O’zbekiston yoshlar ittifoqi O’zbekiston tumani boshlang’ich tashkiloti yoshlar yetakchilari uchun kengash raisi D. Mo’ydinov tomonidan tashkil etilgan 17-fevral kungi


Download 31.15 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi31.15 Kb.
#1485896
Bog'liq
kengash yeg\'ilishi topshiriqlari 17.02.2021


O’zbekiston yoshlar ittifoqi O’zbekiston tumani boshlang’ich tashkiloti yoshlar yetakchilari uchun kengash raisi D.Mo’ydinov tomonidan tashkil etilgan 17-fevral kungi yeg’ilishda ko’rilgan masalalar hamda topshiriqlar



Topshiriqlar va masalalar

Rahbar rezolyutsiyasi

Mas’ul

1

Maktablardagi boshlang’ich tashkilot yeg’ilishini o’tkazish to’g’risida

Har bir yoshlar yetakchisi joriy haftada zudlik bilan direktor, direktor o’rinbosarlari ishtirokida sardorlar kengashi yeg’ishini tashkil etsin.

Har bir yoshlar yetakchisi

2

Yetakchilar oyligi doirasida tumandagi 4 ta MFY hududida bahor tadbirlarini o’tkazish to’g’risida

Har bir yoshlar yetakchisi yetakchilar oyligi doirasida tumandagi 4 ta MFY hududida bahor tadbirlari-sumalak pishirish, hashar qilish kabi tadbirlarni o’tkazishda faol ishtirok etsin.

Sektor rahbarlari, hudud kuratorlari

3

“Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivaliga tayyorgarlik ko’rish to’g’risida

Har bir yoshlar yetakchisi ushbu festivalga kamalak sardorlarini yuqori saviyada tayyorlasin. Hudud hamda tuman bosqichlarini tashkil etish uchun taklif va loyihalar hudud kuratorlariga taqdim etilsin.

Har bir yoshlar yetakchisi

4

“Hokim va yoshlar uchrashuvi”ga tayyorgarlik ko’rish to’g’risida

Har bir yoshlar yetakchisi tuman hokimi va yoshlar bilan o’tkaziladigan yeg’ilishda maktab ittifoq sardori ishtirokini namunali imidj, yuqori saviya hamda belgilangan talablarga mos holda ta’minlab, ittifoq sardori hokimga loyiha va takliflar tayyorlab kelishini nazoratga olsin.

Har bir yoshlar yetakchisi

5

“Yoshlar+” jurnaliga obuna bo’lish to’g’risida

Har bir yoshlar yetakchisi faoliyati davomida zarur va foydali, o’z yo’nalishiga mos bo’lgan “Yoshlar+” jurnaliga obuna bo’lishni ta’minlasin.

Har bir yoshlar yetakchisi

6

Sport musobaqalari, Zakovat o’yiniga tayyorgarlik ko’rish to’g’risida

Har bir yoshlar yetakchisi yetakchilar oyligi doirasida tashkil etiladigan sport musobaqalari-voleybol, stol tennisga tayyorgarlik ko’rsin, hududlar kesimida yuqori saviyada Zakovat o’yini tashkil etilsin hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilsin.

Hudud kuratorlari Har bir yoshlar yetakchisi

7

Hudud kuratorlari berilgan topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondashishi to’g’risida

Har bir hudud kuratorlari kun davomida “Devonxona”ga tushayotgan topshiriqlardan xabardor bo’lib borsin, beriladigan topshiriqlardan har bir yoshlar yetakchisi xabardor etilishini nazoratga olsin.

Sektor rahbarlari, hudud kuratorlari

8

Tashkilot faoliyatini keng targ’ib etish to’g’risida

Har bir yoshlar yetakchisi tashkilot faoliyatiga mas’uliyat bilan qarasin. O’z ishiga sidqi dildan yondashib, o’tkazilinayotgan har bir loyiha va tadbirlarni keng omma e’tiboriga havola etishda faollik ko’rsatsin.

Har bir yoshlar yetakchisi

9

Nomenklatura bo’yicha hujjatlar yuritilishi to’g’risida

Har bir yoshlar yetakchisi nomenklatura bo’yicha hujjatlarni kamchiliksiz tayyorlasin. Yettita resterlar o’z vaqtida yuritilishini ta’minlasin.

Har bir yoshlar yetakchisi

10

“Ustoz-shogird” an’anasini tadbiq etish to’g’risida

Tashkilotda ikki yil va undan ortiq ish tajribasiga ega yoshlar yetakchilari faoliyatini yaqin olti oy ichida boshlagan hamkasblari bilan tajriba almashishni va bu orqali “Ustoz-shogird” an’anasini yo’lga qo’yishni tashkil etsin.

Sektor rahbarlari, hudud kuratorlari.

11

Yoshlar yetakchilari madaniyati va imidji to’g’risida

Har bir yoshlar yetakchisi faoliyati doirasida har jabhada yuqori saviyali, madaniyatli, tajribali va bilimli mutahassis sifatida o’rnak bo’lsin.

Har bir yoshlar yetakchisi

12

Tashkilot rasmiy formasi to’g’risida

Yoshlar yetakchilarining rasmiy forma masalasi viloyat miqyosida hal etilgan bo’lib, yoshlar yetakchilari asosiy e’tibori tashkiliy masalalarga qaratilsin.

Har bir yoshlar yetakchisi

13

Yoshlar yetakchilarining tuman kengashida ish amaliyoti (стажировка) o’tashi to’g’risida

Har bir yoshlar yetakchisi tuman kengashiga ish tajribasini oshirish maqsadida kunlik navbatchilik faoliyatini amalga oshirsin. Ishga yaqin 6 oy ichida qabul qilingan yoshlar yetakchilari 1 haftalik amaliyotga jalb qilinsin.

Hudud kuratorlari Har bir yoshlar yetakchisi

14

Tuman hokimiga taklif va loyihalar bazasini tashkil etish to’g’risida

Har bir yoshlar yetakchisi har vaqtda tuman hokimiga taqdim etiladigan saviyada sifatli, yoshlar masalasiga doir 3 tadan shaxsiy taklif va loyihalarni tayyorlab qo’ysin.

Har bir yoshlar yetakchisi

15

Yoshlar yetakchilarining norasmiy hamda bayramona tadbirlari uchun formasi to’g’risida

Har bir yoshlar yetakchisi faoliyati davomida kerak bo’ladigan bayramona hamda norasmiy tadbirlar uchun maxsus, tashkilot belgisi tushirilgan, bir xil rang va usuldagi forma masalasini hal etish choralari ko’rilsin.

Hudud kuratorlari Har bir yoshlar yetakchisi


Qo’shimcha izohlar: topshiriq va masalar yuzasidan

  • Taklif va muommolar” guruhida muhokam qilish;

  • Sektor rahbarlari, hudud kuratorlariga;

  • Jamoatchi asosida biriktirilgan mas’ullar 3-maktab(+998 97 214 93 31) hamda,

65-IDUMI (+998 99 0009627) yoshlar yetakchilariga murojaat etish mumkin.
Download 31.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling