O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar


O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati


Download 45.86 Kb.
bet2/10
Sana20.06.2023
Hajmi45.86 Kb.
#1633619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5.6 mavzu

O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy prinsiplaridan eng muhimi davlat hokimiyati organlarining umumxalq saylovlari asosida shakllantirilishi hamda fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida bevosita, yoki o‘zlari tomonidan saylab qo‘yilgan vakillari orqali ishtirok etishi hisoblanadi. Bunda eng avvalo, jamiyat bilan davlat o‘rtasida o‘ziga xos “ko‘prik” vazifasini o‘tovchi va fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biri bo‘lgan – siyosiy partiyalar asosiy rol o‘ynaydi.
Siyosiy partiya – bu qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi fuqarolarning ko‘ngilli birlashmasidir. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar.
Ekspertlarning fikriga ko‘ra, siyosiy partiya – bu siyosiy ambitsiyaga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan tuzilgan va boshqariladigan hamda umumiy mafkura asosida birlashgan tarmoqdir (networks). Siyosiy partiyalar eng avvalo, o‘z elektorati manfaatlaridan, siyosiy mafkurasi va pozitsiyasidan kelib chiqib, siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonlariga yetarlicha ta’sir o‘tkazishlari hamda o‘zining vakillari orqali davlatning markaziy va mahalliy ijroiya organlari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda qatnashishlari lozim.
Bugungi kunda, O‘zbekistonda beshta siyosiy partiya rasman ruyxatdan o‘tgan holda faoliyat olib bormoqda, bular: O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasiga (qisqacha nomlanishi – O‘zbekiston XDP) 1991 yil 1 noyabrdagi partiyaning Ta’sis qurultoyida asos solindi. 
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ushbu saylovlarga o‘z safida 424.5 mingdan ziyod a’zolari bilan bormoqda. Partiya a’zolarini bevosita birlashtiradigan 9955 ta boshlang‘ich tashkilot faoliyat ko‘rsatyapti.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
– O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga va himoyaga ehtiyojmand fuqarolari manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Bular – iqtisodiyotda band bo‘lmagan mehnatga layoqatli aholi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan va ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan odamlar; doimiy ish joyi va muqim maoshga ega bo‘lmagan aholi qatlami, boshqa ijtimoiy sohalarning xodimlari va mutaxassislari, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar, pensionerlar hamda imkoniyatlari cheklangan kishilar.
Download 45.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling