O’zbekiston va Rossiya munosabatlari


Anjuman: O`ZBEKISTON-ROSSIYA ISHBILARMONLARI BIZNES-FORUMI


Download 473 Kb.
bet4/8
Sana03.12.2023
Hajmi473 Kb.
#1800904
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
o\'zbekiston va rossiya munosabatlari

Anjuman: O`ZBEKISTON-ROSSIYA ISHBILARMONLARI BIZNES-FORUMI
K ECHA TOSHKENTDA O`ZBEKISTON, ROSSIYA, QOZOG`ISTON, GERMANIYA VA UKRAINA KABI KO`PLAB MAMLAKATLARNING 30 DAN ORTIQ KOMPANIYALARI ISHTIROKIDA «METALLURGIYA, KIMYO, ENERGETIKA» INDUSTRIAL EXPO UZBEKISTAN-2006 XALQARO KO`RGAZMASI O`Z ISHINI BOSHLADI.
Ana shu ko`rgazmada Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi katta vitse-prezidenti Boris Pastuxov boshchiligidagi Rossiya ishbilarmon doiralarining yirik delegatsiyasi ham qatnashmoqda. Kecha poytaxtning “Interkontinental” mehmonxonasida O`zbekiston-Rossiya biznes-forumi tashkil etildi. Unda 200 dan ziyod rossiyalik tadbirkorlaro`zbekistonlik hamkorlari bilan O`zbekiston-Rossiya munosabatlari ochib berayotgan imkoniyat va istiqbollar, hamkorlik borasidagi aloqalarni atroflicha muhokama qildilar.
Delegatsiya tarkibida Rossiyaning qator viloyat, o`lka va federatsiyasi sub'ektlari savdo-sanoat palatalari rahbarlari, yirik sanoat korxonalari vakillari bor. Rossiya O`zbekistonning asosiy iqtisodiy hamkorlaridan biri ekanligini alohida qayd etib o`tish zarur. Agar 2004 yilda ikki davlat o`rtasidagi o`zaro tovar ayirboshlash hajmi 1,6 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan bo`lsa, 2005 yilda bu ko`rsatkich 2,06 mlrd. dollarga yetdi. Ayniqsa, davlatlarimiz rahbarlari o`rtasida o`tgan yili imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to`g`risidagi bitim bundan ham keng qamrovda hamkorlik qilish imkoniyatlarini ochib berdi. Biznes-forumda O`zbekiston iqtisodiy va investitsion salohiyatining taqdimoti bo`lib o`tdi. Yurtimizda biznes qilish imkoniyatlari, buning uchun yaratilgan huquqiy asoslar haqida batafsil ma'lumot berildi. So`zga chiqqan rossiyalik hamkorlar o`zaro manfaatli biznesda tobora kengayib borayotgan hamkorlik hamda hali to`la ishga solinmagan imkoniyatlar haqida gapirdilar. Shuningdek, O`zbekistonning YevrAzESga qo`shilishi munosabati bilan ushbu tashkilot doirasida ko`ptomonlama hamkorlikning istiqbollari muhokama etildi.
Tadbir yakunida O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi savdo-sanoat palatalari o`rtasida Xalqaro tijorat arbitraji sohasida hamkorlik qilish bo`yicha bitim imzolandi. Ushbu hujjat ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik paytida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan nizolarni xalqaro instansiyalar ishtirokisiz, boshlanqich bosqichda hal qilish imkonini beradi. Shuningdek, biznes-forum yakunlari bo`yicha O`zbekiston Savdo-sanoat palatasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hamda Rossiyaning Moskva va Kostroma viloyatlari savdo-sanoat hududiy bo`linmalari o`rtasida o`zaro hamkorlik bitimlari imzolandi.
Rossiya va O`zbekiston ishbilarmon doiralari o`rtasidagi muzokaralar bugun ham davom etadi. Anjumanning asosiy mavzui ikki tomon uchun ham foydali bo`ladigan biznes ufqlarini kengaytirish masalasidir.

Valeriy SEROV, Rossiya Savdo-sanoat palatasining MDH davlatlari bilan iqtisodiy integratsiya qo`mitasi raisi:


— Biz qancha ko`p o`zaro muloqotda bo`lsak, bir-birimizning imkoniyatlarimiz haqida shuncha ko`p bilib boramiz. Ushbu forum ham o`zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun ana shunday muhim muloqotlardan biri bo`ldi. Bu yerda ishtirok etayotgan rossiyalik tadbirkorlarning ko`pligi ham O`zbekistonga, uning hududida biznes qilishga qiziqish nechoqliq kattaligini ko`rsatib turibdi.
Shu paytgacha iqtisodiy sohadagi imkoniyatlardan to`la foydalana olmagan bo`lishimiz mumkin. Endi esa bizga yashil chiroq yoqib qo`yildi. Rossiya Markaziy Osiyoda muhim ahamiyatga ega O`zbekiston salohiyatlaridan foydalanmasligi mumkin emas. O`z navbatida globallashuv va keskin raqobat sharoitlarida Rossiya O`zbekiston uchun juda qulay va ishonchli hamkordir.

Yakov ISHUTIN, Rossiya Federatsiyasi Oltoy o`lkasi gubernatori o`rinbosari:


— Oltoy o`lkasi iqtisodiyotida O`zbekiston alohida rol' o`ynaydi. Yurtingiz o`lkamiz tashqi savdo aylanmasida ikkinchi o`rinda turadi. Oltoyda ishlab chiqariladigan qishloq xo`jaligi texnikasiga sizda talab katta bo`lsa, Osiyoning serquyosh bu davlatida yetishtirilgan meva-sabzavotlar bizda sevib iste'mol qilinadi.
Lekin bu hali imkoniyatlarimizni to`liq ro`yobga chiqarayapmiz, degani emas. Biz yoqoch va yoqoch mahsulotlari eksportini ko`paytirmoqchimiz. O`z navbatida, paxta, to`qimachilik, kimyo mahsulotlariga bizda ehtiyoj katta. Bu sohada hamkorligimiz o`zaro samarali bo`lishiga ishonchim komil.



Download 473 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling