O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi
-rasm. AQSH G5 mamlakatlari bilan solishtirilganda
Download 0.63 Mb.
|
Toshpulatova Malika -kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-rasm. Yetakchi investor mamlakatlar. AQSH 1-o`rinda
- 3.2. AQSH – O`zbekiston munosabatlari
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Internet manbalari
5-rasm. AQSH G5 mamlakatlari bilan solishtirilganda32.
Avia-raketa-kosmik, energomashinasozlik, elektron, shuningdek neft kimyosi, atom va energetika sanoati gʻoyat tez suratlar bilan taraqqiy etmoqda. Elektr energiyaning 74 % issiqlik elektr stansiyalarida, 12,1 % GESlarda, 14,1 % AESlarda hosil qilinadi. Neft (Meksika qoʻltigʻi sohilidagi Galf, Kaliforniya, Alyaska), tabiiy gaz va oltingugurt (Galf), kumir (Appalachi va Markaziy havzalar), temir ruda (Yuqori koʻl atrofi), fosforit (Florida), uran, rangli metallar, kaliy tuzlari va sh.k. qazib olinadi33. Qora metallurgiyaning asosiy markazlari – Chikago, Pittsburg, Detroyt, Klivlend, Buffalo, Baltimor, Filadelfiya. Alyuminiy sanoati Galf atrofida hamda Kolumbiya va Tennessi daryolari havzalarida joylashgan. Sanoatning yetakchi tarmogʻi – mashinasozlik va metallsozlik. Sanoat va energetika asbob-uskunalari, qurilish va qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish asosan shimoli-sharqiy shtatlarda, elektrotexnika va aloqa vositalari ishlab chiqarish shimoli-sharq va Kaliforniyada Yoʻlga qoʻyilgan. Avtomobilsozlikning bosh markazi Detroyt shahri Samolyotlar, raketa va kosmik texnika ishlab chiqaruvchi zavodlar asosan Los-Anjeles, San-Diyego, Boston, Nyu-York, Filadelfiya, Baltimor, Buffalo, Dallas, Atlanta va boshqa shaharlarda joylashgan34. Kemasozlik (asosan harbiy kemasozlik) AQSh shimoli-sharqiy sohili portlarida rivojlangan. Atom sanoatining asosiy markazlari – Ok-Rij, Padyuka, Portsmut, Eyken, Xanford. Kimyo sanoati ximikatlar, plastmassalar, kimyoviy tola, sintetik kauchuk, loklar, kir yuvish vositalari, boʻyoqlar, maʼdanli oʻgʻitlar va sh.k.ni ishlab chiqaradi. Mazkur tarmoq korxonalari asosan shimoli-sharqiy shtatlarda, Meksika qoʻltigʻi sohilidagi shaharlarda joylashgan. Harbiy sanoat asosan Kaliforniya, Nyu-York, Texas, Konnektikut, Missuri, Massachusets, Virginiya shtatlarida. Yengil sanoat tarmoqlaridan eng salmoklisi toʻqimachilik (koʻproq Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina va Jorjiya shtatlarida) va tikuvchilik (Nyu-York va janubiy shtatlar). Charm-poyabzal sanoati yaxshi rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati oʻz xom ashyosi bilan yaxshi taʼminlangan. Uning yetakchi tarmoqlari – goʻsht, sut, un, yogʻ, qand-shakar, konserva, alkogolli, alkogolsiz ichimliklar, tamaki35. Dunyoning turli mamlakatlariga bevosita mablagʻ sarflash koʻpayib bormoqda. Eksportda ham, importda ham tayyor mahsulot ustun. AQShdan sanoat va energetika mashina-uskunalari, transport vositalari, kimyo tovarlari, toʻqimachilik va qogʻoz mahsulotlari, koʻmir, oziq-ovqat va yembop don, soya, paxta, tamaki va boshqa mahsulotlar chiqariladi; neft va neft mahsulotlari, ruda va metall, sanoat mashina-uskunalari, uzoq muddat foydalaniladigan roʻzgʻor anjomlari, kiyim-kechak, poyabzal, yogʻoch, qogʻoz, baliq, goʻsht, qand-shakar, kofe va boshqa keltiriladi. 6-rasm. Yetakchi investor mamlakatlar. AQSH 1-o`rinda36 Tashqi iqtisodiy aloqalari. AQSH xalqaro savdoda ko’zga ko’rinarli o’rin tutadi. AQSH tashqi savdo aylanmasi barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo aylanmasidan ko’pdir (1997 yil eksport 625,1 mlrd doll va import 822,6 mlrd doll.). Keng ko’lamli ichki bozorga ega. AQSH dunyo xo’jaligidagi aloqalari XX asr oxirgi 10 yilligida sifat jixatdan o’zgardi. Agar uzoq davr mamlakat iqtisodiyoti «yopiqligi» bilan ajralib turgan bo’lsa, endilikda tashqi savdoni rivojlanishi, kapital migratsiyasining kuchayishi, xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi va ilmiy-texnologik aloqalardagi ishtirokining kengayishi bilan ajralib turmoqda va bu iqtisodiy o’sishning muxim omillaridan biri bo’lmoqda. AQSH firmalari va kompaniyalari o’z vatani va xorijda birgalikda biznesni amalga oshirish, kooperatsion va boshqa ishlab chiqarish aloqalarini rivojlantirish uchun xorijlik sheriklar bilan faol xarakat qilmoqda. AQSH milliy ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini va raqobatchilardan ximoya qilishning oqilona yo’llarini qidirmoqda. Natijada, 1988 yilda «Raqobatbardoshlik va savdo to’g’risidagi qonun majmuasi» qabul qilindi. XX asr oxiri XXI asr boshlarida AQSH xo’jaligi bozorlarning globallashuvi sharoitida rivojlanmoqda. AQSH tovarlari, texnologiya, kapital, kompaniya va banklar faoliyati ko’proq jaxon xo’jaligiga yo’nalmoqda va ichki bozor - xalqaro aloqalar rivojlanishining muxim omiliga aylanmoqda. AQSH ichki bozorida G’arbiy Yevropa, Yaponiyaning va boshqa industrial mamlakatlarning o’zaro kurashi davom etmoqda. Eksportda zamonaviy va o’ta zamonaviy sanoat maxsulotlari -yarim o’tkazgichlar, elektronika maxsulotlarining ko’plab turlari, aviakosmik va lazer texnikasi, aloqa vositalari texnologiya, patentlar, litsenziya va maslaxat xizmatlari, xo’jalik maxsulotlari (bug’doy, oziq-ovqatlar va boshq) yetakchi o’rin tutadi. Mamlakatda ishlab chiqarilgan sanoat maxsulotlarining o’rtacha 15%, bo’g’doyning 50%, soya va tamakining 1G’3 qismi, makkajo’xorining 1G’5 qismi eksportga chiqadi. AQSH xalqaro bozorning 72% makkajo’xori, 2/3 qismi soya, 1/3 qism bug’doy va makkajo’xori bilan ta’minlaydi37. Importda neft, rangli va kamyob metallar, po’lat ishlab chiqarish va iste’mol maxsulotlari (ilm talab, axborotni qayta ishlash jixozlari, dastgohlar, sanoat robotlari, televizor, videotexnika, avtomobil, kino-foto apparatura, to’qimachilik va poyabzal maxsulotlari va boshq.) muxim o’rin tutadi. Asosiy savdo sheriklari Yaponiya, G’arbiy Yevropa mamlakatlari (GFR), yangi industrial mamlakatlar (bu mamlakatlarga 40% eksport va import to’g’ri keladi). Keyingi yillarda AQSH bozorida Xitoy tovarlari ko’paymoqda. AQSH tashqi iqtisodiy aloqalarida XX asr oxirigi o’n yilligida savdo-sotiqqa nisbatan chetga kapital chiqarish va chetdan kapital kirgizish muxim o’rin tutmoqda. AQSHga dunyodagi 1G’3 xorijiy investitsiyalar to’g’ri keladi va o’n yillikda o’rtacha 17% o’sdi. Xorijga chiqarilayotgan invistitsiyaning asosiy qismi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar va rivojlanayotgan mamlakatlarga (tog’-kon sanoati, tsitrus mevalar va boshq.) to’g’ri keladi va 88 mlrd doll. dan (1988 y) oshdi. Amalda ishlab chiqarish, savdo-moliyaviy soxalarni nazorat qiluvchi amerika kapitali ta’sirida AQSHning xorijda «ikkinchi iqtisodiyoti» shakllandi. AQSH «ikkinchi iqtisodiyoti» G’arbiy Yevropa mamlakatlari YaIM xajmidan 2-3 marta yuqoridir. Xalqaro iqtisodiy aloqalarda TMK roli katta. Jumladan, AQSH tashqi savdo aylanmasining 2/3 va 4/5 qism patent-litsenziya tovarlari, kapital eksportning katta qismi, TMKlar xissasiga to’g’ri keladi. AQSH import qilayotgan tovarlarning 1/3 qismi amerika korporatsiyalarining xorijdagi filiallari maxsulotlaridir. TMK yuqori texnologiyalarning o’zak soxalarini nazorat qilishi tufayli o’z raqobatbardoshligini saqlab qolmoqda. Ayni vaqtda, XX asr 90-yillardan xorij kapitalining AQSH ichki bozoriga kirib kelishi kuchaydi va amerikaning xorijdagi kapitalidan (aktivlaridan) 0,5 trln doll. ortdi. AQSH xo’jaligi xorij pul resurslarini akkumulyatsiya qiluvchi katta rezurvuarga aylandi. Mamlakatga xorij investitsiyasi Yaponiya (avtomobilь zavodlari, radiotexnika, elektronika, elektrotexnika va boshq.), Buyuk Britaniya va Nederlandiya (neftь), Kanada (ko’chmas mulk), Germaniya (kimyo sanoati) va boshqa mamlakatlar tomonidan kiritilmoqda. Natijada, AQSH monopoliyalari va korporatsiyalari o’rtasida nafaqat xalqaro bozor balki ichki bozorda xam raqobat kuchaymoqda38. AQSH bilan O’zbekiston o’rtasida ikki tomonlama siyosiy va iqtisodiy munosablarni tartibga soluvchi bir nechta xukumatlararo shartnomalar mavjud. 1992 yil diplomatik munosabatlar o’rnatilgan. 2000 yil boshlarida O’zbekiston va AQSH savdo aylanmasi 300 mln AQSH doll.dan oshdi. AQSH tomonidan O’zbekistonda qo’shma korxonalar («Zarafshon-Nyumont» boshq.) barpo etilgan, ruda konlarini o’rganish, lizing va boshqa manfatli masalalar yuzasidan xamkorlik rivojlanib bormoqda. 3.2. AQSH – O`zbekiston munosabatlari. Ikki tomonlama hamkorlikni muntazamlashtirish hamda qayd etilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida AQSh bilan o‘zaro manfaatli va barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli «Yo‘l xaritasi» amalga oshirilmoqda. 2017-yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev va AQSh Prezidenti D.Trump o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida o‘zaro hurmat, ishonch va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga sodiqligi ta’kidlandi39. Ikki tomonlama siyosiy muloqotlar o‘zaro tashriflarning yuqori muntazamligi bilan ham ajralib turadi. O‘zbekistonga AQSh ma’muriyatining asosiy idora vakillari va turli darajadagi delegatsiyalari muntazam ravishda tashrif buyuradi va O‘zbekiston - AQSh munosabatlarining dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashish mexanizmi - yillik siyosiy maslahatlashuvlar tashkil etiladi. 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasi AQShga va Vakillar palatasi a’zosi T. Kelli boshchiligidagi bir guruh kongress a’zolari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik faol rivojlanmoqda. Mamlakatlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishda AQSh-O‘zbekiston savdo palatasi muhim ahamiyat kasb etadi. AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida imzolangan TIFA savdo va investitsiyalar to‘g‘risidagi bitimning amalga oshirilishi Amerika bilan savdo aloqalarini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda. O‘zbekistonda AQShning dunyoda taniqli bir qator yirik kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Xususan, «General Motors» korporatsiyasi ishtirokida yengil avtomobillar uchun dvigatellar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan «General Motors Powertrain Uzbekistan» zavodi faoliyat ko‘rsatmoqda. «Boeing» kompaniyasi «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasini zamonaviy avialaynerlar, xususan «Boeing-787-8 Dreamliner» rusumidagi yangi avlod samolyotlari bilan ta’minlovchi asosiy va doimiy hamkor sanaladi. «General Electric» korporatsiyasi O‘zbekistonning neft-gaz va aviatsiya sektorlarida, shuningdek, salomatlik va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish sohasidagi muhim hamkori hisoblanadi. AQShning O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan boshqa kompaniyalari ichida «Exxon Mobil», «CNH Industrial», «Coca-Cola», «Hyatt», «Hilton», «John Deere», «Honeywell», «Caterpillar» va boshqalar ham mavjud40. XULOSA Maydoni — 9373000 kvadrat kilometr. Aholisi — 281421900 kishi. Amerika Qo'shma Shtatlari — g'arbiy yarim shardagi eng katta mamlakat. Hududining deyarli hammasi Shimoliy Amerikada joylashgan. AQSHning sharqiy qirg'og'ini Atlantika okeani, g'arbiy qirg'og'ini Tinch okean suvlari yuvib turadi. AQSHning iqlimi asosan mo'tadil va subtropik. Haqiqiy tropiklar ham bor — bular Tinch okeandagi Gavayi orollari bo'lib, ular AQSH shtatlaridan biri hisoblanadi. Shimoldagi Alyaska shtatida esa qishda Arktika sovuqlari bo'ladi. Mamlakat markaziy qismidagi tekisliklar g‘arbda tepalari qor bilan qoplangan ulug'vor Qoyali tog'larga, sharqda esa uncha baland bo'lmagan Appalachi tog'lariga borib tutashgan41. Amerikadagi tog'lar, ayniqsa Appalachi tog'lari bag'ri ko'mir, neft, tabiiy gaz, temir rudasi, rangli metall rudalari va boshqa foydali qazilmalarga boy. Amerikaning eng yirik daryolari — Missisipi ча uning irmog'i Missuri. Yevropaliklar Shimoliy Amerikaga 16-asrda Kolumb Amerikani kashf qilgandan keyin ko'chib bora boshladilar. Yevropaliklar Amerika qit'asining tub aholisi — indeyeslarni shafqatsiz qira boshlaganlar. Tirik qolgan indeyeslar unumsiz cho'l yerlarga — rezervatsiyalarga surib chiqarilgan. AQSHda Afrikadan bir vaqtlar zo'rlik bilan olib borilgan qullarning avlodlari bo'lgan qora tanli Amerikaliklar ham yashaydi. Demak, xulosa qilish mumkinki, AQSH iqtisodiyoti dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlardan biri sifatida bugunda jahon xo`jaligida o`zining katta ta’sir doirasiga ega. Uning milliy pul birligi – AQSH dollari butun dunyoda xalqaro valyuta sifatida foydalanilayotganini ham bunga misol sifatida keltirish mumkin. Shu bois AQSH iqtisodiyotidagi beqarorliklar bevosita ittifoqdosh rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga ayniqsa, salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu boisdan ham ushbu kurs ishida keltirilgandek tahlillar doimiy muhimdir.
1. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O`zbekiston Respublikasi Parlamentiga qilgan Murojaatnomasi, manba: http://www.kun.uz/ 2. Abdullaev.O. Iqtisodiy geografiya va ekologiya. Namangan 2002. 3. Атлас Мира странни мира в картах и фактах. М.: ЗАО “компания”, АСТ-ПРЕСС. 1999. 4. Ломакин В.К. Мировая экономика. Ростов-, изд-во Юнити. 2007 5. Soibnazarov A. O’rgimchak to’ri. //“XXI asr” gazetasi, 2009 yil 23 aprel’, № 17 (283)-son. 6. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1—14 jildlar. T., Davlat ilmiy nashriyoti. 2000-2006. 7. M. Bo`riyeva – Demografiya asoslari. 8. Mintaqalar va mamlakatlar iqtisodiyoti. Olimjon Abdullayev. Toshkent ―Yangi asr avlodi-2009 yil. 9. World investment report 2018 Internet manbalari: https://rosalienebacchus.blog https://kun.uz https://google.com https://bbc.com https://www.eia.gov https://newgeography.com https://uz.wikipedia.org https://mfa.uz 1 “Prezident Murojaatnomasi: to‘liq matn”, https://kun.uz/uz/news/2018/12/28/prezident-murojaatnomasi-toliq-matn 2 Mintaqalar va mamlakatlar iqtisodiyoti. Olimjon Abdullayev. Toshkent ―Yangi asr avlodi-2009 yil. 123-b 3 Ломакин В.К. Мировая экономика. Ростов-, изд-во Юнити. 2007, 27-b 4 Mintaqalar va mamlakatlar iqtisodiyoti. Olimjon Abdullayev. Toshkent ―Yangi asr avlodi-2009 yil. 45-b 5 Ломакин В.К. Мировая экономика. Ростов-, изд-во Юнити. 2007, 43-b 6https://www.google.com/url?sa=i&source=images&cd=&cad=rja&uact=8&ved=2ahUKEwju85H0h4fgAhVKiiwKHVBEB1cQjB16BAgBEAQ&url=http%3A%2F%2Fwww.msnbc.com%2Frachel-maddow-show%2Feconomic-growth-slows-the-first-quarter-2018&psig=AOvVaw1amdOdRVgeT0Zg7SqCkX3T&ust=1548441396646326 7 O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 1—14 jildlar. T., Davlat ilmiy nashriyoti. 8 Ломакин В.К. Мировая экономика. Ростов-, изд-во Юнити. 2007, 47-b 10 Ломакин В.К. Мировая экономика. Ростов-, изд-во Юнити. 2007, 45-b 11 https://rosalienebacchus.blog/tag/us-total-imports-exports-of-goods-services-2008-2017/ 12 Атлас Мира странни мира в картах и фактах. М.: ЗАО “компания”, АСТ-ПРЕСС, 34-b. 13 Ломакин В.К. Мировая экономика. Ростов-, изд-во Юнити. 2007, 50-b 14 Атлас Мира странни мира в картах и фактах. М.: ЗАО “компания”, АСТ-ПРЕСС, 36-b. 15 Ломакин В.К. Мировая экономика. Ростов-, изд-во Юнити. 2007, 50-b 16 https://www.bbc.com/news/business-42748243 17 Ломакин В.К. Мировая экономика. Ростов-, изд-во Юнити. 2007, 51-b 18 https://www.eia.gov/todayinenergy/detail.php?id=20812 19 Ломакин В.К. Мировая экономика. Ростов-, изд-во Юнити. 2007, 57-b 20 O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 1—14 jildlar. T., Davlat ilmiy nashriyoti. 21 Атлас Мира странни мира в картах и фактах. М.: ЗАО “компания”, АСТ-ПРЕСС, 38-b. 22 Ломакин В.К. Мировая экономика. Ростов-, изд-во Юнити. 2007, 59-b 23 Атлас Мира странни мира в картах и фактах. М.: ЗАО “компания”, АСТ-ПРЕСС, 28-b. 24 Атлас Мира странни мира в картах и фактах. М.: ЗАО “компания”, АСТ-ПРЕСС, 39-b. 25 O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 1—14 jildlar. T., Davlat ilmiy nashriyoti. 26 O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 1—14 jildlar. T., Davlat ilmiy nashriyoti. 27 Атлас Мира странни мира в картах и фактах. М.: ЗАО “компания”, АСТ-ПРЕСС, 40-b. 28 Атлас Мира странни мира в картах и фактах. М.: ЗАО “компания”, АСТ-ПРЕСС, 42-b. 29 Mintaqalar va mamlakatlar iqtisodiyoti. Olimjon Abdullayev. Toshkent ―Yangi asr avlodi, 63-b 30 Атлас Мира странни мира в картах и фактах. М.: ЗАО “компания”, АСТ-ПРЕСС, 43-b. 31 Атлас Мира странни мира в картах и фактах. М.: ЗАО “компания”, АСТ-ПРЕСС, 44-b. 32 http://www.newgeography.com/content/004035-playing-musical-chairs-with-world-economies 33 Атлас Мира странни мира в картах и фактах. М.: ЗАО “компания”, АСТ-ПРЕСС, 46-b. 34 Атлас Мира странни мира в картах и фактах. М.: ЗАО “компания”, АСТ-ПРЕСС, 49-b. 35 https://uz.wikipedia.org/wiki/Amerika_Qoʻshma_Shtatlari 36 World investment report 2018, 61-bet 37 Mintaqalar va mamlakatlar iqtisodiyoti. Olimjon Abdullayev. Toshkent ―Yangi asr avlodi, 64-b 38 Mintaqalar va mamlakatlar iqtisodiyoti. Olimjon Abdullayev. Toshkent ―Yangi asr avlodi, 65-b 39 O‘zbekiston Respublikasi va Amerika davlatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar Manba: https://mfa.uz/uz/cooperation/countries/198/40 O‘zbekiston Respublikasi va Amerika davlatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar Manba: https://mfa.uz/uz/cooperation/countries/198/41 Mintaqalar va mamlakatlar iqtisodiyoti. Olimjon Abdullayev. Toshkent ―Yangi asr avlodi-2009 yil. 123-b. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling