O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv
Download 364.83 Kb.
|
O‘zbekiston tarixidan yakuniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 132. O‘zbekistonda xalqaro ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishi. (Davlat siyosati, "Sharq taronalari", "Makom")
131-savol: Mustaqil O‘zbekistonda san’at sohasining rivojlanishi. (Davlat siyosati, amaliy san'at, ma'naviy san'at)
Yoshlar talim-tarbiyasi uchun qoshimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oz ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari boyicha yigilish otkazildi. Xususan, birinchi tashabbus boyicha yoshlarni madaniyat va sanat muassasalariga keng jalb etishga oid dastur loyihasi tayyorlangan. Unga muvofiq, 2019-2020 yillarda 14 dan 30 yoshgacha bolgan 2 million yoshlarni madaniyat va sanatga jalb etish boyicha hududiy yol xaritalarini tasdiqlash kozda tutilgan. Shuningdek, bolalar musiqa va sanat maktablarida qoshimcha sinflar, madaniyat markazida cholgu, xonandalik, tasviriy sanat togaraklari, havaskorlik teatr jamoalari va bolalar ansambllarini tashkil etish belgilangan. Yangidan quriladigan, rekonstruksiya va kapital tamirlanadigan hamda jihozlanadigan madaniyat markazlari manzilli royxati ham shakllantirilgan. Davlat rahbari dastur loyihasida tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlari yetarli emasligi, har bir shahar va tumanga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilgan taniqli namoyandalarning amaliy vazifalari aniq belgilanmaganini qayd etdi. Hududiy yol xaritalari ijrosini tizimli tashkil etish, togarak va sinflarga qamrab olingan bolalarni ragbatlantirish, jumladan, har xil tanlovlar otkazish zarurligini takidladi. Belgilangan qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital tamirlash, shuningdek, madaniyat markazlari, musiqa va sanat maktablarini musiqa cholgulari bilan taminlash uchun tegishli mablag ajratish boyicha topshiriq berildi. 132. O‘zbekistonda xalqaro ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishi. (Davlat siyosati, "Sharq taronalari", "Makom") O'zbekistonda ko'plab xalqaro musobaqalar o'tkaziladi shulardan biri bu "Sharq Taronalari"dir.O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi milliy musiqa san'atining eng yaxshi na'munalarini keng targ'ib qilish, milliy musiqa an'analarini saqlash va rivojlantirish, yosh avlodda san'atga muhabbat tuyg'usini uyg'otish hamda xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, do'stlik, o'zaro hamjihatlik, madaniy- ma'naviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalini tashkil etgan. Festival 1997 yildan buyon har ikki yilda bir marotaba Samarqand shahridagi ko’hna “Registon” maydonida avgust oyining 2-yarmi oxirida o’tkazilib kelinadi. Festivalda ishtirokchi davlatlar soni yildan yilga ko’paymoqda. Jumladan, I festivalda 34 ta davlat, II festivalda 36ta davlatdan 250 dan ortiq vakillar o’z san’atlarini namoyish etdilar. Festivalga har yili katta tayyorgalik ko’riladi va rang-barang namoyishlarga boy ochilish marosimi dasturi bilan festival boshlanadi. Ochilish marosimida faxriy mehmonlar ,jumladan UNESCO prezidenti, O’zbekiston Prezidenti va hokimiyat vakillari o’z nutqlari bilan chiqishadi. Ochilish marosimidan keyin bir hafta mobaynida saralash bosqichlari bo’lib o’tadi. Har bir davlatning vakil guruhi uchun jami 30 daqiqa belgilangan bo’lib , shtirokchilar o’zlari uchun belgilangan muddat davomida quyidagi yo’nalishlarda ijro etishlari mumkin: 1. Xalq musiqiy ijodiyoti; 2. Milliy mumtoz musiqa; 3. Zamonaviy musiqa, shu jumladan estrada asarlari. Xalqaro maqom san’ati anjumani Anjuman O‘zbek milliy maqom san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, uni asrab avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida milliy mumtoz san’atmizga bo‘lgan hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kamol toptirish, turli halqlar o‘rtasida do‘stlik birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasini halqaro miqyosda kengaytirish maqsadida tashkil etilgan.. Anjuman 2018 yildan xar ikki yilda bir marta Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida, O‘zbekiston Respulikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkillashtiriladi. Download 364.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling