O‘zbekistonda investitsion muhit jozibadorligini oshirish va xorijiy tajribalardan foydalanish
Download 126.94 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB O‘ZBEKISTONNING INVESTITSION MUHIT JOZIBADORLIGINI BAHOLASH HOLATI
- III BOB O‘ZBEKISTONDA INVESTITSION MUHIT JOZIBADORLIGINI OSHIRISH BORASIDA ILG’OR XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH
- Xulosa
O‘zbekistonda investitsion muhit jozibadorligini oshirish va xorijiy tajribalardan foydalanishMUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………………… I BOB INVESTITSION MUHIT JOZIBADORLIGINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI……………………………………………………… 1.1. Investitsion muhit jozibadorligini oshirishning o‘ziga hos jihatlari va mohiyati……………………………………………………………………… 1.2. Investitsion muhit va uni baholash me’zonlari……………………………… 1.3. Investitsin muhit jozibadorligini oshirishning xorij tajribalari……………… II BOB O‘ZBEKISTONNING INVESTITSION MUHIT JOZIBADORLIGINI BAHOLASH HOLATI………………………………… 2.1. O‘zbekistonning iqtisodiy tarmoqlariga kiritilgan investitsiyalar tahlili……. 2.2. O‘zbekistonda investitsion muhit holati tahlili……………………………… III BOB O‘ZBEKISTONDA INVESTITSION MUHIT JOZIBADORLIGINI OSHIRISH BORASIDA ILG’OR XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH………………………………………… 3.1. Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati………… 3.2. O‘zbekistonda investitsion muhit jozibadorligini oshirishda Xitoy, Singapur davlatlarining tajribalarini o‘rganish………………………………………… 3.3. “Doing business” va “Global raqobatbardoshlik” indeksi…………………… Xulosa…………………………………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar r o‘yxati…………………………………………… Kirish Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda qulay investitsion muhit yaratilishi respublikamizda investitsiya faoliyatini rivojlantirish va amalga oshirishning muhim asoslaridan biri bo‘lib kelayotganligiga sabab b o‘lmoqda. Biroq, hozirda bu soha rivojiga g’ov bo‘lib turgan muammolarning mavjudligi, unda erkinlashtirish jarayonlarini izchillik bilan o‘tkazish hamda demokratik tarzda yanada chuqurlashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Amaldagi islohotlarni amalga oshirish negizida investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etish va uning moliyaviy asoslari hamda ta’minoti masalasi o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat hozirgi sharoitda ushbu jarayonlarni rivojlantirishga qaratilgan qator muhim chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida: “Jaxon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag’a bo‘lmaydi. Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz. Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada to‘planib qolgan muammolarni tizimli hal etish imkonini yaratadi. Buni hammamiz chuqur tushinib olishimiz va ishimizni shu asosda tashkil etishimiz shart. Xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun mamlakatimizning investitsiya salohiyatini to‘la namoyon etish choralarini k o‘rishimiz kundalik hayotimizdan joy olgan eng dolzarb masalalardan biri b o‘lmog’I lozim”[1], deb ta’kidlab, O‘zbekistonda investitsion muhit jozibadorligini oshirish va ilg’or xorijiy tajribalardan foydalanish hamda xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi g‘oyat muhim ahamiyatini va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning dolzarbligini e’tirof etadi. Xorijdan jalb qilinadigan investorlar uchun turli kafolatlar beruvchi qonun va me’yoriy hujjatlar yaratildi va ular bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan takomillashtirilib borilmoqda. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar investitsiya faoliyatiga yangicha yondashishni taqozo etmoqda. Bunday yondashuv quyidagi qoidalardan kelib chiqadi: investitsiya jarayonini faollashtirish; investitsiya resurslarini iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor sohalariga yo‘naltirish; investitsiya jarayoniga korxonalar, tashkilotlar, aholi jamg‘armalarini to‘laroq jalb etish va undan respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishda foydalanish; chet el kapitalining kirib kelishi uchun qulay investitsiya muhitini yaratish. Investitsiya dasturlarini moliyalashtirish imkoniyatlari markazlashgan manbalarning chegaralanganligi uchun kapital mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Budjet hisobidan birinchi navbatda ijtimoiy sohani moliyalashtirish uchun foydalanilmoqda. Ishlab chiqarishni rivojlantirish avvalo, korxona va tashkilotlarning o‘z vositalarini safarbar qilish va bank krediti hisobiga amalga oshirilmoqda. Investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirish ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Xalqaro va milliy darajada investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirishda yetarli tajribalar mavjud. Bu masalada boy tajribaga ega bo‘lgan Jahon banki investitsiyaviy faoliyat olib borishda sezilarli natijalarga erishgan. Ma’lumki, investitsiyalash jarayonini amalga oshirishda moliya tizimi muhin o‘rin egallaydi. Moliyaviy tizim zamonaviy bozor iqtisodiyotida asosiy xizmatlar majmuini tashkil qiladi. Jaxonning ko‘pgina mamlakatlarida moliyaviy tizimlar tadbirkorlar bilan ishlashning asosiy va barqaror vositasi sifatida tan olingan. Bu ishlab chiqarish ixtisoslashuvining tez sur’atlarda rivojlanishiga imkon yaratdi. Boshqa tomondan moliyaviy aktivlarning, tezda pulga aylanishi va tavakkalchilik xususiyatlari bilan moliyaviy shakldagi jamg‘arma hajmini ko‘paytirishga imkon beradi. Investitsiya qo‘yilmasining alternativ yo‘nalishini baholash qarzdorlarning monitoring faoliyatini amalga oshirish orqali resurslardan foydalanish samaradorligini ko‘taradi. Moliyaviy dastaklardan foydalanish orqali xo‘jalik obyektlari tavakkalchilik qilishga va jamg’arma to‘plash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shunday qilib, barqaror va sog’lom moliyaviy tizimning rivojlanishi investitsiyalashning ichki imkoniyatlarini kengaytiradi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. Moliyaviy tizim asoslari huquq, hisob yuritish va moliyaviy muassasalarga og‘ir yuk tushmaydigan soliq tizimlarini shakllantirish orqali barpo qilinadi. Investitsiyani moliyalashtirish asosan mamlakatdagi iqtisodiy siyosat, qonunchilik, investitsiyani jalb qilish infratuzilmasining rivoji, darajasi va mamlakatning iqtisodiy ahvoliga bog’liq bo‘ladi. Download 126.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling