O’zbekistonda davlatning pul-kredit siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish vositalari


Download 1.32 Mb.
bet6/8
Sana21.06.2020
Hajmi1.32 Mb.
#120778
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xurshida kurs ishi


Xulosa

Milliy iqtisodiyotning yanada rivojlanishi banklarning va bank tizimining rolini kuchaytirishni taqazo etmoqda. Bank - bu mamlakatdagi pul mablag`larini boshqarish uchun yaratilgan moliya institutidir.

O`zbekiston Respublikasi bank tizimining bosh maqsadijahon talabiga mos keluvchi, rivojlangan milliy kredit tizimiga ega bo`lish, xo`jaliklar va aholining bo`sh turgan mablag`larini jalb qilish, uni samarali taqsimlash asosida aholining talablarini qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga erishishdan iborat. Bu maqsadga erishishni ta'minlash uchun davlatimiz tomonidan mamlakatimiz bank sektorining rivojlanishini ta'minlovchi zaruriy makroiqtisodiy sharoitlarni hamda bank tizimi barqarorligini ta'minlash, shuningdek, bank nazorati tizimini va banklar faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish, banklarning depozit, kredit va investitsiya faoliyatining yanada rivojlantirishga erishish va banklar o`rtasida raqobat bo`lishini ta'minlashga asos yaratishdan, nobank tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish, moliya-kredit sektorining huquqiy bazasini yaxshilash, ularning moddiy-texnik jihatdan samarali ta'minlanganligiga erishish kabi choralarni amalga oshirish ko`zda tutadi.

Hozirgi kunda Respublikamiz banklarida zamonaviy texnologiyalar bo`lmish, elektron to`lovlar, mamlakatlar o`rtasida elektron pul o`tkazmalari kabi «Bank-mijoz» tizimi keng qo`llanilib kelinmoqda. Shu bilan birga xozirgi kunda jahonning bir qator rivojlangan mamlakatlarida «Internet-banking» tizimi qo‘llanilib yaxshi samaraga erishishmoqda. «Internet-banking» bu – mijoz o‘z bank hisob varaqlarini internet orqali boshqarish hizmatidir. Ushbu tizimni respublikamiz banklariga joriy etilishi ham davr talabidir.

Bu tizimdan foydalanish uchun mijoz, qaysi bank unga hizmat ko‘rsatsa, o‘sha bankning veb-saytidagi «Internet-banking» tizimidan ro‘yxatga o‘tadi va hech qanday to‘lovlarsiz tizimdan foydalanishi mumkin.

Milliy bank ham o‘z interaktiv xizmatlari doirasini kengaytirib, hozirda 1000 dan ortiq mijozlarga Internet-banking xizmatini ko‘rsatmoqda va bu tizimdan foydalanuvchi mijozlar soni ortib bormoqda. SHuningdek, bank mijozlarining elektron pochta manzillariga mijozlarning hisobraqamlaridagi qoldiq va ularning aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam berib borish xizmati ham keng yo‘lga qo‘yildi. Hozirga kelib kun sayin rivojlanib borayotgan mobil aloqa tizimlari orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatish borasida ham faol ish olib borilmoqda.

Banktizimida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish bugungi kunda ushbu sohadagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Axborot texnologiyalari bank operatsiyalari bajarilishini osonlashtiradi, yirik birlashmalar va korxonalar uchun hisob –kitoblar va to`lovlar o`tishini tezlashtirishga yordam beradi.

Ko’plab rivojlangan mamlakatlarda tajribasi hozirgi dinamik rivojlanayotgan dunyoda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini iqtisodiy rivojlanishining lokomotivi ekanligini, mamlakatga investisiyalar jalb etilishiga, yangi ish o’rinlari tashkil etilishiga, ilg’or texnologiyalar ishlab chiqarishga va boshqaruvga tatbiq etilishiga, axborot ayirboshlashda, chekimlar qisqartirilishiga bozor qatnashchilari o’rtasida bitishuvlar sodir etilishiga ko’maklashishini ko’rsatadi.

Xulosa sifatida, hozirgi kunda korxona boshqaruvini axborot bilan ta'minlash manbalari va axborot tizimi zamon talabiga javob berilishi lozimdir.

Agarda korxona axborot bilan ta'minlash manbalari eskirgan bo’lsa, unda korxona boshqaruvini axborot bilan ta’minlash mushkul bo’ladi. Bu muammoni hal qilish korxonaning rahbariga yuklatilgan. Rahbar o’z imkoniyatlariga qarab korxonaga yangi zamon talabiga mos kompyutor va texnikalarni o’z vaqtida sotib olishi, ishchilar o’rtasida kerakli anjuman va treninglar olib borishi kerakdir.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


  1. O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 11-fevral.

  2. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat almashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 20-may.

  3. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 21-may.

  4. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2005 yil, 17-dekabr.

  5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-sonli Farmoni.

  6. “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” (Toshkent sh., 2018 yil 3 iyun PQ-3832-son).

  7. «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunika-siya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2002 yil, 6-iyun.

  8.   “Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori 2007 yil 7-noyabr.

  9. “Aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh pul mablag‘larini tijorat banklaridagi depozitlarga jalb etishni yanada rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 2009 yil 6-aprel.

  10. Markaziy Bankning “Bank Mijoz” dasturiy kompleks Bilan operatsiyalar o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar” to‘g‘risdagi Nizomi, №555, 2003 y 27 dekabr.

  11. Markaziy Bankning “Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida” gi Nizomi, 2002 y 15 aprel, №1122.

  12. Informatika va axborot texnologiyalari: Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun darslik / S.S. G’ulomov, B.A. Begalov; O’zR Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. – T.: Fan, 2010. – 704 b.

  13. Informatika va axborot texnologiyalari. Akademik S.S.G’ulomov umumiy tahriri ostida. Darslik. “Iqtisodiyot” , Toshkent. 2009.

  14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. – T.: Iqtisodiyot, 2009.

  15. Informatika. Akademik S.S.G’ulomov umumiy tahriri ostida. Darslik. Toshkent. – TDIU, 2007.

  16. Alimov R.X,., Yulchieva G.T.,Xakimov.A Alishov Sh.A. “ Axborot texnologiyalari va tizimlari”.Darslik. T: - “TDIY”, 2007.

  17. Alimov R.X., Xakimov A.F., Yulchieva G.T., Alishov Sh.A. “Axborot texnologiyasi va tizimlari”. Darslik. – T.: TDIU, 2007.

  18. Alimov R, Xodiev B, Alimov Q va boshqalar. “Milliy iqtisodda axborot tizimlari va texnologiyalari”, T.: “SHarq”-2004.

  19. Alimov R., Xodiev B., Alimov Q. va boshqalar. “Milliy iqtisodda axborot tizimlari va texnologiyalari”, T.: “SHarq”-2004.

  20. G‘ulomov S.S, Alimov R.X, va boshqalar. “Axborot tizimlari va texnologiyalari” “SHarq”, T.:-2000.

  21. http://www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi Xokimiyat portali.

  22. bank.uz

  23. nbu.com

  24. www.ziyonet.uz

Ilovalar.

1-ilova

Globus tizimining ish oynasi



2-ilova

Globus tizimining ishchi oynasi


Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling