O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv


Download 364.83 Kb.
bet8/31
Sana21.04.2023
Hajmi364.83 Kb.
#1376655
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Bog'liq
O‘zbekiston tarixidan yakuniy

54-55 savollar: O‘zbekiston parlamentining quyi-Qonunchilik palatasi. (Shakllantirish printsipi, qonunlarni muhokama qilish, qonunchilik tashabbusi)
Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan yashirin
ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarligiga nomzodlar ko‘rsatish va saylash tartibi qonunda hamda Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi.
Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari o‘z vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga a’zolikni to‘xtatib turadi hamda fraksiya tarkibiga kirishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining
tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiya o‘z vakili Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari
lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa ega.
Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarini saylash uchun fraksiya, qoida tariqasida, o‘z
fraksiyasi rahbarining nomzodini kiritadi.
Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Qonunchilik palatasi qo‘mitalaridan birining
tarkibiga saylanishi mumkin.
Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari xalqaro parlament tashkilotlari bilan aloqalarni rivojlantirishni amalga oshiradi, boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, parlamentlararo diplomatiyani rivojlantirishni amalga oshiradi, xalqaro shartnomalarning hukumat tomonidan
bajarilishini nazorat qilishga doir ishlarni tashkil etadi, shuningdek vazifalar taqsimotiga binoan tashkiliy va boshqa vazifalarni bajaradi.
Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari Qonunchilik palatasi Spikerining topshirig‘iga
binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi.
Qonunchilik palatasining Spikeri yo‘qligida yoki u o‘z vazifalarini amalga oshirishi mumkin bo‘lmagan hollarda uning vazifalarini Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, u yo‘qligida esa Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlaridan biri bajarib turadi.(15- moddaning matni)

  1. savol:Mustaqil O‘zbekistonda huquq-tartibot organlari tizimidagi o‘zgarishlar. (MXX,IIB, sud tizimi, islohotlar)

Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. 2 ga boʻlinadi: mahalliy vakillik organlari va mahalliy
ijroiya organlari. Mahalliy vakillik organlari oʻz faoliyatini kollegi-allik asosida olib boradi. Mahalliy kengash ishining asosiy tashkiliyhuquqiy shakli sessiya hisoblanadi. Mahalliy vakillik organlarining hamma boʻgʻinlari saylov yoʻli bilan tashkil qilinadi. Qonun vakillik organlariga har tomonlama bilimga, tajribaga ega, keng , mustaqil fikrlovchi shaxslarning saylanishini va bu
organlar ishchan boʻlishini nazarda tutadi. 1994 yil 25 dek.da va 1999 yil 5 dek.da
Oʻzbekistondagi mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar oʻtkazildi. M a halliy ijroiya organlari
— hokimiyatlarga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladi va u yakkaboshchilik
prinsipi asosida ish olib boradi. Hokimiyatlar boshqarmalar, boʻlimlar va boʻlinmalardan iborat boʻlib, ularning tuzilishi, tashkil etilishi va faoliyati OʻzRning Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi. Viloyatlar va Toshkent shahri ijroiya hokimiyati organlarining tuzilishi va shtatlari hokim tomonidan OʻzR Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, tegishli xalq deputatlari kengashi tasdiqlagan byudjet doirasida belgilanadi va oʻzgartiriladi. Tuman, shahar ijroiya hokimi-yati organlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi ijroiya hokimiyati organlari tuzilishi va shtatlari tarkibi Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. toʻgʻrisidagi qonun bilan tartibga solinadi. Xalq deputatlari kengashlari va hokim munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarga asosan hududdagi muhim masalalar, muammolarni hal qilishda maslahatlashish uchun hokimlar huzurida maslahat kengashi tuzildi. Lekin bunday maslahat kengashlari tuzilishi hokimning faoliyatidagi yakkaboshchilik prinsipiga putur yetkazmaydi.
Ijroiya hokimiyati boʻlinmalari rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan holda va hokimning taqdimiga binoan, tegishli xalq deputatlari kengashlari sessiyalarida lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Mahalliy vakillik organlari va hokimlar qabul qiladigan hujjatlar konstitutsiya va qonunlarga zid boʻlmasligi lozim. Hokim tomonidan qabul qilingan hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar sudga shikoyat qilishlari mumkin

  1. Download 364.83 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling