O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
Download 0.74 Mb.
|
Презентация1(O\'zb. Rossiya aloqa
2018-yil 20-oktyabrda davlat tashrifi bilan Rossiya Prezidenti V.Putin O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Uchrashuvda hamkorlikning hozirgi holati va uni har tomonlama rivojlantirish, turli sohalarda yangi qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi, mamlakatimizning dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalarga doir yondashuvlari mos yoki yaqin ekani ta’kidlandi. Davlat rahbarlari tashrif doirasida umumiy qiymati 25 milliard dollar bo‘lgan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hujjatlar imzolanganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Bugungi kunda Rossiyaning mamlakatimiz iqtisodiyotiga yo‘naltirgan investitsiyalari hajmi 8,5 milliard dollardan oshadi. Tashrif doirasida Prezidentimiz tashabbusi bilan ilk bor o‘tkazilgan “O‘zbekiston-Rossiya hududlararo hamkorlik forumi bu borada katta ahamiyat kasb etdi. Uning yakunida qiymati 2 milliard dollarda ziyod loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishilgani qayd etildi. Mamlakatimiz o‘rtasida madaniy-gumanitar aloqalar kengayib bormoqda. Joriy yilda ilk bor O‘zbekiston – Rossiya media-forumi o‘tkazildi, Rossiyaning etakchi oliy ta’lim muassasalarining 80 nafar rahbari ishtirokida Ta’lim forumi 180 bo‘lib o‘tdi. «Yangi iqtisodiyot uchun yangi kadrlar» mavzuidagi mazkur forumda ta’lim va fan sohalaridagi hamkorlik, jumladan mamlakatimizda Rossiyaning etakchi oliy o‘quv yurtlari filiallarining ochish to‘g‘risida 100 dan ortiq kelishuv imzolandi. 2019 - yilidan Olmaliq shahrida Moskva po‘lat va qotishmalar instituti filiali ish boshladi. Mamlakatimizda Moskva davlat universiteti , Rossiya iqtisodiyot universiteti, Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiallari samarali faoliyat olib borayapti. Bunday uchrashuvlar nafaqat Rossiya Federasiyasi bilan, balki Ukraina bilan ham keng yo‘lga qo‘yildi. 1994-Ukraina prezidenti Leonid Kuchma davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. O‘zbekiston va Ukraina davlat rahbarlarining o‘rtasidagi o‘zaro muloqotda iqtisodiy hamkorlik, transport, sanoat, qishloq xo‘jaligi, mineral xom ashyo qazib olish, fan taxnika taraqqiyotidagi yutuqlarda o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan bitimlarni amalga oshirish bilan aloqador bo‘lgan masalalar asosiy o‘rin egalladi. Nafaqat iqtisodiy, balki madaniy aloqalar ham yo‘lga qo‘yildi. Leonid Kuchma o‘zining O‘zbekistonga tashrifi davomida O‘zbekiston baynalminal madaniy markazida ham bo‘ldi. O‘z navbatida davlatimiz raxbari I.A.Karimov ham Ukrainaga uch marotaba safar qildi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar hozirgi kunga qadar davom etib, tovar ayirboshlash hajmi 300 million AQSh dollaridan oshdi. O‘zbekiston Ukrainaga rangli Metall, gazlama va boshqa turdagi mahsulotlarni etkazib bergan bo‘lsa, Ukrainadan O‘zbekistonga texnika asbob-uskunalari keltirildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 20 dan ortiq o‘zbek-ukraina qo‘shma korxonalari ishlab turibdi.Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling