O`zbekistonda hakamlik sudlarini tashkil etish zarurati nimalarda ko`rinadi?


Fuqarolik-huquqi nizolarini hal qilishning samaradorligini oshirish


Download 28.04 Kb.
bet3/10
Sana02.01.2022
Hajmi28.04 Kb.
#191498
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
muxlisafpk (2)

Fuqarolik-huquqi nizolarini hal qilishning samaradorligini oshirish.

Bizga ma`lumki, fuqarolik huquqiy nizolar, asosan, shartnomalardan kelib chiqadi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari ham o`z faoliyatini fuqarolik huquqidan kelib chiquvchi shartnomalar asosida tashkil qiladi. Ushbu bitimlarga asoslanib ijtimoiy munosabatlarga kirishishni talab qiluvchi sohalarda yuzaga keluvchi nizolarni kelishuv bitimiga asoslangan hakamlik sudlarida hal qilish o`ziga xos xususiyatli hisoblanadi.

  • Xavfsiz tadbirkorlik muhitini yaratish.

Hakamlik sudlari to`g`risida”gi Qonunning 9-moddasiga ko`ra hakamlik sudlari fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari o`rtasida vujudga keladigan nizolarni hal qiladi.

Tadbirkorlik nizolari, tadbirkorlik sirlari bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Hakamlik sudlarida ishlar yopiq sud majlisida bo`lib o`tishi, hal qiluv qarorining o`qib eshittirilmasligi tadbirkorlik xavfsizligining muhim kafolati hisoblanadi. Bu hakamlik sudlari faoliyatining asosiy prinsipi hisoblanadi. Xususan, “Hakamlik sudlari to`g`risida”gi Qonunning 4-moddasida shunday deyiladi: “Hakamlik sudlarining faoliyati qonuniylik, mustaqillik, hakamlik muhokamasi ma’lumotlarining oshkor qilinmasligi, hakamlik sudyalarining xolisligi, dispozitivlik, hakamlik muhokamasi taraflarining tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshiriladi”. Hakamlik sudida taraflar kelishuv bitimi orqali nizoni hal etilganda taraflar huquq va manfaatlari optimal himoya qilinadi.

Uning odil sudlovni amalga oshiruvchi sudlardan bir qancha ustunliklari bo`lib, ular quyidagilarda namoyon bo`ladi:


  1. Nizolar tez va samarali hal etiladi. Ma`lumot uchun butun dunyo bo`yicha 80 foiz nizolar hakamlik sudlarida ko`riladi1.

  2. Fuqarolar mablag`i tejaladi.

  3. Hakamlik sudi va unig sudyalari fuqarolar tomonidan erkin tanlov asosida tanlanadi.

  4. Hakamlik sudida nizolarni ko`rish muddati belgilanmagan. Bu esa ish holatlaridan kelib chiqib, kelishuv bitimi asosida ishni hal qilish imkonini beradi.

  5. Odil sudlovni amalga oshiruvchi sud hakamlik sudida qabuyl qilingan hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko`rib chiqishga haqli emas.

  6. Hal qiluv qarori qabul qilingandan boshlab kuchga kiradi2.

Xulosa: mamlakatimizda hakamlik sudlarini tashkil etish fuqarolarga yanada takomillashgan, kelishuvga asoslangan, fuqarolikning moddiy va protsessual sohasida muhim zamonaviy yangi institutni yaratish zaruratidan kelib chiqadi.


Download 28.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling