"O‘zbekiston temir yo'llari" aj toshkent temir yo‘l muhandislari instituti
ASOSIY NAZARIY QISM (MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI)
Download 0.54 Mb.
|
zУс.кўр. ТйтАТ ЭТ-сиртқи
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mavzu.Elektr ta’minoti tizimlari. va o’zgartirgichlari
- 2-Modul. Avtomatika va telemexanika qurilmalarining elektr ta’minoti
- 2. AMALIY MASHG’ULOT MASALALARI 1- AMALIY MASHG’ULOT
1. ASOSIY NAZARIY QISM (MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI)
4-semestr 1-Modul. Kirish. Umumiy tushunchalar. Elektr ta’minoti tizimlari va o’zgartirgichlari 1-mavzu. Kirish. Elektr ta’minoti asoslari. Akkumulyatorlar Elektr energiyani ishlab chiqish va taqsimlashning umumiy tamoyillari. Elektr ta’minoti qurilmalariga asosiy talablar. Tokning birlamchi kimyoviy manbalari. Elektrik tavsiflari. Akkumulyatorlar: aniqlashlar, turlari va tuzilishi, Kislota-qo’rg’oshinli akkumulyatorlar, ishlash prinsipi, elektrik ko’rsatkichlari va turlari. Ishqorli akkumulyatorlar. Yangi istiqbolli tokning kimyoviy manbalari. Kislota-qo’rg’oshinli akkumulyatorlardan foydalanish 2-mavzu.Elektr ta’minoti tizimlari. va o’zgartirgichlari O’zgaruvchan tokni to’g’irlash asoslari. O’zgarmas kuchlanishni rostlash va mo’ta’dillashtirish. O’zgarmas va o’zgaruvchan kuchlanishning o’zgartirgichlari. Uzluksiz elektr ta’minoti manbalari va tizimlari. mavzu. Hisoblash texnikasi apparatlarining elektr ta’minoti 2-Modul. Avtomatika va telemexanika qurilmalarining elektr ta’minoti 3-mavzu. Avtomatik blokirovka, dispetcherlik markazlashtirish, elektr markazlashtirish qurilmalarining elektr ta’minoti. Avtomatik blokirovka, dispetcherlik markazlashtirish, elektr markazlashtirish qurilmalarining elektr ta’minoti. Elektr ta’minoti qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatish. To’g’rilash qurilmalari. Elektr ta’minoti qurilmalarining funksional sxemalari. Aloqa tugunlarini elektr ta’minlash jixozlalarining tuzilmaviy sxemasi. Masofaviy manbalash 2. AMALIY MASHG’ULOT MASALALARI 1- AMALIY MASHG’ULOT Avtoblokirovka signal qurilmasi to‘g‘rilagichining tokini xisoblash usullarini o‘rganish va aniqlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish. 1-MASALA. Signal transformatorlari, akkumulyator batareyalar va to‘g‘rilagich-larni tanlash. Svetoforlar va chiziqli zanjirlarining manbalash qurilmalarini xisoblashda, avtoblokirovkaning ta’minot tizimining va qo‘llanilayotgan chiroqlarning turlarini xisobga olish kerak. O‘zgaruvchan tok tizimida, signal transformatorining kuchlanish: UT = U + I(rc + rk), bunda U – chiroqdagi kuchlanish, V; I – chiroq iste’mol qilayotgan tok, A; rc – ulovchi simlar va rele kontaktlarining qarshiliklari, Om; rk – svetofor va releli shkaf orasidagi kabel tolalarining qarshiligi,Om. Signal transformatorining kuchlanishi aniqlangandan so‘ng transfor-mator turi tanlanadi. O‘zgaruvchan tokda, signal zanjirlarining ta’minoti manbalari sifatida SOBS, POBS va ST turlaridagi transformatorlardan foydalaniladi. Akkumulyator batareyasining sig‘imini aralash manbalashda qurilma-larni xalokatli manbalashni ta’minlash kerak bo‘lgan vaqtga nisbatan xisoblanadi. Manbalovchi batareyani kuchlanishini o‘zgaruvchan tok avtoblokirov-kasidagi transformator kuchlanishi kabi aniqlanadi, ammo bunda releli va batareyali shkaflar orasidagi ulovchi simlardagi kuchlanishni tushishi xisobga olinadi ∆U = I0rsh, bunda I0 – batareyaning umumiy yuklama toki, A; rsh – releli va batareyali shkaflar orasida qo‘yilgan kabel qarshiligi, Om. Manbalovchi batareya kuchlanishi: UGB = U + I0rsh + I(rc + rk). Tok manbasi va svetofor orasidagi masofa 30 metrdan kichik bo‘lsa, akkumulyator batareyasi ABN turidagi oltita akkumulyatorlardan yig‘iladi. Agar, manbadan chiroqgacha bo‘lgan masofa 30 m dan ortiq bo‘lsa, unda akkumulyator batareyasini ettita akkumulyatorlardagi yig‘iladi. Aralash ta’minot tizimida batareyalarni zaryadlash uchun VAK turidagi to‘g‘rila-gichlar qo‘llaniladi. Batareyaning normal ishlashi uchun, zaryadlovchi to‘g‘irlagichni to‘g‘ri tanlash kerak. U, akkumulyatorlar batareyasi bir sutkada sarflaydigan energiya, shu davrda u to‘g‘rilagichdan olishi mumkin bo‘lgan energiyadan kichik bo‘lishi kerak shartidan aniqlanadi. Agar bu shart bajarilsa, normal ish rejimida batareya zaryadlangan bo‘ladi. Xalokatli ishlash rejimidan so‘ng esa, batareya minimal vaqt oralig‘ida zardlanishi kerak. Ammo, zaryad vaqtini kamaytirish, to‘g‘rilagich quvvatini oshirishni talab qiladi, bunda yuqori voltli liniyaga yuklama xam ortadi. SHuning uchun, ta’minot manbalarini loyixalashtirishda, to‘g‘rilagichlarning shunday minimal quvvatini topish kerak bo‘ladigan, u qurilmani normal ishlashni ta’minlovchi to‘g‘rilagich uchun etarli bo‘ladi. Amaliy jixatdan, xalokatli rejimda zaryad vaqtini zaryadsizlanish vaqtiga nisbati 10…12 ga teng deb qabul qilish mumkin. Bundan, quyidagi ifo-dalarni yozish mumkin. tz / tr = Ir / η Iz, bunda, Ir – o‘rtacha zaryadsizlanish toki, A; η – to‘g‘rilagichni eskirishini xisobga oluvchi sig‘im bo‘yicha berish koeffitsienti (odatda η = 0,85… 0,95); Iz – zaryad toki, A. Batareya doimiy yuklamaga ega bo‘lganligi uchun (rele va boshka asboblar), unda u to‘g‘rilagichdan olayotgan zaryadning to‘g‘rilangan tok It dan biroz kichikrok bo‘ladi. Sutkadagi o‘rtacha yuklama tok Iyu uchun Iz = Itη0 – Iyu, bunda η0 = 0,85 – harorat pasayishi bilan tokni kamayishini hisobga oluv-chi hararot koeffitsienti. tz / tr = K deb belgilab K = Ir[η(Itη0 – Iyu)] ni olamiz. Bundan tug‘rilagich toki It = (Ir + K Iyuη )/ K η0η. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling