O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv
Download 364.83 Kb.
|
O‘zbekiston tarixidan yakuniy
savol : “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishdagi ilg‘or innovatsiyalar.(xolisonalik,
texnologiyalar, uzviylik) Javob : Innovatsiya (ing . innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni taʼminlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablagʻlar; 2) ilmiy-texnika yutuklari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllanilishiKadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda yosh avlodga chuqur bilim beradigan, fikrlash doirasi keng, kasbiy ko`nikmalarga ega bo`lgan, huquqiy demokratik jamiyat a’zolarini ozod va erkin yashashga, mustaqil fikr yuritishga o`rgata oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifa qilib belgilangan. «Ilgari biror bir mamlakatning taraqqiyoti va kuchqudratini ifodalash va baholash uchun uning mavjud bo`lgan tabiiy boyliklari va iqtisodiy salohiyati haqida so`z yuritilar edi. Bugun dunyo taraqqiyotning shunday bosqichiga qadam qo`ydiki, har qanday millat va davlat imkoniyatlarining hal qiluvchi belgisi bu- ma’rifat, insonlarning intellektual, kasbiy va ma’naviy salohiyatidir»-deb ta’kidlaydi prezidentimiz I.A.Karimov. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi asosiy tamoyillardan biri - bu ta’lim tizimini tuzilishi va mazmun jihatidan isloh qilish uchun o`qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash, yuqori malakali, raqobatga qodir mutaxassislar tayyorlash bo`yicha ta’lim muassasalarining faoliyatiniuyg`unlashtirish, ilg`or pedagogik texnologiyalarni, pedagogik innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga kiritish hisoblanadi Leontev «Dunyoni idrok qilishning birinchi sharti -faoliyat, ikkinchi sharti tarbiyadir. Faoliyat jarayonida; kishilarning qobiliyati, bilim va malakalari shakllanadi, demak, faoliyat ijtimoiy hodisa bo`lib, hayotiy kurashning asosiy shartidir shartidir. savol : Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. ("Kadrlar desanti»,«Qayta qurish»,“Paxta ishi”) Javob : Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar 80 yillar oxiri 90 yillar boshlarida O`zbekistonda jamiyatning turli sohalarida mustaqillikka intilish harakatlari kuchayib bordi. 80 yillarning ikkinchi yarmidan mustaqillikni qo`lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi. 1989 yil oktyabrda davlat tili to’g`risidagi qonunni qabul qilinishi mustaqillik yo`lida muhim bosqich bo`ldi.1990 yili bahorida markazning qattiq qarshilishga qaramasdan sobiq Ittifoq Respublikalari orasida birinchi bo`lib O`zbekistonda Prezidentlik lavozimi ta`sis etildi. Bu o`zbek davlatchiligi va mustaqillikning printsipial yangi bosqichi bo`ldi.I.A.Karimov 1990 yil 24 martda O`zbekiston Oliy Kengashida O`zbekistonning birinchi Prezidenti qilib saylandi. 1990 yil 20 iyunda mustaqillik to`g`risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan to`ldirdi va g`oyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi. O`zbekiston jamoat tashkilotlari va harakatlari orasida mustaqillik g`oyasi keng qo’llab-quvvatlandi.1991 yil 31 avgustda O`zbekiston Respublikasi Oliy Soveti XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi davlat mustaqilligi va mustaqil suveren O`zbekiston Respublikasi davlati tashkil topganligini e`lon qildi. Unda O`zbekiston Respublikasidavlat mustaqilligi to`g`risida Oliy Kengash Bayonoti va Respublika davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi hamda 1 sentyabr — Mustaqillik kuni milliy bayram deb belgilandi.. savol: XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. ("Kadrlar desanti»,«Qayta qurish»,“Paxta ishi”) Javob : XX asrning 70-80 yillarida SSSRda iqtisodiyotni rivojlanish surati tobora pasayib, sarf- xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq- ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa soha-lardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqur-lashtirib yubordi. KPSS Markaziy Qo'mitasining 1985 yil aprelda bo'lgan Plenumi noxush tendensiyalar yig'ilib, SSSR inqiroz oldi vaziyatga tushib qolganligini ilk bor etirof etdi. Mazkur Plenum jamiyatni «qayta qurish» orqali iqtisodiyotni ko'tarish, xalqning turmushini yaxshilash siyosatini belgiladi. 1985-1986 yillarda Markazdagi rahbariyat tomonidan jiddiy o'zgarishlar qilish zarurligi anglandi. Biroq ahvolning nihoyatda murakkabligi hali to'la idrok etilmagan edi. «Qayta qurish» siyosati va uning barbod bo'Iishi Markazdagi rahbarlar hamon sotsializm «afzallik»laridan foydalanib, jamiyatni «qayta qurish»ga, sotsializmni yaxshilashga umid bog'lar edi. Ammo ular mamlakatni sotsializmning o'zi, u yaratgan totalitar siyosiy, iqtisodiy tuzum inqirozga olib kelganligini pay-qamagan edi. 1987 yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda xo'jalik mexanizmini isloh qilish yo'lidagi urinish ham samara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy tizimga urilib barbod bo'Idi, hech qanday samara bermadi. 1980 yillarning oxirlarida siyosiy tizimni isloh qilishga, birinchi navbatda KPSSning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini cheklashga, davlat va xo'jalik organlarini kompartiya hukmronligidan chiqarishga, xalq deputatlari sovetining to'la hokimiyatini ta'minlashga urinish bo'Idi. Ammo bu sa'y-harakatlar ham behuda ketdi. 1986-87 yillarda faqat O'zbekiston Kompartiyasi MQga fuqarolardan 50 mingdan ortiq xat va shikoyatlartushdi. 20 mingdan ortiq kishi Markazqo'm kotiblari va bo'lim boshliqlari qabulida bo'lib, o'zlarining arz-dodlarini bildirdilar. Poytaxtga yetolmagan 100 minglab fuqarolar mahalliy hokimiyat organlariga o'z haq-huquqlari, qonuniy manfaatlarining buzilganligidan shikoyat qilib koridorma-koridor, eshikma-eshik turtinib yurdilar. Download 364.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling