O‘zbekiston yozuvchilar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Omon Matjon. Maqsudam (2021)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XORIJDAGI O‘ZBEKLARIM
BOZOR HAZILI
Yurtimdagi bir holatni ko‘rib ko‘z hayron, Ne bozor bu, yo ne savdo karvoni kelmish?! O‘z joyida muqim narsa qolgani gumon, Alish-almash, ayirboshlash zamoni kelmish. Balki ipak yo‘li qayta jonlangan dersiz, Bunaqasi lekin sira sig‘mas aqlga: Nahot, foyda, ta’ma yashar millatsiz, yersiz, Katta-kichik alishmovda ne tushsa qo‘lga! Paxtang bormi – mana temir! Pillaga – shakar! Ana o‘rmon, kesib obket qovun qoqiga! Agar jindek xavfing bo‘lsa, unga ol xatar! Yulduzingni alish anu falak toqiga... Ammo qarang, bolarilar gulzorlarda jam, Yo‘lboshchisi qarovida o‘z ishi-la band! Yo guldami bu qavmni jips etgan malham, Sal xavf sezsa, bir-biriga qalqonu voband. Xalqim! Agar istiqboling tag‘in bulutli, O‘tolmasang oldi-sotdi, nafdan nariga – Alishaman, sotvoraman seni bir quti, Bir jamoa, bir ahl uy asalariga! 11.03.92 www.ziyouz.com kutubxonasi MAQSUDAM 101 XORIJDAGI O‘ZBEKLARIM Xorijdagi o‘zbeklarim, O‘lmay qolgan o‘zliklarim. Qani endi yurtga keling, O‘z xonlarim, o‘z beklarim. Yurtga keling, yurtga keling, Ichga keling, sirtga keling. Mayli, chilvir sochga keling, Yo burama murtga keling. Xorijdagi o‘zbeklarim, Sizga yo‘qdir hech keklarim. Kelib uyimni to‘ldiring, Quvg‘inda yurgan erklarim! Ko‘chalarni guv to‘ldiring, Gullarni hidlab so‘ldiring. Xorijdagi o‘zbeklarim, Xuddi o‘zimizdeklarim. Gʻamlarimni bayoz tortdi, Demang kim ko‘p, kim oz tortdi?! Dengizlarning og‘ir yukin, Dur izlagan g‘avvos tortdi. www.ziyouz.com kutubxonasi Omon MATJON 102 Oy chiqqani rostdir bu kun, Kun tuqqani rostdir bu kun. Qora ko‘zlar yoshi tinib, Gʻanimlar yer osti bu kun. Keling, tanda bu jon birdir, Umid birdir, imon birdir. O‘zbekiston bo‘linmaydir, Ona O‘zbekiston birdir! Xorijdagi o‘zbeklarim, Xuddi o‘zimizdeklarim. Qani endi yurtga keling, O‘z xonlarim, o‘z beklarim. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling