O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
Download 0.74 Mb.
|
Презентация1(O\'zb. Rossiya aloqa
Rossiya Federasiyasi bilan mustaqillik yillarida bo‘layotgan o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlik yaxshi samara berayotganini ta’kidlab o‘tmoq joizdir. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi 1992-yil o‘rnatilgan diplomatik aloqalardan so‘ng siyosiy, iqtisodiy sohalarda 150 dan ortiq shartnomalar imzolandi. Rossiya Federasiyasi bosh vaziri V.Chernomirdin, keyinroq E.Primakov 1998-yil Rossiya Federasiyasi prezidenti B.Elsin, 1999-yil dekabr va 2000-yil may oyida prezident V.V.Putinning O‘zbekistonga qilgan tashriflari Rossiya va O‘zbekistonning o‘zaro iqtisodiy hamkorliklarini yo‘lga qo‘yishda, diniy eksteremizm va xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurashida alohida o‘rin tutdi. 2003-yilning avgustida ikki mamlakat Prezidentlarining navbatdagi uchrashuvi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. Rossiyaning «Gazirom» va «Lukoyl» kompaniyalarining O‘zbekistonda neft va gaz manbalarini qidiruv ishlayotgan korxonalarni texnika jihatidan qayta qurish masalalarini muhokama qildi. Ikki davlat o‘rtasidagi tovar almashuv 2002-yili bir milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2003-yili bu ko‘rsatkich 25 foizga oshdi. 2004-yili Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yana ham mustahkamlandi. Shu yili ikki davlat Prezidentlari jami etti marta uchrashdi. O‘zbekistonda 32 marotaba Rossiya hukumati delegatsiyalari tashrif buyurdi, shu jumladan, Rossiya davlati xavfsizlik kengashining rayisi, Mudofaa, Tashqi ishlar, Transport vazirlari o‘zbekistonlik davlat rahbarlari bilan muhim masalalar bo‘yicha bitimlar tuzdi. 16 iyun kuni yurtimiz birinchi raxbari I.A.Karimov va V.Putin uchrashuvi natijasida strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzildi. Bunda siyosiy, harbiy, harbiy-texnika, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa masalalar bo‘yicha 179 alohida bitimlar imzolandi. Yoqilg‘i-energetika sohasida neft va gaz qidiruv ishlarini bir milliard dollarga, «Gazprom» va Uzneftgaz birlashmasi o‘rtasida mavjud yoqilg‘i korxonalarini texnik jihatdan qayta qurish uchun 1 milliard 200 million dollar hajmda bajarishga kelishildi. O‘zbekistonda 350 korxona Rossiya investitsiyasi asosida ishlab, shundan 300 tasi qo‘shma korxonalarda, Rossiyada esa 100 dan ortiq O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonalari ishlayapti. V.V.Putin: «...biz har xil sohalarda munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdormiz» degan edi. O‘zbekistonda bir milliarddan ortiq rus millatiga mansub fuqarolar yashaydi. O‘zbekistonda rus tilida 159 ta maktab, rus-o‘zbek tillarida ishlaydigan 603 ta maktab mavjud. O‘zbekiston aholisining 84,9 foizi rus tilida erkin gaplashadi. Rus tilida 85 gazeta va 52 jurnal nashr etiladi. 2002-2004- yillari 500 mingdan ortiq darsliklarni Rossiya hukumati yubordi. Har yili Rossiya oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek yoshlari uchun tekin, barcha sharoitlarga ega o‘quv o‘rinlari ajratildiDownload 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling