O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar
Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo‘nalishlari
Download 45.86 Kb.
|
5.6 mavzu
Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo‘nalishlari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subektlarini tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida 2020 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik faoliyati- yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatishda, bir yoki bir nechta davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi to‘g‘risida e’lonlar berish talab etilmasligi, bunda tegishli ma’lumotlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning rasmiy saytiga joylashtirilishi belgilandi. Farmonga ko‘ra, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud bo‘lmagan korxonalarning moliya xo‘jalik faoliyati tekshirilmasligi, davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkaziladigan, tugatiladigan korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishning eng uzoq davriyligi uch yilni tashkil etishi belgilandi. Farmonga muvofiq moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun vakolatli davlat organlaridan korxona to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarni olish tadbirkorlik subektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshirilishi belgilandi. Shuningdek korxonani ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerakligi ko‘rsatildi.
Bu borada 2019 yilning 13 avgustida tadbirkorlarning muammolarini qonuniy hal qilish, sohada samarali tizimi yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida” gi qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar”, shuningdek “Tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida” gi farmoni qabul qilindi. Qishloq xo‘jaligida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat xo‘jaliklari tugatilib, jamoa, shirkat xo‘jaliklariga aylantirildi, dehqon va chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari tashkil etila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 15 martdagi «Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida»gi, 1994 yil 23 fevralda «Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xo‘jaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari to‘g‘risida», 1995 yil 24 martdagi «Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab – quvvatlash chora – tadbirlari to‘g‘risida» gi qarorlari muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qarorlarga ko‘ra, 1995 yilda jamoa xo‘jaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi. Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan go‘sht va sutning 75% ni xususiy sektor bera boshladi. Ushbu davrda agrar soha fermerlik yo‘nalishining shakllanishida davlat tasarrufidagi qo‘y, echki, qoramollar, yiliqi, tuya kabi hayvonlarni fermerlarga bo‘lib berish, davlat mulkchiligini tugatish, ularni xususiylashtirishga katta e’tibor qaratildi. Natijada 1990 yilda respulikada bironta ham fermer xo‘jaligi faoliyat yuritmagan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining xo‘jalik shakllari bo‘yicha taqsimlanishiga e’tibor qaratilib, 2000 yilga kelib ular tasarrufidagi yerlar 632,2 ming gektarga, 2010 yilga kelib esa 3 mln 143 ming gektarga yetgan. Vaholanki 1990 yilda O‘zbekistonda sovxozlar, kolxozlar, yordamchi xo‘jaliklar maxsus shirkatlar, qorako‘lchilik fermalariga tegishli yer maydonlari 3 mln 974 ming gektar bo‘lgan bo‘lsa, 2000 yilga kelib ularning yerlari fermer xo‘jaliklariga bo‘lib berilib, o‘sha qishloq xo‘jalik korxonalarining yirklashtirilishi natijasida 2010 yilda umumiy yer maydonlari qisqartirilib, zarar bilan ishlayotgan yoki dotatsiyaga tushgan xo‘jaliklar yerlari 93 ming 900 gektarga kamaytirilgan edi. 2000 yilllardan boshlab agrar sohada fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi barqaror va muntazam tus oldi. Amalga oshirilgan maqbullashtirish jarayoni natijasida, 2011 yil yakuniga ko‘ra, respublikamizdagi fermer xo‘jaliklarining soni 215776 tadan 66134 taga yoki 69,4 foizga kamaytirildi, bunda bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yer maydoni hajmini 27,4 gektardan 80,1 gektargacha ko‘paytirishga erishildi. O‘rtacha bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan yer maydonini tarmoqlar bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich o‘sha davrda paxtachilik va g‘allachilikda 106,3 gektarga, sabzavotchilik va polizchilikda 23,5 gektarga, bog‘dorchilik va uzumchilikda 13,1 gektarga, chorvachilikda 205 gektarga teng bo‘lgan. Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi maxsulotlari yetishtirish hajmining o‘sishi o‘rtacha 6 7 foizdan kam bo‘lmagan. Birgina 2015 yilda dalalardan 7.3 million tonnadan ortiq don, 12,8 mln tonnadan ziyod sabzavot va kartoshka, salkam ikki million tonna poliz mahsulotlari, qariyb 2,8 million tonna meva, 1,5 million tonnadan ziyod uzum mahsulotlari yig‘ishtirib olindi. Go‘sht ishlab chiqarish hajmi 2014 yilga nisbatan 106,7, sut ishlab chiqarish 107,1 tuxum ishlab chiqarish 111,1 foizni tashkil yetdi. Bu qishloq mehnatkashlari, soha mutaxassislari va mutasaddilarining qilgan mehnatlari samarasidir. 2017 yilgacha yurtimizda 160 mingdan ziyod fermer ho‘jaliklari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning 36 mingdan ortig‘i ko‘p tarmoqli yirik sub’ektlarga aylandi. Ayniqsa, Prezidentning 2015 yil 29 dekabrdagi “2016-2020 yillar davrida qishloq xo‘jaligini qayta shakllantirish va rivojlantirish chora tidbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi muhim dasturilamaldir. Chunki, bu hujjatda tuproq unumdorligi nisbatan past, suv ta’minoti og‘ir, kam rentabelli yekin maydonlariga paxta va g‘alla o‘rniga meva sabzavot, kartoshka, moyli, ozuqabop yekinlar yekish vazifasi belgilab berildi. Chorvachilik fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ularda naslli qoramollar podasini ko‘paytirish maqsadida keyingi 10 yil mobaynida Polsha, Avstriya, Gollandiya, Germaniya kabi mamlakatlardan 60 mingdan ko‘proq naslli qoramollar olib kelindi. Download 45.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling