O`zbekistonda hakamlik sudlarini tashkil etish zarurati nimalarda ko`rinadi?


Download 28.04 Kb.
bet8/10
Sana02.01.2022
Hajmi28.04 Kb.
#191498
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
muxlisafpk (2)

Nazariy savollar

3. o`zbekiston Respublikasining “Sudlar to`g`risida”gi Qonunining 84-moddasida “Sudyalarning maxsus kiyimi” ko`rsatilgan. Mazkur norma huquqiy hujjatlarga qachon kiritilgan edi va maxsus kiyim qachon rasman tasdiqlandi?

Respublikamizda Sud hokimyatlar bo`linish prinsipiga ko`ra asosiy organlardan biri hisoblanadi. Bu tushuncha O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106-moddasida sud hokimyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi deya mustahkamlab qo`yilgan.

Mamlakaimizda sud hokimiyatining nufuzini oshirish va sudyalarning mustaqilligini yanada mustahkamlash maqsadida 2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy Kengashi, Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud tomonidan sudyalarning maxsus kiyimi namunalari ishlab chiqildi.

Sudyalarning maxsus kiyimda faoliyat yuritishi mamlakatda odil sudlovni amalga oshirish borasida umume’tirof etilgan tamoyillardan kelib chiqqan holda sudyalarning maxsus kiyimi tasnifi va namunalari nafaqat milliy qadriyatlar, balki xorijiy davlatlar, ya’ni Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarning tajribasi o‘rganib chiqilgan.

Sudyalarning maxsus kiyimi tavsifi va namunasining tasdiqlanishi nafaqat «Sudlar to‘g‘risida"gi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida"gi qonunlari talabini amalda ijro etilishi, balki, odil sudlovni amalga oshirish borasida umume’tirof etilgan xalqaro tamoyillarning milliy qonunchilikka joriy etilishi hamda sud hokimiyatining nufuzi oshishiga xizmat qiladi.

Sudyalar maxsus kiyimi 2019-yil 17-yanvardagi 5635-sonli Prezident farmoniga muvofiq, Senat tomonidan Sudyalar Oliy Kengashi, Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud bilan birgalikda namunalari ishlab chiqilib, 2019-yil 12-oktabrda Senatning 23-yalpi Majlisida tasdiqlangan.





Download 28.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling