O’zbekistonda badiiy loyihalash va dizayning rivojlanishi Reja: O‘zbek xalqining amaliy me’morchilik san’ati. Amaliy san’atning bu qayd etilgan turlari


Download 1.05 Mb.
bet29/36
Sana04.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1424106
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
O’zbekistonda badiiy loyihalash va dizayning rivojlanishi

KASHTACHILIK SAN’ATINING TURLARI
Kashtachilikning bir necha turlari bo’lib, u tikilish uslubi bilan farq-lanadi. Jumladan, zardo’zlik, biror xil matoga boshqa rangli mato yopishtirib atrofi va ustini kashta bilan bezash, gul tikish kabilar bugungi kungacha etib kelgan. Zardo’zlik kashtachilikning eng ko’p tarqalgan turlaridan bo’lib, bu zar ip bilan kashta tikish sanaladi. Zardo’zlik san’ati Xujand va Buxoroda keng tarqalgan.
Zardo’zi usulida tayyorlangan kashtalarda oltin, kumush rangdagi tabiiy ipak sun’iy ipak va tolalardan foydalaniladi. Bu kashtachilik namunalari asosan, kelinchak liboslari, sunnat qilinadigan to’y bola ust-boshlari, to’y bolaga atalgan toychoqning ustiga yopiladigan matolarga zar ip bilan bezak berilib tayyorlanadi. Biror xil matoga boshqa rangli mato yopishtirib, uning atrofini chiroyli rangli iplar bilan tikib bezash ham kashtachilikning bir turiga kiradi. Bu kashtachilikning maxsus turi bo’lib, u o’ziga xos uslubga ega. Asosiy matoga rangdor mato parchasini, charm va boshqalarni qadab, atrofi tikiladi, bunda ko’pincha bir yo’lli choklardan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda ko’pincha bolalar paltolari, ko’ylaklari, bosh kiyimlariga har xil qush, meva, gul va hayvonlar tasviri shu usulda tikiladi. Gul tikishda esa, zardo’zlikdan farqli o’laroq, yaltiroq bo’lmagan iplardan ham foydalaniladi.
Kashta tikish asboblari va moslamalari
Qo’lda kashta tikish uchun o’ziga xos asboblar bo’ladi. Kashtachilikda ignalar, angishvona, qaychi, santimetr lenta, ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar hamda chambarak ishlatiladi. Kashtachilikda oq, kul rang, och sariq, och malla rangli surp, bo’z, karbos, shoyi, baxmal, chit yoki satin kabi matolar ishlatiladi. Bunday matolarda naqshlar chizilganda yaxshi ko’rinadi, rangli iplarning aksariyati unga mos tushadi.
Gul, rasm, naqshlar chizish uchun chizg’ichlar, yumshoq va qattiq qalamlar, daftar, albom, o’chirg’ich, millimetrlangan qog’oz, nusxa ko’chiradigan qog’oz va shaffof qog’ozlar kerak bo’ladi. Chambarak gazlamani tarang tortib turish uchun ishlatiladi. 20-40 smli ikkita gardishdan iborat bo’lib, bir- birini ichiga tushib turadi. Agar kichik gardish katta gardish ichiga qiyin tushadigan bo’lsa, katta gardishning ichki tomonini jilvir bilan tozalash kerak. U juda kichik bo’lib, katta gardishdan tushib ketadigan bo’lsa atrofiga yupqa gazlama o’rab qo’yish mumkin.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling