O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar
O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va tadbirkorlikning o‘sish dinamikasi (2005-2017 yillar)
Download 45.86 Kb.
|
5.6 mavzu
O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va tadbirkorlikning o‘sish dinamikasi (2005-2017 yillar)
Mustaqillik yillarida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani bois, bu sohada ish bilan band bo‘lgan aholi soni yil sayin ortib bormoqda. 2007-2011 yillarda respublika bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, lekin litsenziyaga ega tadbirkorlikda band bo‘lganlar soni 140,8 ming kishidan 698,4 ming kishiga yoki 4,96 marta ko‘paygan. Dehqon xo‘jaliklarida ish bilan band bo‘lgan aholi soni 1472,5 ming kishidan 1745 ming kishiga yoki 18,5 % ga ortgan. Bu esa amalga oshirilayotgan oqilona iqtisodiy tizim tufayli bandlikning kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik kabi aholining tadbirkorlik qobiliyati va bunyodkorlik mehnati salohiyatini namoyon qilishga ko‘maklashuvchi samarali shakllari rivojlanayotganligini anglatmoqda. Tadbirkorlik sub’ektlarining faol qo‘llab quvvatlanishi natijasida uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, 2000 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2008 yilda bu ko‘rsatkich 48,2 foizni, 2009 yilda 50,1 foizni, 2010 yilda 52,5 foizni, 2011 yilda esa 54 foizni tashkil etdi yoki 2000 yilga nisbatan 23 foizga o‘sgan. 2010-2016 yillar davomida respublikada tadbirkorlik orqali tashkil etilgan ish o‘rinlari soni 3,9 foizga ortgan. 2017 yilda esa dasturga muvofiq sanoatni (5440 ta loyihada 131 mingta ish o‘rni bilan), qishloq xo‘jaligini (8430 loyihada 55,8 mingta ish o‘rni bilan) va xizmat ko‘rsatishni (11 mingta loyiha 69,5 mingta ish o‘rni bilan) rivojlantirish bo‘yicha viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining faoliyati kuchaytirildi. Kelajakda mamlakatda 25 minga yaqin investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga, 256, 4 mingdan ortiq ish o‘rinlari tashkil etishga erishiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Obod mahalla” dasturi to‘g‘risida”gi PF- 5467-sonli Farmonida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat Dasturiga muvofiq, mahalla hududlarida bo‘sh turgan yer maydonlarini yoki foydalanilmasdan turgan bino va inshootlarni tadbirkor va hunarmandlarga «nol» qiymatda berish asosida mikro sanoat zonalari va hunarmandchilik markazlari tashkil etildi. 2018 yil O‘zbekistonda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilinishi tadbirkorlar faoliyatini takomillashtirish yo‘lida yana bir katta amaliy qadam bo‘ldi. Dasturiga muvofiq, ayniqsa shu paytga qadar aholi turmush tarzini yanada yaxshilash, davlat dasturlarini amaliyotga tadbiq etish, ularga imtiyozli kreditlar ajratish, aholi, ayniqsa tadbirkorlarning tashabbuslarini yanada qo‘llab quvvatlash, ularning mulk huquqi bilan bog‘liq muammolarini hal etish borasida qator muammolar mavjud edi. Bunda ularni hal etishning huquqiy mexanizmi yo‘q edi. Unga ko‘ra O‘zbekistonda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida xorijiy investitsiyalarni jalb etishni boshqarish, rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash siyosati kompleks tarzda amalga oshirildi. Bu jarayonni muvaffaqiyatli yuritish uchun respublikada qator farmonlar, qonunlar va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Prezidentning 2018 yil 1 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF- 5495-sonli Farmoni ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu me’yoriy hujjat mamlakatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish uchun eng qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh qilish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar)dan erkin foydalanishni ta’minlash, shuningdek, hududlarda zarur infratuzilmani yaratishni ta’minlaydigan huquqiy asosni yanada mustahkamladi. Download 45.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling