O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv


O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. (Davlat siyosati, tarix, biologiya, kimyo va


Download 240.22 Kb.
bet18/40
Sana08.01.2022
Hajmi240.22 Kb.
#236022
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
Bog'liq
Tarix yakuniy to'liq javoblari 200 ta

O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. (Davlat siyosati, tarix, biologiya, kimyo va boshqalar)

XIX asrda Ozbekistonda birinchi ilmiy muassasa Toshkent fizik astronomik observatoriyasi (OzR FA Astronomiya instituti) 1873-yilda tashkil qilingan. Boshida observatoriya ekspeditsiyalar uyushtirish bilan shugullangan va natijada mintaqadagi mingdan ortiq joyning koordinatalari aniqlangan, XX asrning 30- yillaridan observatoriya astronomiyaning fundamental masalalarini tadqiq qila boshladi.

1918-yilda Turkistonda iqtisod va madaniyatning turli sohalariga kadr tayyorlovchi maxsus muassasalar ochilgan. Ulardan biri 1918-yil 21-aprelda ochilgan Turkiston xalq universitetidir. Sal keyinroq Andijon, Qoqon, Samarqand, Fargona, Jizzax va boshqa shaharlarda uning filiallari ochildi. 1919-yilda Toshkentda fizioterapiya ilmiy-tekshirish instituti tuzildi. 20-yillarda tarix, tibbiyot, tabiiy fanlar sohasida qator ilmiy- tekshirish institutlari ochildi. 1920-yilda Turkiston Davlat universiteti (1923-yildan Orta Osiyo davlat universiteti, 1960-yildan Toshkent davlat universiteti, hozir- Ozbekiston Milliy universiteti) tashkil qilindi. Keyinchalik mintaqadagi tabiiy boyliklarni organish maqsadida universitet negizida mustaqil oliy oquv yurtlari va fanning turli yonalishlari boyicha qator ilmiy muassasalar ochildi. 1940-yilda Toshkentda 1932-yilda tuzilgan ilmiy komitet asosida Ozbekistondagi SSSR FA filiali tashkil etildi va shu vaqtdan boshlab filial Ozbekistondagi bosh ilmiy-tadqiqot markazi bolib kelayapti. Osha paytda uning tarkibiga geologiya, botanika, kimyo, suv xojaligi muammolari (1941-yildan energetika instituti), tarix, til va adabiyot institutlari; tuproqshunoslik, zoologiya, fizika va matematika (geliotexnika laboratoriyasi bilan) bolimlari; Toshkent astronomik observatoriyasi (Kitob kenglik stansiyasi bilan); kartografiya va iqtisodiy tadqiqotlar byurosi kirgan. 1940-yilda Ozbekistonning ilmiy-tekshirish institutlarida va oliy oquv yurtlarida 3 mingdan ortiq ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar ishlashgan. II jahon urushi (1941-1945) davrida respublikada 40 dan ortiq ilmiy-tekshirish institutlari va oliy oquv yurtlari ish olib borgan.

1943-yilda Ozbekistondagi SSSR FA filiali Ozbekiston SSR Fanlar akademiyasi sifati qayta tashkil qilindi. Bu vaqtda uning tarkibida 10 ta ilmiy-tekshirish institutlari, shu jumladan 1943 yilda tuzilgan fizika-texnika, tarix, sharqshunoslik, iqtisodiyot institutlari bor edi. 11 ta akademik-tasischi, 18 ta muxbir azo, 3 ta faxriy azo akademiya azolari bolishdi. Akademiya muassasalarida 210 nafar ilmiy xodim ishlardi, ulardan 28 nafari fan doktori va 80 tasi fan nomzodi edi. 40- yillarning ikkinchi yarmida respublika olimlarining kuchlari asosan urushdan keyingi iqtisod, madaniyat, tibbiyot va boshqa sohalarni yoqsaltirishga yonaltirilgandi.

1958-yili Toshkent shahri yaqinida yadro reaktori qurildi, u yadro fizikasi taraqqiyotiga asos boldi. 60-70- yillarda Ozbekiston tabiiy va ijtimoiy fanlar sohalarida ish olib borayotgan ilmiy muassasalarning faoliyati butunlay respublika oldida turgan muhim iqtisodiy va madaniy masalalarni yechishga yonaltirilgandi. Paxtachilik, irrigatsiya, energetika, rangli metallurgiya va boshqa tarmoqlar yoqsalishining kompleks tadqiqiga alohida etibor qaratildi. 1987-yili Toshkent viloyatining Parkent tumanida nodir Katta quyosh pegi bizerkal optik-gelio-energetik tizim qurilishi tugallandi va ishlatishga topshirildi.

Mamlakatda fanning yanada rivojlanishiga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 1992- yil 8-iyuldagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining Davlat tomonidan fanning rivojlanishi va innovatsion faoliyatni qollab-quvvatlash chora-tadbirlari togrisidagi yuqoridagi Farmonni bajarish yuzasidan chiqargan Qarori ancha tasir qildi.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2004-yil 9-noyabrda 532-sonli Xorazm Mamun Akademiyasining 1000 yilligini nishonlash togrisida va 2005-yil 1-noyabrdagi 240-sonli Xorazm Mamun Akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va 1000 yillik yubileyini nishonlashning qoshimcha chora- tadbirlari togrisida qaror

lar qabul qildi. Shunday qilib, Xorazm Mamun Akademiyasi Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bolimi sifatida tiklandi.




  1. Download 240.22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling