“O„zbekistonda ijtimoiy sohani rivojlanishida davlatning roli”
Ishlab chiqarishning oliy ma‟lumotli kadrlar tayyorlashdagi mavqeini
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekistonda ijtimoiy sohani rivojlanishida davlatning roli
Ishlab chiqarishning oliy ma‟lumotli kadrlar tayyorlashdagi mavqeini
kuchaytirish, takomillashtirish yo„llari: 1. Kadrlar tayyorlash hamda birgalikda ilmiy-texnologiya ishlanmalarini olib borishda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish; 2. Talabalarni mehnat jamoalarida tarbiyalash (mehnat, ma‘naviy va jismoniy tarbiyalash); 3. Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlarini inobatga olib, texnika va texnologiyalarni rivojlantirishning yangi yo‗nalishlari bo‗yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish; 4. Ishlab chiqarishning iqtisodiy va texnologiya muammolarini hal etish uchun oliy ta‘lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning ilmiy salohiyatini jalb etish; 5. Pedagog kadrlarning ilg‗or texnologiyalar sohasidagi malakasini bevosita ishlab chiqarishda muntazam oshirib borish; 6. Ishlab chiqarishning yuqori malakali kadrlarini ta‘lim jarayoniga va pedagogik faoliyatga jalb etish; 7. Ishlab chiqarish amaliyotini o‗tash uchun talabalarni ish joylari bilan ta‘minlash; 8. O‗zaro integratsiyalangan ta‘lim muassasalarini zamonaviy uskunalar, apparatlar va asboblar bilan jihozlash. Oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilari bandligining to‗liq ta‘minlanmasligi sabablari: -ish beruvchilar bilan hamkorlik aloqalari, xususan, kadrlar tayyorlash yo‗nalishlarini tanlash, tashkil etish va bitiruvchilar bandligini ta‘minlash bo‗yicha shartnoma munosabatlari qiyinchiliklar bilan o‗rnatilayotganligi, bunda ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalarning etarlicha faolligi ta‘minlanmaganligi; -hududlar (viloyatlar va tumanlar) kesimida oliy ta‘lim muassasasini tugatayotgan yosh mutaxassislarni ishga taqsimlash va yo‗llash mumkin bo‗lgan potensial ish beruvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalardagi bo‗sh ish o‗rinlari (oliy ma‘lumotli kadrlarga bo‗lgan ehtiyojlar) haqida aniq ma‘lumotlar ranl xolda va o‗z vaqtida olinmasligi; -oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishda hokimiyatlar, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalari (bo‗limlari), savdo-sanoat palatasi, agentliklar, mehnat birjalari, ishonchli vakillar kabi yordamchi-vositachilik tuzilmalarining imkoniyatlaridan etarlicha foydalanilmayotganligi. Bitiruvchilar bandligini hisobga olish va hisobotini yuritish: 1.«Oliy ta‘lim muassasalarini 20_ _ yilda tugatgan bitiruvchilarning bandlik turlari bo‗yicha taqsimoti» 3-VUZ shakliga ilova davlat statistika hisoboti (Oliy ta‘lim muassasalari tomonidan har yili 7 dekabrdan kechiktirmay Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalariga taqdim etiladi); 2. «Oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar» 3-BO‗ (OTM) idoraviy statistika hisoboti (Oliy ta‘lim muassasalari tomonidan har yili 30 noyabr holatiga 7 dekabrdan kechiktirmay Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligiga, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalariga taqdim etiladi); 3.«Ishga joylashmagan oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilari ro‗yxati (elektron tarzda)» idoraviy hisobga olish hujjati (Oliy ta‘lim muassasalari tomonidan har yili 30 noyabr holatiga 1 dekabrdan kechiktirmay ishga joylashmagan bitiruvchilar doimiy yashaydigan tuman (shahar) bandlikka ko‗maklashish markazlariga, tumanlar va shaharlar hokimliklariga, Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligiga taqdim etiladi) Oliy ma‘lumotli yosh mutaxassislarga bo‗lgan ehtiyojni aniqlash «Korxonalarning oliy ma‘lumotli va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi mutaxassislari bilan ta‘minlanganligi va ularga bo‗lgan istiqboldagi ehtiyoji» 1- OPS shakli idoraviy hisobga olish hujjati (Korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan o‗z joyidagi tuman, shahar statistika bo‗limiga har yili 10 dekabridan kechiktirmay taqdim etiladi). Oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta‘minlashdagi hamkorlikning muhim yo‗nalishlari: oliy ta‘lim xizmatlari iste‘molchilari-potensial ish beruvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar to‗g‗risida ma‘lumotlar bankini yaratish; ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalarning bakalavriat yo‗nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‗yicha kadrlarga bo‗lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini aniqlash; ish beruvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan kadrlar tayyorlash, ularni ishga taqsimlash va joylashtirish bo‗yicha o‗zaro hamkorlik shartnomalarini tuzish; potensial ish beruvchilarga taqdim etish maqsadida bitiruvchilar haqida ma‘lumotlar bankini shakllantirish; ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, radio-televidenie, elektron aloqa) orqali bitiruvchilar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni e‘lon qilib borish, veb-saytlarga joylashtirish; potensial ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalar ishtirokida bo‗sh ish o‗rinlari (mehnat) yarmarkalari o‗tkazish. Xulosa o‗rnida aytish mumkinki, oliy o‗quv yurtlarini jahon andozalari darajasiga ko‗tarish, xalq xo‗jaligining mutaxassislariga bo‗lgan talablarni ilmiy baholash, yoshlarga sifatli ta‘lim berish va ularni tarbiyalashda ilg‗or xorijiy tajribadan samarali foydalanish va ularning o‗z mutaxassisliklaridan kelib chiqqan xolda bandligini ta‘minlash bugungi kunda eng muhim masalalardir, chunki barkamol intellektual etuk avlodsiz buyuk kelajakni tasavvur etib bo‗lmaydi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling