Psixodiagnostikadan savollar va javoblar


Download 1.03 Mb.
bet1/27
Sana22.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1041412
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Psixodiagnostikadan savollar va javoblar




1-Республика психологлар конференцияси учун тақдим этилган
ИШЛАНМА
МАВЗУ: PSIXODIAGNOSTIKA
МУАЛЛИФ: Қодирова М, Жиззах вилояти

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


M. Qodirova, G. Qarshiboyeva, D. Abduvahobova


PSIXODIAGNOSTIKA
(USLUBIY QO‘LLANMA)

BAYOZ” nashriyoti


Toshkent – 2015

Qodirova M.Q.
Psixodiagnostika: uslubiy qo’llanma/ M. Qodirova, G. Qarshiboyeva, D. Abduvahobova- Toshkent: ”BAYOZ” nashriyoti, 2015 – 96 b.

Ushbu qo’llanma A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika institutining 2014 yil 25-maydagi yig’ilishida (qaror № 9) ko’rib chiqilib, nashrga tavsiya qilingan


Ushbu uslubiy qo’llanma DTS talablari asosida Pedagogika-psixologiya yo’nalishi talabalari uchun, shuningdek amaliyotchi psixologlar, mutaxassis o’qituvchilar, ota-onalar uchun mo’ljallangan. Unda berilgan psoxodiagnostik metodikalar turli yoshdagi insonlarning psixologik jarayonlarini tashxislashda, psixokorreksion metodikalar tusatish va rivojlantirishda yordam beradi. Shu bilan birga o‘qituvchilar uchun psixodiagnostika fanidan amaliy mashg‘ulot ishlanmasi namunasi berilgan. Kiritilgan so‘rovnomalar psixodiagnostik bilimlarni yanada oshirishda yordam beradi.
Mualliflar: Qodirova M.Q.
Qarshiboyeva G.A.
Abduvahobova D.E.
Taqrizchilar:
R. A. Abdurasulov – psixologiya fanlari nomzodi, dotsent,
Yo. Alimqulovpsixologiya fanlari doktori, professor.


KIRISH

Mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlatimiz rahbarining tashabbusi va bevosita rahnamoligida yoshlar tarbiyasi, ularning ma’naviyatini yuksaltirish borasidagi islohotlarni tizimli, bosqichma-bosqich amalga oshirish strategiyasi belgilab olindi. Mazkur islohotlarning asosiy maqsadi barkamol avlodni voyaga yetkazish, iqtidorini to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqarish uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratishdir.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g‘oyalari amaliyotga keng ko‘lamda muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash jarayonining mohiyati to‘laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o‘zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko‘tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga etkazish borasida, muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim.
Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir omilning mavjudligi, ya’ni uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalarining mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llay olishlari, shuningdek ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘qituvchilarning fanlarni o‘qitishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar jarayonini noan’anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishishi, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarning puxta, chuqur o‘zlashtirilishi, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarning hosil bo‘lishining kafolati bo‘la oladi.
Qo‘llanmada keltirilayotgan psixodiagnostika faniga oid ma’lumotlar o‘qituvchilarning mahoratlarining oshishiga va talabalarning psixodiagnostika fanini to‘liq egallashlariga yordam beradi. Psixodiagnostika fanidan berilgan savol-javoblar, testlar, turli diagnostik va korreksion metodikalar har qanday talabaning bilimini yanada oshishini ta’minlaydi.
Uslubiy qo‘llanma Z.Nishonovaning Psixodiagnostika nomli materiallar asosida tayyorlandi. Taqdim etilayotgan psoxodiagnostik metodikalar turli yoshdagi insonlarning psixologik jarayonlarini tashxislashda, psixokorreksion metodikalar tusatish va rivojlantirishda yordam beradi. Shu bilan birga o‘qituvchilar uchun psixodiagnostika fanidan amaliy mashg‘ulot ishlanmasi namunasi berilgan. Kiritilgan so‘rovnomalar psixodiagnostik bilimlarni yanada oshirishda yordam beradi.
Uslubiy qo‘llanma yuzasidan taklif va fikrlaringiz bo‘lsa yozma holda bayon qilsangiz mualliflar minnatdor bo‘ladilar.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling