O’zbekistonda boshqaruvning rivojlanishi


Download 32.01 Kb.
bet3/3
Sana20.06.2023
Hajmi32.01 Kb.
#1627933
1   2   3
Bog'liq
O

3. Tashkilotning ichki va tashqi muhiti . Vaqtning har qanday paytidagi tashkilotning holati va faoliyati– uning ichki omillarining harakati va tashqi muhit omillarining ta‘siri natijasidir. Tashkilotning ichki muhiti uning hayotiy kuchining man‘basi bo‘ladi. U o‘z ichiga tashkilotga faoliyat yuritish va zamon, vaktning ma‘lum oralig‘ida mavjud bo‘lish va yashab qolish imkoniyatini beruvchi salohiyatni oladi. Ammo u agar uning kerakligicha faoliyat yuritishini ta‘minlamasa, uning muammolar va hattoki halokatining manbasi bo‘lishi mumkin. 
Tashqi muhit tashkilotni resurslar bilan ta‘minlovchi manba bo‘ladi. Bunda tashkilot ham, o‘z navbatida, buning uchun to‘lov sifatida tashqi muhitga o‘z faoliyatining natijalarini berishi kerak. SHunday qilib, tashkilot tashqi muhit bilan doimiy ravishda o‘zaro almashish holatida bo‘ladi. U bilan aloqa uzilishi bilan, tashkilot ham tugaydi. Tashkilotning tashki muhit bilan o‘zaro hamkorligi mavjud bo‘lish imkoniyati, tashkilotning faoliyati, kerakli darajada ichki solohiyatini, hamda vujud- ga kelgan chetga chiqarishlarni bartaraf qilish va unga ko‘rsatilayotgan xunik ta‘sirlardan keyin ham quyilgan maqsadlarga erishishni ta‘minlaydi. Tashqi omillar tashkilotlar ichidagi barcha omillar va jarayonlarga ta‘sir ko‘rsatadilar, shuning bilan bir vaqtda ular tashkilotlarning boshqa operatsiyalariga nisbatan ko‘proq darajada relevantli(muhim)dirlar. Ularni ikkita asosiy guruhlariga ajratish mumkin. Tashkilotning tashqi muhitini turlicha ta‘riflash mumkin. Masalan, nemis olimlari tashqi muhitni ta‘riflash uchun ―murakkab‖ va ―dinamik‖ tushunchalaridan foydalanadilar. Tashqi muhitning murakkabligini ta‘riflarning miqdori va turli-tumanligi bilan aks ettirish maqsadga muvafiqdir, ularni tashkilotlarni boshqarish jarayonida hisobga olish zarur.Tashqi muhitning dinamikligini uning ta‘riflarining o‘zgaruvchanligi bilan aks ettirish mumkin. Yordamida tashqi muhitning o‘zgaruvchanligini baholash mumkin bo‘lgan asosiy ta‘ -riflar uning omillarining tez-tez takrorlanishi, miqdori va muntazamligidir. Tashqi muhitning tashkilotlar faoliyatiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillari g‘oyatda murakkab, bir ma‘noli bo‘lmagan va o‘zgaruvchandirlar. Buning ustiga, ko‘rsatib o‘tilgan omillar yaqindan o‘zaro ta‘sir ko‘rsatuvchi holatda bo‘ladilar, ulardan birlaridagi o‘zgarish boshqalaridagi o‘zga- rishlarga olib keladi.
Download 32.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling