О`zbekistonda inson va fuqarolarning


Download 140.5 Kb.
bet5/9
Sana02.11.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1739880
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari uning kosntitutsiyada mustahkamlanishi

Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning sodir etilish motivi va ko`zlangan maqsad jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas.
Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga to`lgan, aqli raso shaxs bo`lishi mumkin.
3.О`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining Konstitutsiyaviy kafolatlari.
Fuqaroning jamiyat va davlatdagi holatini belgilovchi huquqlar, erkinliklar va burchlar majmui shunday bir tizimni vujudga keltiradiki, bu tizimga birlik hamda ichki uyg`unlik hosdir. О`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi nafaqat fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklarini, balki ularning burchlarini ham belgilaydi. Bular Konstitutsiyaning 47—52-moddalarida о`z ifodasini topgan.
Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qо`yilgan burchlarini bajaradilar. (Konstitutsiyaning47-moddasi).
О`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganidek "Insonning о`z huquq va burchlarini bilishi insonning Konstitutsiyaviy huquqlarining ta`minlanishini kafolatlaydi. Biz odamlardagi eski tuzum psihologiyasini о`zgartirishimiz va yangi huquqiy ongni shakllantirishimiz lozim, inson anglasinki, erkinlik - bu burch mas`uliyatidir". Konstitutsiyaga binoan О`zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bо`lgan huquqlari va burchlari bilan о`zaro bog`liqdir. Har bir fuqaro qonun oldida tengdir va boshqa fuqarolarning millati, tili, dini va e`tiqodini hurmat qilishi shart. Fuqaro о`z huquq va erkinliklaridan foydalanganida, uning harakatlari boshqa shaxs, davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon yetkazmasligi lozim. Shu bois shaxs qonun doirasidan chiqmagan holda о`z huquq va erkinliklaridan foydalanishi lozim. Agarda shaxs qonundan tashqari hatti-harakat sodir etsa, u holda qonun tomonidan jazolanadi.
Boshqa fuqarolarning huquqlarini hurmat qilish, avvalo, fuqaro о`ziga tegishli burchlarini bajarish orqali kirishadigan huquqiy munosabatlarda: fuqarolik, uy-joy, oila-nikoh va boshqa munosabatlarda namoyon bо`ladi. Fuqarolarning Konstitutsiyaviy burchlarni bajarmasligi О`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va jinoiy-huquqiy, fuqaroviy, ma`muriy-huquqiy javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin.
О`zbekiston xalqining tarixiy, madaniy va ma`naviy boyliklarini, madaniy yodgorliklarni ehtiyot qilish va saqlash har bir fuqaroning burchidir.
Fuqarolar О`zbekiston xalqining tarihiy, ma`naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar Konstitutsiyasining 49-moddasi.1992 yil 3 iyulda qabul qilingan "Mudofaa tо`g`risidagi"gi qonunning ahamiyati kattadir. Ushbu qonunning 11-moddasida belgilanganidek, "О`zbekiston Respublikasining hududiy yahlitligini, mustaqilligini himoya qilish respublika fuqarolarining Konstitutsiyaviy burchi hisoblanadi. Boshqa davlatlarning О`zbekistonda doimiy yashab turgan yoki vaqtincha turgan fuqarolari va fuqaroligi bо`lmagan shaxslar О`zbekiston Respublikasida harbiy hizmatga tayyorgarlik kо`rishga majbur emas.
Fuqarolarning harbiy va muqobil hizmatini о`tashlarida О`zbekiston Respubliksining 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan "Muqobil hizmat tо`g`risida"gi va "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy hizmat tо`g`risida"gi qonunlari huquqiy asos bо`lib hizmat qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida: «O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar», deb mustahkamlab qo`yilgan.
JK 141-moddasi xalqaro huquqiy hujjatlarga, jumladan «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risida»gi xalqaro bitimning 26 -moddasiga to`la mos keladi. Shu bitimda: «Barcha odamlar qonun oldida teng va hech qanday kamsitishlarsiz qonun tomonidan teng himoya­ qilinishi huquqiga egadirlar. Shu munosabat bilan har qanday kamsitishlar qonunda man etilishi va qonun barcha shaxslarga biron-bir belgisi: irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy mavqei, tug`ilishi yoki boshqa sharoitlar bo`yicha kamsitishlarga qarshi teng va samarali himoyani kafolatlanishi lozim», deb qayd etilgan.
Ushbu jinoyatning obyekti fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklaridir.

Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling