O’zbekistonda boshqaruvning rivojlanishi


Download 32.01 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi32.01 Kb.
#1627933
  1   2   3
Bog'liq
O


O’zbekistonda boshqaruvning rivojlanishi.
O’zbekistonda boshqaruvning rivojlanishi.“O’zbek milliy davlatchiligi o’tgan 3000 yillarga borib taqaladi. Ammo uning 200 yili Eron ahamoniylari, 180 yili grek-makedonlar, 200 yili arablar, 150 yili chor Rossiyasi va sovetlar davriga to’g’ri keladi. Bunday mustabid kunlarni unutib bo’lmaydi. Shuning uchun ham biz mustaqillikni qadrlashimiz, uni avaylab asrashimiz uchun kuch va qudratimizni ayamasligimiz kerak”. O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov Menejmentning shakllanishidagi qadimiy davrning o’rnini belgilashda Markaziy Osiy davlatlarining insoniyat sivilizatsiyasidagi hissalarini ham qo’shish lozim. Bu davlatlar ichida O’zbekiston hududlarining tarixi boy merosga ega. O’zbekistonda ibtidoiy jamoalarning kelib chiqishi va shakllanishi bo’yicha quyida keltirilgan ma’lumotlar jahon miqyosida tan olingan va insoniyatning madaniy hayoti beshiklaridan biri O’zbekiston hududlari deb hisoblanmoqda. O’zbekiston qadimgi taraqqiyot mamlakati. Uning hududida arxeologik va me’morchilikga oid minglab yodgorliklar saqlanib qolgan, ilmiy markazlar va muzeylarda o’lkaning ko’p asrlik tarixidan guvohlik beruvchi ko’p miqdordagi qo’lyozma va ashyolar saqlanmoqda.
O’zbek xalqining tarixi “o’zbeklar” atamasi paydo bo’lgan vaqtdan emas, balki ushbu xududda yashagan insoniyat jamiyati tarixining eng qadimgi davrlaridan boshlanishi tarixda isbotlangan tabiiy holdir. O’zbekistonning hozirgi xududi ibtidoiy odamlar tomonidan faol o’zlashtirilgan yerlardan hisoblanadi. Ibtidoiy odam yashaganligining sodda mehnat qurollari, turar joylar va vaqtinchalik manzilgohlar ko’rinishidagi izlari tog’liq joylardan tortib, Qizilqum cho’llarigacha qadar cho’zilgan turli mintaqalarda topilgan. Shuning uchun ham qadimgi odam yashaganligini isbotlovchi ashyoviy dalillar butun O’rta Osiyo hududidan topilgan bo’lib ular quyi (ilk) paleolit deb atalmish davrga oiddir (taxminan miloddan avvalgi 700-600 minginchi yillardan 100 minginchi yillargacha) – So’x daryosi vodiysi, Ohangaron vodiysi, Boysuntog’, Zarafshon vodiysi (Omonqo’ton, Zirabuloq). O’rta paleolit (mil.avvalgi 100-40 ming yilliklar) “Must’e davri”ga mansub yodgorliklar vatanimizning 10 manzilidan topilgan. So’nggi paleolit davrida (miloddan avvalgi 40-35-10 ming yillik) hozirgi zamon odami (kroman`on) shakllangan. Miloddan avvalgi 12-5 ming yillik, tarixga mezolit
davri sifatida kirgan. Bu davrda O’rta Osiyo hududiga tarqalgan odamlarning asosiy mashg’uloti ovchilik va baliqchilik bo’lgan. Mezolit davrida ibtidoiy tasviriy san’at shakllana boshlagan. Miloddan oldingi 6-4 ming yillik-neolit yoki yangi tosh davri hisoblanadi. Juft oila ajralib chiqa boshlab, u asta- sekin jamiyatning iqtisodiy bo’g’iniga aylangan. Bu davrda odamlar paxsa uylarning dastlabki ko’rinishlarini, g’or uylar- ni qurishni kashf qilgan. Bundan esa, dastlabki qishloqlarning yuzaga kelishi sharoitlari paydo bo’la boshladi. Kaltaminor makoni, Jonbos-4 makoni to 300 m2 gacha maydonni egallagan. Bunday joylarda o’zaro qarindosh urug’lar yashagan. Miloddan avvalgi 3-1 ming yilliklar bronza davri deb ataladi. Bu davrda jezdan mehnat qurollari tayyorlash dehqon- chilik madaniyatini keltirib chiqardi -(Sopollitepa, Jarqo’ton qishloqlari). Uylar g’ishtdan qurilgan, diniy marosimlar o’tkaziladigan qal’alar qurilgan. Sopol idishlar ishlab chiqarish boshlangan (Sopollitepa). Sherobod vohasidagi Bandixon vohasida ko’p qishloqlar bo’lgan va bu yerda dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlanib borgan
(Sopollitepa). Xorazm hududida Tozabog’yob sun’iy sug’orish madaniyati (miloddan avvalgi 2 ming yillik oxiri) sun’iy sug’orish deh- qonchiligiga asoslangan, odamlar chayla qurishni o’rganishgan. Yakkaparson qal’asi–3 qishloq madaniyati hisoblanadi. O’zbekistonning ming yildan oshiq davom etgan jez davri– qadimgi dehqonchilik madaniyatining, keyingi davrlarda shaharlashgan madaniyatning shakllanishiga asos soldi. Miloddan avvalgi 1 ming yilliklarning birinchi yarmi– qadimgi jamiyatning yanada taraqqiyoti, sinflar va ilk davlatlar tashkil topgan davr hisoblanadi. Miloddan avvalgi 1–ming yilliklardan hozirgacha temir insoniyat moddiy madaniyatning asosi bo’lib kelmoqda. Bu davr o’rtalarida muomila vositasida temir tangalar tarqalgan. O’zbekiston hududidagi ilk temir davri yodgorliklari miloddan avvalgi 8-6 asrlarga oid bo’lib, Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona, Shosh va Farg’ona vodiysida topilgan.Keltirilgan ma’lumotlardan ma’lum bo’ladiki, jahon xalqlari taraqqiyotining tamal toshlarini qo’yganlarning mashhur daholari, darg’alari aynan O’zbekistonliklar bo’lgan. Bunga birgina misol keltiramiz. Moziyni mukammal o’rganish natijasida jahon xalqlari- ning rivojlanishi taraqqiyoti tarixi ularning o’zlariga xos bo’lgan milliy turmush kechirishi holati ularning milliy merosi, qadriyatlari faqat shularga xos bo’lgan milliy qadriyatlaritamoyillariga aylangan. Ajdodlarimiz qoldirgan ana shunday buyuk ma’naviy meros namunalaridan biri Zardushtiylik dinining Nizomi hisoblangan “Avesto”dir. O’zbekiston Respublikasi tashkil topgandan buyon o’tgan 28 yil ichida bozor islohotlariga oid qabul qilingan qonunlar, Prezident
farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari mamlakatimizda
bozor mexanizmlarini iqtisodiyotga joriy etishda davlat boshqaruvining
roliga qaratilgan. O’zbekiston iqtisodiyotini O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov asoslab bergan tamoyillar asosida bozor munosabatlariga o’tkazish, bozor mexanizmlarini shakllantirish dasturi ko’plab mamlakatlarda “O’zbek modeli” deb e’tirof etildi. Ushbu model jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga dosh berib, mamlakatimizni barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratdi.O’zbekistonda boshqaruvning rivojlanishi.

Download 32.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling