O’zbekistonda boshqaruvning rivojlanishi
Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi
Download 32.01 Kb.
|
O
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Motivatsiya
Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi. O‘zbekistonda iqtisodiy jarayonlarni boshqarish chuqur tarixiy tomirlarga ega. Yuqorida aytilgandek, boshqaruv fan sifatida shakllangunga qadar davrlarda ham ushbu jarayonning tub mohiyati va mazmunini tushungan va amaliyotda qo‘llagan turli xildagi murakkab odamlar guruhiga muvaffaqiyatli ravishda rahbarlik qilgan, o‘z tajriba va nuqtai nazarlarini kelajak avlodga meros sifatida qoldirgan buyuk shaxslar bo‘lganki, ularni o‘rganish hozirgi zamon boshqaruv fanini rivojlanishiga samarali ta‘sir ko‘rsatadi. Ana shunday shaxslardan Al- Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino (IX-Xasrlar), Yusuf Xos Xojib (XI-XIIasrlar), Amir Temur, Nizomulmulk (XIII-XIYasrlar), Zahriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy (XYasrlar)ning boshqaruvga oid asarlari bugungi kunda ham qo‘llanma bo‘ladigan ko‘rsatmalar hisoblanadilar. Masalan, ‖Qutadg‘i bilik‖, ―Temur tuziklari‖ va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi tashkil topgandan buyon o‘tgan 20 yil ichida bozor islohatlariga oid qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari , Vazirlar Mahkamasiningqarorlari mamlakatimizda bozor mexanizmlarini iqtisodiyotiga joriy etishga karatilgan. O‘zbekiston iqtisodiyotini Prezident Islom Karimov asoslab bergan tamoyillar asosida bozor munosabatlariga o‘tkazish bozor mexanizmlarini shakllantirish dasturi bir qator mamlakatlarda ―O‘zbek modeli‖ deb e‘tirof etildi. Ushbu modelь jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga dosh berib, mamlakatimizni barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratdi. 2.Motivatsiya-o‘zini va boshqalarni maqsadlarga erishish uchun faoliyatga undash jarayonidir. Boshqaruvning motivatsiya usullarini quyidagilarga ajratish mumkin:
iqtisodiy motivatsiya usullari - ish haqi, mukofot, imtiyozli foizlar,foydalarda ishtirok etish, aktsiyalar paketi , qo‘shimcha ish haqi va boshqalar; ijtimoiy motivatsiya usullari- ijtimoiy tan olinish, tashakkurnoma, qoyil qolish, ilohiylashtirish, nafratlanish va h.k; psixologik motivatsiya usullari- shaxs ahamiyatini his qilish, befarqlik,zararlilik, keraksizlik va boshqalar; hukmronlik motivatsiya usullari- lavozimini oshirish, qo‘shimcha vakolatlar berish va boshqalar; ijtimoiy psixologik motivatsiya usullari- ijtimoiy faollikni oshirish, tajriba almashtirish, tanqid, ishga doir boshqaruv va kasbiy etika va h.k; ma‘naviy motivatsiya usullari- shaxsiy yoki ommaviy tan olish, maqtov va tanqid; maqsadli usul; ishlarni loyihalashtirish va qayta loyihalashtirish (boyitish) usuli; xodimni jalb qilish usuli (partisipativ usul); motivatsiya va undovlarni o‘rganish sabablari- eksperimental usullar, hulqni va uning sabablarini boshqa tomonidan baholash usullari, o‘rganish usullari (suhbat, so‘rov, anketa to‘ldirish) va boshqalar. Motivatsiyaga jarayon sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun uni quyidagi shartlikning ma‘lum darajasidagi oltita birini orqasidan biri keluvchi bosqichlar ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin: ehtiyojni vujudga kelishi; ehtiyojni qanoatlantiruvchi, bartaraf qiluvchi yo‘llarni qidirib topish; harakatlarning maqsadlari (yo‘nalishlari)ni belgilash; kerakli harakatlarni amalga oshirish; amalga oshirilgan harakatlar uchun mukofotlar olish; ehtiyojlarni qanoatlantirish, bartaraf qilish. Download 32.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling