O‘zbekistonda ilm-fanning rivojlanish istiqbollari


Download 247.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi247.41 Kb.
#1623102
  1   2   3   4
Bog'liq
o-zbek-tilshunosligida-tinish-belgilar



 
“O‘ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” 
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
 
168 
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA TINISH BELGILAR 
Ishmurzayeva Lobar Anvarjon qizi 
Guliston davlat universiteti 
Lingvistika:o‘zbek tili yo‘nalishi 2-kurs magistranti 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7347770
Annotatsiya. Ushbu maqolada dastlab qo‘llangan punktuatsion belgilar so‘zlarni va 
jumlalarni bir-biridan ajratish uchun qo‘llanilganligi yoritib berilgan.Muayyan til nutqida uning 
vazifasi,tinish belgilarining turlari,qay o‘rinlarda va qay tartibda qo‘llanilishi haqida so‘z 
boradi. 
Kalit so‘zlar: punktuatsiya, tinish belgilari, aksentema,melodikalar,morfema,diakritik 
belgi. 
Yozuv madaniyatini shakllantirish va takomillashtirishda punktuatsiyaning - tinish 
belgilarining alohida ahamiyati bor. Tinish belgilari yozuvning boshqa vositalari (harflar, 
raqamlar, diakritik belgilar) hamda til birliklari (so‘zlar, morfemalar) bilan ko‘rsatish mumkin 
bo‘lmagan turlicha fikriy munosabatlarni, psixologik va intonatsion holatlarni ifodalashda ham 
favqulodda muhim ahamiyatga ega. Punktuatsiya tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog’liq 
bo‘lib, yozma nutqni to‘g’ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez 
tushunilishini ta’minlashda benihoya zaruriy vositadir. Ilmiy manbalarda, o‘quv qo‘llanmalarida 
tinish belgilarining qo‘llanish usuli va tartibi punktuatsiyaning mantiqiy grammatik, uslubiy va 
differensiatsiya (farqlash) tamoyillari asosida belgilanishi ta’kidlanadi. Bunda mantiqiy-
grammatik tamoyil nutqning semantik-grammatik tomonini yozuvda to‘g’ri ifodalashga 
qaratilgan bo‘lsa, differensiatsiya tamoyili asosidagi qoidalar tinish belgilarining qo‘sh holda 
qo‘llanishidagi tartibni, gapdagi murakkab mazmunni aniqlashtirish kerak bo‘lganda, ulardan 
foydalanish yo‘llarini belgilab beradi. Uslubiy tamoyil tinish belgilarining qo‘llanishini nutq 
uslublari asosida belgilashni nazarda tutadi, lekin bu unchalik to‘g’ri emas, chunki muayyan bir 
uslubgagina xoslangan tinish belgisi bo‘lmaydi. Zarurat tug’ilganda, har qanday uslubda ham 
xohlagan tinish belgisidan foydalanish mumkin. Muayyan tildagi punktuatsiya an’analarining 
mustahkamlanishi va takomillashuvida taniqli yozuvchilarning ijodi hamda tinish belgilarining 
qo‘llanish qoidalarini umumlashtiruvchi va tartibga soluvchi tilshunoslar faoliyati katta 
ahamiyatga ega. 
Hozirgi o‘zbek punktuatsiyasining shakllanishi, rivoji, uning o‘rganilishi Fitrat, 
S.Ibrohimov, 
H.G’oziev, 
O.Usmonov, 
G’.Abdurahmonov, 
K.Nazarov 
va 
boshqa 
tilshunoslarning nomi bilan bog’liq. Punktuatsiya masalalari bilan bevosita shug’ullangan 
H.G’oziev («O‘zbek punktuatsiyasining tarixiy taraqqiyoti», 1969, 1979), G’.Abdurahmonov 
(«Punktuatsiya o‘qitish metodikasi», 1968), K.Nazarov («Tinish belgilari va yozma nutq», 1974; 
«O‘zbek tili punktuatsiyasi», 1976)larning asarlari nashr etilganiga ancha yillar bo‘ldi va 
ulardagi tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi fikr-mulohazalar ham bir qadar o‘zgardi. 
Buning ustiga, «muallif punktuatsiyasi», ya’ni muayyan muallif tomonidan tinish belgilarining 
amaldagi qoidalarga bo‘ysunmagan, unga rioya qilmagan holda individual qo‘llash holatlari 
uchraydiki, bu ham keng o‘quvchilar ommasini chalkashtiradi, shubhalantiradi. 
Punktuatsiya (lot. punktum – nuqta) – tinish belgilari tizimi va ulardan foydalanish 
boʻyicha ishlab chiqilgan va qatʼiy belgilangan qoidalar majmuasi. Bu termin ikki ma’noda: 
tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi qonun-qoidalar majmuyiga va tinish belgilarining o‘ziga 


 

Download 247.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling