O'zbekiston va Koreyada migratsiya: Hozirgi holat va muammolar
Download 22.66 Kb.
|
maqola 1
O'zbekiston va Koreyada migratsiya:Hozirgi holat va muammolar Arashov Ozodbek Anvar o’g’li Mirzo Ullug’bek nomidagi Milliy Universitet 1-kurs talabasi Annotatsiya Maqolada O'zbekiston va Koreya davlatlarining fiksal va monetar siyosati va unga migratsiya jarayonlarining ta'siri mavzusi ilmiy va tahliliy ko’zdan kechirilgan. O‘zbekistonning fiskal va monetar siyosati tashqi savdo defitsiti o‘sishiga qanday ta’sir qilmoqda? Markaziy bankning nisbatan qattiq monetar siyosati hamda hukumatning rag‘batlantiruvchi fiskal siyosati tashqi savdo defitsitining o‘sishiga hissa qo‘shib kelmoqda. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning fikricha, budjet xarajatlarini qisqartirish tashqi savdo defitsitining o‘sishini sekinlashtirishi mumkin. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda tashqi savdo defitsiti muttasil oshib — eksport va import orasidagi farq tobora kengayib — bormoqda hamda bu tendensiya ko‘pchilikni, xususan, qaror qabul qiluvchilarni xavotirga sola boshlagani shubhasiz. Yaqin yillardagi trendga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, tashqi savdo defitsitining nafaqat qiymati, balki tashqi savdo aylanmasidagi ulushi ham yil sayin o‘sib borayotganining guvohi bo‘lish mumkin. Bu tendensiyani qisman yangi davr boshlanishi ortidan savdo to‘siqlarining biroz yumshatilishi, qo‘shni mamlakatlar bilan savdo aloqalarining yaxshilanishi hamda pandemiya davrida ayrim tovarlar uchun import bojlarining vaqtincha bo‘lsa-da bekor qilinishi bilan izohlash mumkin. Raqamlarga nazar tashlansa, 2017 yilda tashqi savdo defitsiti 1,4 mlrd dollar yoki umumiy tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yil so‘ngiga kelib bu ko‘rsatkich 11,3 mlrd dollar yoki umumiy tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 23 foizga yetgan. Boshqacha aytganda, o‘tgan besh yil ichida tashqi savdo defitsiti hajman sakkiz barobarga, ulush hisobida esa salkam besh barobarga ortgan. Bu tendensiyani izohlash uchun yuqorida keltirilgan — tashqi savdoning nisbatan erkinlashishi hamda qo‘shni davlatlar bilan savdo aloqalarining yaxshilanishi kabi — omillarning o‘zigina yetarli emas. Xo‘sh, tashqi savdo salbiy saldosiga ta’sir o‘tkazayotgan yana qanday omillar mavjud? Bugungi maqolamizda ana shu omillar haqida fikr yuritamiz. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda monetar va fiskal siyosat ikki — butunlay qarama-qarshi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanmoqda. Xususan, Markaziy bank tomonidan yuqori inflyatsiyani jilovlash maqsadida yuritilayotgan nisbatan qattiq monetar siyosatga qarama-qarshi ravishda hukumat yalpi talabni rag‘batlantirish maqsadida rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat yuritmoqda. Quyida ana shu ikki yo‘nalishda olib borilayotgan siyosatlarning tashqi savdoga va tashqi savdo defitsitiga ta’sirini baholashga urinib ko‘ramiz. Download 22.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling