O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv
Download 364.83 Kb.
|
O‘zbekiston tarixidan yakuniy
savol : “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. (tadqiqot ob’ekti, tarix fani muammolari, konseptual va strukturaviy o‘zgarishlari)
Javob : Tarixiy haqiqat to‘la ro‘yobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix fanining predmeti va obyektini to‘g‘ri belgilanishi o‘ta muhim ahamiyatga ega. Chunki O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani uchun ham boshqa barcha fanlar qatori predmet va obyekt masalasi asosiy masala bo‘lib hisoblanadi. Zero, fan uning o‘rganish predmeti va obyekti aniq bo‘lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo‘lib, maqsadga erishish mushkul bo‘ladi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiyot va tabiat fanlaridan farqli o‘laroq mustaqil fan. Shuningdek, u barcha fanlar orasida alohida o‘z o‘rni va mavqeyiga ega. U barcha fanlar tarixini ham o‘z ichiga olgan holda ularning rivojiga katta ta’sir etadi. Bu uning o‘rganish predmeti va obyekti hamda vazifasida to‘la namoyon bo‘lmog‘i kerak. Obyekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, ma’lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, shular doirasidagi voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun obyekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iboratdir. Xulosa shuki O‘zbekiston eng yangi tarixi fani ya’ni, Vatan tarixi millat va Vatan taqdirini ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega. " O'zbekistonning eng yangi tarixi" haqida so’z yuritilganda, biz uchun, avvalo, mamlakatimizning 1991 yildan keyin bosib o’tgan tarixiy yo’li mohiyati va mazmunini anglab yetish muhimdir. O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv faning vazifasi – mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini tushinish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g’ururni shakllantirishdan iborat.Davlatimiz rahbarining 2017 yil 30 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qarorni imzoladi savol : “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari. (eng yangi tarix, metodologiya, fan predmeti, fanning maqsad va vazifasi, fanlararo yonashuv Javob : O'zbekistonning eng yangi tarixi to’g’risidagi bilimlar talabalarda mamlakatimizni mustaqillik davrida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar mohiyatini chuqur singdirish, mazkur jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlari, sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularni ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ma'naviy-ma'rifiy tafakkurini yuksaltirish, ajdodlar an'analariga sadoqat, milliy o'zlikni anglash asosiy maqsad qilib belgilanadi. Fanning predmetini – O’zbekistonda mustaqillikdan keyingi davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda siyosiy sohalarda amalga oshirilgan islohotlar va ularning mamlakat taraqqiyotidagi ahamiyati tashkil etadi. Fanining ob’ekti esa aniq tarixiy davr, makon, zamon va minraqaviy chegaralar, ma’lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog’liq bo’lib, shular doirasidagi voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o’z ichiga oladi. 1991 yil 31 avgust kuni bo’lgan Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida o‘zbek xalqining xohish-irodasi bilan O’zbekistonning davlat mustaqilligi, ozod va suveren davlat – O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi va «Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonun bilan mustahkamlandi. Tarix - arabcha so’z bo’lib, «tadqiq etish», «tekshirish», «voqealar haqida aniq hikoya qilish» ma’nolarini anglatadi. Tarix insonlar haqidagi, ularning uzoq o’tmishdan bizgacha etib kelgan hayotiy tajribasi haqidagi fandir. «O’zbekiston tarixi» fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib o’tgan uzoq va murakkab tarixiy yo’lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini holisona o’rganishdan, tushuntirishdan iboratdir. Tarixiy voqea va hodisalar kambag’allarni va yuqsillarni himoya qilgan tarzda, ularning manfaatiga bo’ysundirilgan holda yoritildi. savol : Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni. (yoshlarga oid siyosat. Ta’lim tizimidagi islohotlar. eng yangi tarix kontseptsiyasi) Javob : O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati aniq maqsadlarni ko’zlagan holda, bosqichma bosqich, kompleks chora-tadbirlarga asoslangan holda izcil davom ettirilmoqda. Bu borada Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi sa’yharakatlarni tizimli asosda yo’lga qo’yish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusning ilgari surilisi O’zbekiston tarixida yoshlar ta’lim tarbiyasi bo’yicha yana bir yangi bosqichni boshlab berdi. Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga hizmat qiladi. Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yonaltirilgan. Ucinchi tashabbus – aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. To’rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’b qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yonaltirilgan. Besinchi tashabbus – хоtin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi. Yoshlarga oid Davlat siyosati to’g’risigagi Qonunning maqsagi va yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Farmonga muvofiq, yoshlarga oid davlat siyosatini izchi va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida O’zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati negizida O’zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi. O’zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun – 30 iyun sanasi mamlakatimizda “Yoshlar kuni” sifatida nishonlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi PF-5106–sonli Farmoni mazmun-mohiyatini yoshlar o’rtasida keng targ’ib qilis maqsadida filialning Ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti, filial Murabbiylar Kengashi va filial psixologi hamkorlikda 2018 yilning 21 fevral sanasida filial iqtidorli talabalarining aqliy salohiyati, intellektual darajasi va mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’rganish bo’yicha “Intellektual salohiyatli va barkamol yoshlar- farovon kelajagimiz garovi!” mavzusida psixologik seminar-trening tashkillashtirildi. Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga, ularning ta’lim-tarbiyasi, intellektual salohiyati va barkamol inson o’lib yetishishlariga katta e’tibor beriladi. Intellektual boylik hukmronlik qiluvchi XXI asrda yoshlarni aqliy salohiyatini o’stirish, yoshlar tomonidan ilgari surilgan innovatsion g’oyalarni ma’naviy va moddiy tarafdan qo’llab-quvvatlash, yoshlarni barkamol inson qilib voyaga yetkazish muhim vazifamiz sanaladi. savol : O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari. (Jamoatchilik kengashi, yangi avlod ilmiy va o‘quv adabiyotlarini yaratish, 2017-yil 30-iyun) Javob : 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bog‘liq bir qator yangi va muhim vazifalarni belgilab berganini alohida qayd etish joiz. Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo, yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini e’tiborga olgan holda: O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2017-yil 30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun — 30-iyun sanasi mamlakatimizda “Yoshlar kuni”, deb e’lon qilinsin. 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “katta yetakchi” va “to‘garak rahbari” shtat birliklarini tugatish hisobiga lavozim maoshi yuqori sinf o‘qituvchisiga tenglashtirilgan “yoshlar yetakchisi” shtat birligini joriy etish; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida “yoshlar yetakchisi” vazifasi yuklatilgan xodimga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oliy ma’lumotli o‘qituvchi bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama belgilash; O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshida yoshlarning xohish va intilishlaridan kelib chiqib, yoshlar uyushmalari hamda yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazlarini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tashkil etish; savol : XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv. ( Nomoddiylik prinsipi, chiziqli rivojlanish prinsipi, universal ulanish prinsipi, determinizm prinsipi) Javob : Barchamizga ma’lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi.. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Bilimdon va ma'naviy yetuk bo'lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni egallagan hamda boshqara oladigan malakali mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish bunday islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o'tish, birinchi navbatda kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatidan tayyorgarligiga bog’lik, bo'ladi», deb ta'kidlagan edilar. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan «Ta'lim tug’risida»gi qonunda ta'limni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika hududida ta'limni umumiy o'rta ta'lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo'yilgan bo'lsa, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qonunida milliy tajribalarni tahlil qilgan holda qabul qilindi . Ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llaganda o’quvchi eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart – sharoitlar mavjud. Shunday ekan, axborot kommunikatsion Download 364.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling