O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
Download 0.74 Mb.
|
Презентация1(O\'zb. Rossiya aloqa
2001-yil MDH tashkil topganligining 10 yilligi munosabati bilan Rossiya davlati poytaxtida MDH davlatlari rahbarlari ishtirokida sammit o‘z ishini boshladi. Sammitda o‘tgan vaqt mobaynida qilingan ishlar sarhisob qilindi va o‘zaro savdodagi cheklashlarni bartaraf etish, tovarlar va xizmatlar oqimini ko‘paytirish uchun axborot-marketing markazlarini tuzish, ta’lim, madaniyat, soliq, bojxona sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi muassasalar, xo‘jalik sudlari hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama etildi. Sammit ishtirokchilari MDH tuzilganligining o‘n yilligi munosabati bilan hamda Afg‘onistondagi vaziyatga doir bayonotga imzo chekdilar. O‘zaro hamkorlik doirasidagi bunday uchrashuvlar o‘z navbatida hamkorlik, davlat chegarasini himoya qilish, MDH doirasidagi davlatlarning fan-texnika taraqqiyotidagi yutuqlaridan o‘zaro keng foydalanish, iqtisodiy aloqalarni keng qamrovli olib borish, ekologik muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. MDH davlatlaridan Belarusiy bilan hamkorlik yahshi yolga qoyilgan.Belarus Prezedenti 2018-yil 12-14 sentybr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida 19 ta kejishuv va umumiy qiymati 263 million dollarlik 56 na savdo shartnomasi imzolandi.25 aprel kuni Islom Karimov va Vladimir Putinning norasmiy uchrashuvi bo'lib o'tdi. Prezidentlarning samimiy va sermazmun suhbati uzoq davom etdi. Tomonlar O'zbekiston – Rossiya munosabatlari, jahonning turli mintaqalarida sodir bo'layotgan voqealar xususida atroflicha fikr almashdilar. Tashrifning asosiy tadbirlari 26 aprel kuni Kremlda bo'lib o'tdi. Islom Karimov va Vladimir Putinning uchrashuvida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, harbiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Islom Karimov ushbu tashrif o'zaro aloqalar rivojiga yangi sur'at bag'ishlashini, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan har tomonlama fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanini alohida ta'kidladi. Vladimir Putin O'zbekiston Rossiyaning strategik hamkori va ishonchli ittifoqchisi ekanini, bu munosabatlar yanada mustahkamlanib borayotganini alohida qayd etdi. O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasidagi hamkorlik mustahkam shartnomaviy-huquqiy asosga ega. Mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlar 2004 yil 16 iyunda imzolangan Strategik sheriklik to'g'risidagi shartnoma, 2005 yil 14 noyabrda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi shartnoma doirasida izchil rivojlanib bormoqda. Hukumatlararo va idoralararo aloqalar sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish, oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda muhim omil bo'lmoqda. Mamlakatlarimiz BMT, ShHT, MDH kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan, Afg'oniston muammosi, terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Uchrashuvda O'zbekistonning ShHTga raisligi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e'tibor qaratildi. Mamlakatimizning tashkilot ishini yanada faollashtirish, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga yo'naltirilgan sa'y-harakatlari muhim ahamiyatga ega ekani ta'kidlandi. Vladimir Putin O'zbekiston tomonidan ShHTning iyun oyida Toshkentda bo'ladigan sammiti muhokamasiga kiritilishi mo'ljallanayotgan tashabbuslarni Rossiya tomoni qo'llab-quvvatlashini qayd etdi. O'zbekiston – Rossiya munosabatlarida savdo-iqtisodiy hamkorlik asosiy o'rin tutadi. 2013-2017 yillarga mo'ljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2015-2019 yillarda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yo'nalishlariga oid hukumatlararo bitimga muvofiq bu sohadagi aloqalar izchil taraqqiy etmoqda.Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling