kо ‘kaldosh
Bu mansabga xon sulolasiga eng yaqin shaxslardangina
tayinlangan. Ko‘kaldosh xon siyosatiga fuqarolaming
munosabatini o‘rgangan va bu siyosatning daxlsizligini ta
’minlagan. Bugunki kun voqeligi bilan aytganda, ko`kaldosh
davlat xavfsizlik xizmati idorasi rahbari bo`lgan. U nafaqat
oddiy kishilarning, balki davlat amaldorlarining va hatto
valiahdlarning
ham
hukmdorga
nisbatan
qiladigan
munosabatiga ham javobgar bo`lgan.
xon yasovuli
Xon va shahzodalar o‘rtasidagi ichki munosabatlar masalasi
bilan shug`ullangan
eshikog‘aboshi
U dargoh xavfsizligi, undagi tartib hamda kelgan ketganlardan
xabardor bo‘lib turish masalalari bilan shug‘ullangan.
shayxulislom
Yuqori davlat lavozimlari ichida katta mavqega ega bo‘lgan
lavozimlardan biri bo`lib, shariat qonunlari bajarilishi ustidan
nazoratni amalga oshirgan
Qozikalon( Bosh qozi)
Barcha bosqichlardagi sud ishlariga boshchilik qilgan.
muhtasib (rais)
Bu lavozimni egallagan amaldor mamlakatda jamoat tartibining
saqlanishini, diniy marosim va amallarga rioya qilinishini
kuzatgan, bozorlarda narx-navo va tarozilarning to ‘g‘riligini
nazorat qilish bilan shug‘ullangan
Mehtar
zakot va boshqa tushumlardan tushgan mablag‘larni zarur
o‘rinlarda ishlatishni nazorat qiluvchi amaldor hisoblangan.
naqib
Xonlikda davlat lavozimi mansabdori hisoblanmasa-da, bu
shaxsning xon saroyida nufuzi baland bo‘lgan. Chunonchi, u
xonning yaqin va ishonchli kishisi sanalgan. Ayni paytda, u
davlat ichki va tashqi siyosati masalalarida xonning
maslahatchisi ham hisoblangan. Zarur bo‘lganda elchilik
vazifasini ham bajargan.
Saroy qutvoli
Ashtaroniylar davrida joriy qilingan bo`lib, Davlat mablag`I
hisobiga amalga oshiriladigan qurilish, qal`a devorlari va
imoratlarni ta`mirlash, shuningdek, obodonchilik ishlarini
boshqarardi
Do'stlaringiz bilan baham: |