“O‘zbekistonda ilmiy-innovatsion tadqiqotlar” jurnali volume 1, issue 1, 2023. February issn XXXX-XXXX


Download 17.79 Kb.
bet1/2
Sana09.04.2023
Hajmi17.79 Kb.
#1343791
  1   2
Bog'liq
To\'plam shablon


O‘ZBEKISTONDA ILMIY-INNOVATSION TADQIQOTLAR”

JURNALI

VOLUME 1, ISSUE 1, 2023. FEBRUARY ISSN xxxx-xxxx



NOANANAVIY MAYDON TOMOSHA DRAMATURGIYASIDA INVERSIYA USLUBI, KOMPOZITSION BIRLIK ASOSI


Sh.K.O`rinov,
BuxDU Musiqa ijrochiligi va
madaniyat kafedrasi o`qituvchisi
S.G`afurova
BuxDU San’atshunoslik fakulteti talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada noananaviy maydon tomoshlarinining ssenariysi, inversiya uslubi bilan yondashuvchanligi, tashkiliy va ijtimoiy xususiyatlari haqida so’z boradi.
Kalit so‘zlar: inversiya, meyerxoldning biomexanikasi, aktyorlar bilan ishlash texnikasi, biomexanikalar, reaksiya.
Avvalo inversiya so’ziga urg’u beraylik. Inversiya (lot. unversio – o’rnini almashtirish) - gap bo’laklari odatdagi tartibining o’zgarishi. Tilda inversiya ikki xil vazifa bajaradi: semantik va asemantik. Ommaviy maydon tomoshalari to’g’risida shu soha olimlari turli fikr mulohazalarni aytib o’tganlar. U. Qoraboyev bu tushunchani badiiy ommaviy tadbirlar deb, yana boshqalar madaniy-ma‘rifiy ishlar deb yuritganlar. Madaniy tadbirlar esa bu jarayonlarning barchasini o’zida qamrab oladigan ijodiy jarayondir. Madaniy tadbirlarni kengroq ma‘noda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Ommaviy bayramlar, konsert dasturlari, tematik kechalar, turli mavzudagi musiqiy, badiiy, publitsistik, xoreografik kompozitsiya va hokazolar, bog’lar, maydonlarda o’tkaziladigan turli janrlardagi tadbirlar umumiy nom bilan madaniy tadbir tushunchasiga teng bo’ladi. Bir so’z bilan aytganda ijodiy, uslubiy jihatdan mukammal, puxta tayyorlangan, to’g’ri tashkil etilgan dasturlar madaniy tadbir deb nomlanadi. Respublikamizda o’tgan yillarga nazar soladigan bo’lsak asosan mamlakatimiz tomonidan ijtimoiy hayotni qayta qurish, ishlab chiqarishni jadallashtirish masalalari bilan bir qatorda, kishilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli uyushtirsh, ularning o’sib borayotgan ma‘naviy ehtiyojlarini to’laroq qondirish, xalqning badiiy havaskorlik ijodi va qobiliyatlarini rivojlantirish kabi dolzarb yetishmovchilikni bartaraf etishga etibor qaratilgan. Yuqorida aytib о‘tganimizdek, har qanday madaniy tadbir ijodiy va tashkiliy jarayonlarni о‘z ichiga oladi. Ijodiy ishlarga tadbirning ssenariy rejasini tuzish, ssenariysini yozish, sahnalashtirish, badiiy jamoalar bilan ishlash, tadbir о‘tadigan joyni bezash kabi ishlar kirsa, tashkiliy ishlarga esa ana shu ijodiy ishlarni amalga oshirish uchun qilinadigan barcha ishlar kiradi. Masalan, badiiy jamoalar bilan ishlash uchun mikrofonlar, texnik jihozlarni tayyorlash kabi vazifalar shular jumlasidandir. Yoki, sahnani bezash uchun rassom ijodiy nuqtai nazardan yondoshganda ham unga aynan duradgor kerak bо‘ladiki, u sahnani bezagi uchun kerakli jihoz yoki materiallardan foydalanadi, ya’ni reyka, taxta, mix va boshqalardan sahna uchun kerakli figura, shakl va boshqalarni tayyorlab beradi.
“Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” bо‘limi talabalaridan ikki xil mutaxassisilikni puxta о‘rganishliklari talab etiladi. Birinchisi, madaniyat va san’at muasasalarini tashkil etish va boshqarish (bunda rahbarlikka xos bо‘lgan tamoyillar, madaniyat va san’at muassasalariga oid moliyaviy, iqtisodiy masalalar) va ikkinchisi ijodiy jarayonlarni tashkil etish, ya’ni sahnalashtirish (rejissura), ijrochilar (boshlovchilar, aktyorlar, xonandalar, raqsga tushuvchilar, turli xil janrlarda ijod qiladigan ansambllar) bilan ishlash, mizanssenalar ustida ishlash, kо‘rgan tadbirlarni tahlil qila olishlik, ssenariy mahorati, badiiy bezak, g‘oyaviy talqin kabi tushunchalar bilan tо‘liq qurollangan bо‘lishi zarur.
“Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati” fani tadbirlarni tо‘g‘ri, maqsadli tayyorlash va о‘tkazish bilan bir qatorda sahnalashtirish ishlarini ham о‘rgatadi. Madaniy tadbirlar turlari boyicha ularning spetsifik farqlari jihatidan о‘rganiladi va amaliy jihatdan о‘zlshtirilib boriladi.
О‘quv davri mobaynida talabalar madaniy tadbirlarni tashkil etish uchun aktyorlik, rejissyorlik qobiliyatlarini turlu mashqlar, etyud, sahnaviy parchalar, dramatik asarlar, turli janrlarda yozilgan inssenirovka, masal va boshqa janrlar ustida ishlash, madaniy tadbirlarning turlarini sahnalashtirish orqali ozlashtirib boradilar.
Respublikamizda о‘tkazilayotgan bosh maydon tamoshalari, mustaqillik va navrо‘z bayramlari, sport anjumanlari, «Sharq taronalari» xalqaro festivali dasturlari hamda respublikamiz miqyosidagi bayram tomoshalarini о‘tkazishdagi muvaffaqiyatli rejissura ana shu ijodkorlar nomlari bilan bog‘liqdir. Mustaqillik va navrо‘z tomoshalari 50 dan ortiq davlatlarga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri efirga uzatilmoqda. Bularning barchasi respublikamizda ommaviy bayramlarni tashkil etish va о‘tkazishda birmuncha tajriba tо‘planganligidan dalolatdir.
Xulosa qilib aytganda barcha ijodiy kuchlarning hamkorligida tayyorlangan ssenariy dasturi har qanday ommaviy tadbirni muvaffaqiyatini ta’minlaydi.


Download 17.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling