O‘zbekistonda elektrotexnikaning rivojlanishiga doir tarixiy ma’lumotlar


GVt atrofida bo‘lib, bu stansiyalar bir yilda 23 536 mlrd. kVt soat


Download 313.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana07.02.2023
Hajmi313.08 Kb.
#1174121
1   2   3
Bog'liq
2-ma\'ruza

GVt atrofida bo‘lib, bu stansiyalar bir yilda 23 536 mlrd. kVt soat elektr energiyasi 
ishlab chiqarmoqda. Elektr energiyasini ishlab chiqarish usullari va uning miqdori 
bugungi kunda quyidagicha: 
Issiqlik elektr stansiyalari: 
Umumiy quvvati 1880 GVt IES - yillik ishlab chiqarilgan energiyaning 63 %, 
qismini tashkil qiladi. 
Gidro elektr stansiyalar: 
Umumiy quvvati 715 GVt Yillik energiyaning 24 % qismini yoki
171,6 mlrd. kVt soat elektr energiya ishlab chiqarmoqda. 
Nomi 
O‘rnatilgan
quvvatlar, 
MVt 
Turboagre
gatlarsoni 
Qurilgan 
yillari 
Joylash-
gan 
shahar 
Izoh 
SirdaryoGRES 
3000 
10 
1972-1981 
Shirin 
YangiAngrenGR
ES 
1800 

1985-
qurilish 
davom 
etmoqda 
Nurobod 
Loyiha quvvati 
2400 MVt 
ToshkentGRES 
1860 
12 
1963-1971 Toshkent 
Navoiy 
1250 
11 
1963-1981 
Navoiy 
AngrenGRES 
484 

1957-1963 
Angren 
TaxiatoshGRES 
730 

1961-1990 
Taxiatos

TolimarjonGRES 
---- 
-- 
1984 yil 
Nuriston 
Loyiha quvvati 
3200 MVt 


Atom elektr stansiyalari: 
Umumiy quvvati 380GVt.Yillik energiyaning 13% qismini yoki 
49,4 mlrd kVt soat elektr energiya ishlab chiqarmoqda. 
Izoh: Ma’lumotlar 2014 yil yakunlari bo‘yicha olingan. 
Energiyaning asosiy qismi yirik va rivojlangan davlatlar xissasiga to‘g‘ri 
keladi: AQSh - 3600 mlrd. kVt soat; Yaponiya - 930 mlrd. kVt soat;
Xitoy - 900 mlrd. kVt soat; Rossiya - 845 mlrd. kVt soat; Kanada, Germaniya
Fransiya birgalikda - 500 mlrd. kVt soat. Jami elektr energiyaning 6700 mlrd. kVt 
soat qismi, ya’ni 26 % i shu davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Jahondagi eng katta 
elektr stansiyalar quyidagilardir:Dunyodagi eng katta GES Xitoyning Uch-dara 
stansiyasi bo‘lib 1992-yilda ishga tushirilgan, quvvati 22 GVt, yiliga 100 mlrd. kVt 
soat enrgiya ishlab chiqaradi. Ikkinchi o‘rinda 2007-yilda Braziliyaning Amazonka 
daryosida qurilgan Itaypu GES i turadi. Uning quvvati 14 GVt bo‘lib yiliga 95 mlrd. 
kVT soat dan ortiq energiya ishlab chiqaradi. 
Dunyodagi eng katta IES Xitoyning Tanchun stansiyasidir. Uning quvvati 6,6 
GVt. Bir yilda 35 mlrdkVt soat energiya ishlab chiqaradi. Asosan ko‘mir 
yonilg‘isida ishlaydi. 
Dunyodagi eng katta AES Yaponiyaning Fukusimo stansiyasi. Uning quvvati 
8,8 GVt. 2011-yildagi avariyadan keyin ham u eng katta stansiya maqomini saqlab 
kelmoqda. 
Dunyodagi birinchi AES Rossiyaning 
Obninsk 
shahrida 
1954-yilda 
ishga 
tushirilgan, uning quvvati 6 MVt edi. 
Keyinchalik, 1956 yilda Angliyada quvvati 
60 MVt bo‘lgan stansiya, 1958-va 1960-
yillarda Germaniyada quvvatlari 6 MVt va 
207 MVt bo‘lgan AES lar qurildi. Agar 
e’tibor bersangiz stansiyalarning quvvati bir 
necha yil ichida bir necha o‘n baravar ortgan. Bu o‘sha yillarda atom energetikasi 
sohasining keskin rivojlanishi bilan bog‘liq. Bugungi kunda Yer yuzi bo‘yicha 31 
mamlakatda 190 dan ortiq AES lar ishlab turibdi, 1.9-rasmga qarang. 


1.6-rasm. Yer yuzidagi AES larning joylashuv xaritasi. 
Lekin so‘nggi yillarda, ayniqsa Yaponiyaning Fukusimo AES avariyasidan 
so‘ng jahonda AES larga bo‘lgan qiziqish so‘nib bormoqda. Eng ko‘p AES larga 
ega davlatlar, masalan Fransiya va Germaniya kelajakda ularni kamaytirishni 
rejalamoqda. Chunki amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, insoniyat texnikaviy 
taraqqiyotining bugungi darajasi atom energiyasidan xavf-xatarsiz foydalanishga 
hali tayyor emas. Shuning uchun ham, birinchi prezidentimiz I. A. Karimov 
tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mintaqasi yadrodan xoli mintaqaga aylantirilgan. 
20-asrning ikkinchi yarmida keskin taraqqiy etgan atom energetikasi 21-asr 
boshlarida ekologik nuqta-inazardan talabga javob bera olmay qoldi. Jahon fani 
atom energiyasidan foydalanishning yangi texnologiyalari ustida izlanmoqda. 1953 
yilda Amerikaning o‘sha davrdagi prezidenti Duayt Eyzenxauer atom energiyasidan 
tinchlik maqsadlarida foydalanish tashabbusi bilan chiqdi. Shu asosda 1957 yilda 
BMT tashabbusi bilan Atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanishni 
tartibga soluvchi xalqaro tashkilot MAGATE (mejdunarodnoe agentstvo po 
atomnoy energetike) - IAEA (International Atomic Energy Agency)tashkil topdi. 
Yadro reaktori. Ekologik xatarlar 

Download 313.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling