O’zbekistonda badiiy loyihalash va dizayning rivojlanishi Reja: O‘zbek xalqining amaliy me’morchilik san’ati. Amaliy san’atning bu qayd etilgan turlari


Samarqand yog`och o`ymakorligi maktabi


Download 1.05 Mb.
bet25/36
Sana04.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1424106
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
Bog'liq
O’zbekistonda badiiy loyihalash va dizayning rivojlanishi

Samarqand yog`och o`ymakorligi maktabi

Samarqand yog`och o`ymakorligi maktabi boshqa maktablarga qaraganda o`ymalarining juda mayda o`yilishi, kompozitsiyasining murakkabligi, ya`ni geometrik, o`simliksimon va gulli girih kompozitsiyalari hamma zamin va releflarni loklashdan boshlanadi. Asosan chinor, dub, buk va terak yog`ochlari ishlatiladi. Samarqand yog`och o`ymakorligi maktabi namoyandalaridan Asatilla, M. Jumaboy, Abduhofiz Jalilov, Usta Nasrulla, Nurali Nazrullayev va boshqalardir.
Qo`qon va farg`ona yog`och o`ymakorligi maktabi

Qo`qon ustalari quticha, kursi, rom va boshqalarda kalta bo`rtmali yassi o`ymani, ya`ni pargori uslubda ishlatib kelib, arxitekturada eshik, ustunlarga yirik chuqur naqshlar o`yib o`zgacha maktab yaratdilar. Bu maktablar o`ymalarining monumentalligi, yirikligi, chuqurligi, ko`pqavatliligi bilan farq qiladi. Qo`qon yog`och o`ymakorligi maktabini rivojlantirishda Qodirjon Haydarov va uning shogirdlari katta hissa qo`shdilar. Ular terak, yong`oq va buk yog`och materiallaridan ko`pincha foydalanadilar. Ustalar o`yilgan relefning faqat yuziga to`qroq rang berib keyin loklaydilar
Marg`ilon yog`och o`ymakorlik maktabi
Marg`ilon yog`och o`ymakorlik maktabi o`ziga xos milliy ko`rinishga ega bo`lib, o`ymani chuqur zaminli yassi qo`llaydilar. Keyingi vaqtda marg`ilonlik ustalar binolarni yog`och o`ymakorligi bilan bezashga katta ishlar qildilar.


1-rasm
Ustun 1937 yilda Davlat mukofoti laureati naqqosh Abdulla Boltayev, o`ymakorlar Ota Polvonov va Sapo Bog`bekovlar tomonidan bajarilgan.
Yog`och turlari va ularning o`ziga xos xususiyatlari
Yog`och o`ymakorligida ota-bobolarimiz qadimdan har xil yog`ochlardan turli maqsadda foydalanib kelganlar. Ustalar yog`ochni o`yishdan oldin uning o`ziga xos xususiyatlarini sinchiklab o`rganganlar. Keyingina yog`ochga o`yib naqsh ishlangan. Hamma yog`ochlar ular olinadigan daraxt turiga qarab ikki gruppaga: bargli va nina barglilarga bo`linadi. Nina bargli daraxtlardan olingan yog`ochlar qurilishda, duradgorlikda va yog`och o`ymakorligida asosiy material hisoblanadi, chunki uning o`ziga xos afzalliklari bor. Chunonchi tarkibida smolali moddalari bo`lganligi uchun u tez chirib ketmaydi, bargli daraxtlarga qaraganda ko`pligi va yengilligi, unga ishlov berish osonligi, tanasi to`g`ri, silliq bo`lgani uchun undan silliq xoda tayyorlash mumkin. Lekin o`ymakorlikda shumtol, eman, arg`uvon, terak, chinor, zirk va boshqa daraxt yog`ochlari ham ishlatiladi. Yog`och materiallari tabiiy guliga, rangiga, tovlanishiga, hidiga qarab aniqlanadi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling