O’zbekiston-yagona vatan


Tumanimiz qishloqlaridan birida yashovchi bir yigit bilan gaplashib qoldim-u Ona bilan Vatanning yana bir umumiy jihatini kashf etdim o‘zimga. Bu – ularning har ikkisiga xos bo‘lgan kechirimlilik fazi


Download 1.06 Mb.
bet3/4
Sana24.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1115628
1   2   3   4
Bog'liq
O’zbekiston-yagona vatan

Tumanimiz qishloqlaridan birida yashovchi bir yigit bilan gaplashib qoldim-u Ona bilan Vatanning yana bir umumiy jihatini kashf etdim o‘zimga. Bu – ularning har ikkisiga xos bo‘lgan kechirimlilik fazilati edi.

Yigit yaqindagina jazoni ijro etish joyidan qaytgan ekan. Konstitutsion tuzumga qarshi chiqishdek og‘ir jinoyatni sodir etganiga qaramay, kechirilibdi.

– Mustaqillikning ilk yillari edi, – deb so‘z boshladi u. –Hali ongi to‘liq shakllanib ulgurmagan o‘spirin bolaman. Mahallamizdagi bir oilaning dindor, namozxonligiga juda havas qilardim. Keyin men ham shularga o‘xshashni istab qoldim. Ustoz ham tez orada topildi. Men diniy ta'lim olishni, xat-savod chiqarishni boshladim. Biroq, yillar o‘tib tushundimki, islomiy ta'lim, deb berilayotgan o‘sha bilimlar meni dindan uzoqlashtirish, ongimni zaharlab manqurtga aylantirish, mendan o‘z Vatanimga qarshi qurol yasashga qaratilgan ekan.

Ha, yigit haq edi. Mustaqillik tufayli yurtimizda dinga bo‘lgan munosabat o‘zgarib, pok Islomiy qadriyatlar tiklandi. Odamlarimiz emin-erkin namoz o‘qib, ro‘za tutadigan, istasa, Haj ziyoratiga bemalol boradigan bo‘lishdi.

O’zbekistonimizning jahon uzra e’zozu e’tibor, shonu shuhratga sazovor bo’lib, qanchalab xorijiy ellar, davlatlar bilan turli-tuman aloqalarda, hamkoru hamjihatliklarda bo’lib kelayotganligi, teran, baquvvat ildizlari asrlar qa’riga borib tutashuvchi asl milliy qadriyatlarimiz, sharqona urf-odatlarimiz, ajoyib-g’aroyib an’analarimiz, go’zal udumlarimiz, dinu iymonimiz, e’tiqodu e’timodimiz, qayta tiklanganligi, hayotda o’z o’rnini topayotganligi hamda xalqimizning bebaho ma’naviy mulkiga aylanib borayotganligi – bular bugun kechayotgan dorilamon davrimizning betakror, beqiyos xarakterli belgilaridandir.

  • O’zbekistonimizning jahon uzra e’zozu e’tibor, shonu shuhratga sazovor bo’lib, qanchalab xorijiy ellar, davlatlar bilan turli-tuman aloqalarda, hamkoru hamjihatliklarda bo’lib kelayotganligi, teran, baquvvat ildizlari asrlar qa’riga borib tutashuvchi asl milliy qadriyatlarimiz, sharqona urf-odatlarimiz, ajoyib-g’aroyib an’analarimiz, go’zal udumlarimiz, dinu iymonimiz, e’tiqodu e’timodimiz, qayta tiklanganligi, hayotda o’z o’rnini topayotganligi hamda xalqimizning bebaho ma’naviy mulkiga aylanib borayotganligi – bular bugun kechayotgan dorilamon davrimizning betakror, beqiyos xarakterli belgilaridandir.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling