O‘zbekiston yozuvchilar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Omon Matjon. Maqsudam (2021)
BU – MASHRAB, MASHRAB
Falak daraxtidan ayni tong chog‘i, Oq-qora qushlarni hurkitgan kim u?! Yoz bazmi oldidan o‘n sakkiz oqshom, Bulbulga sho‘x kuylar o‘rgatgan kim u?! Kim u, so‘zlariga sira yo‘q taraf, Bu – Mashrab, Mashrab! Bu nechuk manzildir, tog‘lar soqchidir, Na beshik – ko‘k-yashil bayroq yopinchi?! Bu qandoq go‘dakdir, allasi – bo‘ron, Yulduzlar – o‘yinchoq, yashin – ovunchi?! Kim u, bulutlarni yirtgan bir qarab, Bu – Mashrab, Mashrab! Kim u, temuriylar xonadonining, O‘choqlarin quchib, qo‘r titayotgan?! Yo‘llar tiklanishin, toj yarqirashin, Millat uyg‘onishin zor kutayotgan?! Va zulmatni buzgan na’ralar boshlab, Bu – Mashrab, Mashrab! Kim u, yupun millat dardi qayon-u Biri biriga yov beklardan bezgan?! Mansab, hoy-u havas erkidan kechib, Hokimlar, taqiqlar, cheklardan bezgan?! Bu qanday maktabdir, bu nechuk matlab, Bu – Mashrab, Mashrab! www.ziyouz.com kutubxonasi Omon MATJON 104 O‘g‘ri-qaroqchini arzanda tutgan, Qo‘rqoq qozilardan hazar etgan kim?! Kunimiz shu-da, deb, har ko‘yda qolgan, Ko‘ngan, rozilardan hazar etgan kim?! Kim u, haqsizlikka otilgan g‘azab, Bu – Mashrab, Mashrab! Ho‘-ho‘, kim yiqildi fitnadan nogoh, Lekin qo‘lidagi haq jomi butun?! Imoni butundir, sevgisi butun, Ko‘ngli butunlarga salomi butun, O‘lsa ham ketmagan bizlarni tashlab, Bu – Mashrab, Mashrab! Ko‘zlar mo‘miyoviy, kim u, mehribon, Mingbuloq olovi ustida paydo?! Kim u, Haj yo‘lida yurtdoshlar bilan Umidlari kabi kiygan oq rido?! Kim u, ishq ahlini kuylar ko‘z yoshlab, Bu – Mashrab, Mashrab! Necha bor elangay yerda jismlar, Necha bir evrilgay zamin-u zamon. Necha o‘zgargaydir rubobda simlar, Ammo abadiy nur, abadiy isyon – Tangriga ham suyuk tashlayolgan gap, Bu – Mashrab, Mashrab! www.ziyouz.com kutubxonasi MAQSUDAM 105 Hali ko‘p uxlarsan, ogoh bo‘l, yurak, Axiran uyqudir olamning kori. To ko‘mib ketmasin yana ming-ming yil Maydalab yog‘uvchi g‘aflat g‘ubori. Yur, yur, shamolingdan tumanlar tarqab, Ey, Mashrab, Mashrab! Kel, bugun, ey, shoir, gumroh to‘polon, Turli guruhlardan nifoqni ko‘tar! Umgani ohista tiklanayotgan Xalqing-la bu ozod bayroqni ko‘tar! Suvrating bir sharaf, ruhing bir sharaf, Ey, Mashrab, Mashrab! Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling