roziy
C) ibn Kafroj Bug‘ro D) Sheri Kishvar
8. 1776-yilda Norbo‘tabiy Qo‘qon xonlaridan 
birinchi bo‘lib xonlikda qaysi nom bilan 
ataluvchi o‘z pulini zarb ettirgan?
A) dinor B) fals C) kepaki D) dirham
9. Nechanchi yildan boshlab Turkistonda
paxtaga o‘zgarmas davlat narxlari joriy 
etilgan?
A) 1902-yildan B) 1907-yildan C) 1911-yildan 
D) 1915-yildan
10. Qarluqlar VI–VII asrlarda qaysi davlat 
tarkibiga kirgan?
A) Eftallar davlati B) Turk xoqonligi
C) Sosoniylar davlati D) Arab xalifaligi
11. Xivaga kelgan Rossiya elchilaridan qaysi 
biri o‘zbeklarni “aql-idrokli, suhbati yoqimli va 
o‘tkir, qat’iyatli, matonatli, urf-odati oddiy, 
yolg‘on va aldovdan nafratlanuvchi, harbiy 
ishda hormay-tolmaydilgan mard va jasur 
kishilar”, deb ta’riflagan?
A) N. I. Muravyov B) N. Ignatyev
C) N. Vasilevskiy D) F. Benevini
12. Mashhur baxshi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li qaysi 
qo‘zg‘olonga bag‘ishlab doston yaratgan?
A) “Vabo isyoni”
B) Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni
C) Jizzax qo‘zg‘oloni
D) Yetimxon qo‘zg‘oloni
13. Temuriylar davrida ijod qilgan toshkentlik 
shoirni aniqlang.
A) Durbek
B) Abdurahmon Jomiy
C) Atoiy
D) Kamoliddin Behzod
14. Buxoro amirligida qaysi nom bilan 
ataluvchi kichik kalibrli to‘p harbiy harakatlar 
chog‘ida tuyalarning egarlari ustiga mahkam 
qilib o‘rnatilgan?
A) “buxorochi” B) “afg‘onchi” C) “xitoychi”



Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling